Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BUXGALTERIYA BALANSI TO‘G‘RISIDA TUSHUNCHA VA UNING HISOB ISHLARIDAGI HAMDA BOSHQARUVDAGI AHAMIYATI
Muydinov Jamshid Jaloliddin o‘g‘li · Raximova Zaynabxon Mirzaaxmedovna (University of Business and Science talabasi) · Muydinov Jamshid (University of Business and Science o’qituvchisi) · Rakhimova Zaynabkhon (Student of the University of Business and Science)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article covers the economic essence of the accounting balance sheet, its structure and main elements, as well as its role in accounting and management decision-making of the enterprise. It also analyzes the possibilities of conducting financial analysis through the balance sheet, ensuring the stability of the activities of business entities, transparent reporting, and using it as a source of information for external stakeholders. The article is of practical importance for accountants, managers, entrepreneurs, and students of economics. Keywords: balance sheet, assets, liabilities, capital, financial analysis, accounting, reporting period, management decisions, financial condition of the enterprise, financial management. Buxgalteriya – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini hisobga olish, nazorat qilish va tahlil qilish tizimidir. U korxona yoki tashkilotning moliyaviy holati, daromad va xarajatlari, aktiv va majburiyatlari bo‘yicha to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantiradi. Boshqacha qilib aytganda, buxgalteriya — bu korxonada pul va mol-mulkning qayerdan kelgani, qanday ishlatilgani, qancha foyda olingani yoki zarar ko‘rilganini aniq ko‘rsatib beradigan tizimdir. Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari: 1. Korxonaning barcha moliyaviy operatsiyalarini aniq va tizimli ravishda qayd etish; 2. Moliyaviy holatni to‘g‘ri aks ettirish; 3. Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun ishonchli axborot tayyorlash; 4. Soliq organlariga zaruriy hisobotlar tayyorlash; 5. Rahbariyatga boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos berish. Buxgalteriya ikki asosiy ko‘rinishda yuritiladi: https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 6 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Moliyaviy buxgalteriya – tashqi foydalanuvchilar (soliq, investor, bank) uchun hisobotlar tayyorlaydi; Boshqaruv buxgalteriyasi – ichki ehtiyojlar uchun, ya’ni rahbariyat uchun tahliliy ma’lumotlar taqdim etadi. Har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini to‘liq va aniq aks ettiruvchi eng muhim hujjatlardan biri bu – buxgalteriya balansi hisoblanadi. Buxgalteriya balansi orqali korxonaning ma'lum bir davrdagi aktivlari, majburiyatlari va kapitali bo‘yicha axborotlar tizimli tarzda taqdim etiladi. Ushbu maqolada buxgalteriya balansi mohiyati, tuzilishi hamda uning hisob ishlaridagi va boshqaruvdagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Buxgalteriya balansi — bu korxonaning ma'lum bir davr (odatda hisobot davri oxiri) holatiga ko‘ra mol-mulkini (aktivlarini), qarzlarini (majburiyatlarini) va o‘z mablag‘larini (kapitalini) ko‘rsatadigan buxgalteriya hujjatidir. U ikki asosiy qismdan iborat: Aktivlar – korxona egaligidagi mol-mulk va resurslar. Majburiyatlar va kapital – bu korxonaning ushbu mol-mulkka bo‘lgan manbalari, ya’ni qarzlari va o‘z mablag‘i. Balansning asosiy tenglamasi shunday ifodalanadi: Aktivlar = Majburiyatlar + Kapital Bu tenglama doimo teng bo‘lib, buxgalteriya hisobining asosiy prinsipini tashkil etadi. Buxgalteriya balansi odatda quyidagicha shakllanadi: 1. Aktivlar qismi: https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 7 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 o Aylanma aktivlar (naqd pul, debitorlik qarzlari, zaxiralar va h.k.) o Doimiy (asosiy) aktivlar (bino-inshootlar, uskunalar, intellektual mulklar va h.k.) 2. Majburiyatlar va kapital qismi: o Qisqa muddatli majburiyatlar (kreditorlik qarzlari, qarzlar) o Uzoq muddatli majburiyatlar (bank kreditlari va boshqalar) o Korxona kapitali (ustav fondi, jamg‘armalar, foyda) Buxgalterlar uchun balans quyidagi jihatlar bo‘yicha muhim rol o‘ynaydi: Moliyaviy holatni tahlil qilishda asosiy manba; Har bir hisobot davrida mol-mulk va mablag‘lar harakatini aniqlash imkonini beradi; Soliq organlari uchun zarur bo‘lgan asosiy hisobot shakli; Korxonaning aktivlari va majburiyatlarini tartibda yuritishga yordam beradi. Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi to‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisobi va chuqur moliyaviy tahlilga bog‘liq. Bu ikki jarayon bir-birini to‘ldiruvchi asosiy elementlardir. Buxgalteriya hisobi – bu moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish, qayd etish va tizimlashtirish vositasi bo‘lsa, moliyaviy tahlil esa ushbu ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilishga yordam beruvchi vositadir. Buxgalteriya hisobi bu xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy faoliyati bilan bog‘liq barcha moliyaviy operatsiyalarini tizimli ravishda qayd etish, nazorat qilish va hisobot shaklida ifodalashdir. Bu hisob orqali korxona mablag‘larining kelib chiqishi, ishlatilishi, foyda va zarar holati, aktivlar va majburiyatlarning harakati aniqlanadi. Buxgalteriya hisobi ikki asosiy yo‘nalishga bo‘linadi: https://scientific-jl.com/luch/ 4 3 8 Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025 Moliyaviy buxgalteriya – tashqi foydalanuvchilar (soliq idoralari, investorlar) uchun hisobot tayyorlaydi. Boshqaruv buxgalteriyasi – ichki foydalanuvchilar (rahbariyat) uchun tahliliy ma’lumot beradi. Hisob yuritishda asosiy vosita bu – buxgalteriya balansi bo‘lib, u korxonaning aktiv, maj
Доказательный фрагмент
«This article covers the economic essence of the accounting balance sheet, its structure and main elements, as well as its role in accounting and management decision-making of the enterprise.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers the economic essence of the accounting balance sheet, its structure and main elements, as well as its role in accounting and management decision-making of the enterprise. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- balance sheet, assets, liabilities, capital, financial analysis, kapital, boshqaruv qarorlari, buxgalteriya hisobi, moliya boshqaruvi., Kalit so‘zlar: buxgalteriya balansi, majburiyatlar, hisobot davri, korxona moliyaviy holati, aktivlar, moliyaviy tahlil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026