К содержанию
РецензированоUZ2025

ENDEMIK BUQOQ VA GIPOTERIOZ

Maxmanazarov G‘afur Axnazarovich · Ahmadjonova Nozima · Jumyazova Kamola

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Qalqonsimon bezning faoliyati buzilishidan ,ya’ni yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik endemic buqoq organism faoliyatida katta o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Gipoterioz kasalligi ham qalqonsimon bez faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kasallik bo‘lib, bez faoliyatining susayishiga olib keladi. Kalit so‘z:yod,buqoq,miksedema,glandula,fibroz,Xasimoto buqog‘i. Kirish:Buqoq (Zob) - qalqonsimon bezning kattalashishidir. Bu kasallik ko‘pincha yod yetishmasligi kuzatiladigan mamlakatlarda keng tarqalgan, biroq, yod preparatlaridan ortiqcha foydalanish fonida yodning oshib ketishi natijasida ham rivojlanishi mumkin. Ayollarda ushbu kasallik erkaklarga qaraganda 5 marta koʻproq uchraydi. Paydo boʻlgan tugunlar qalqonsimon bez toʻqimalarida shakllanadigan juda koʻp fibroz chandiqlardan iborat. Ushbu kasallikning dunyo boʻylab eng keng tarqalgan shakli endemik buqoq hisoblanadi. Bunga yod https://scientific-jl.com/luch/ 3 9 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 tanqisligi sabab boʻladi. Yodlangan tuz ishlatiladigan mamlakatlarda odatda Xasimoto buqoqi shakllanadi, uning muqobil nomi autoimmun tireoidit. Asosiy qism: Yod tangis kasalliklar insonning eng ko'p tarqalgan noinfeksion kasalligi hisoblanadi. Umuman olganda Zaminimizning atrof-muhitda yod yetishmovchiligi mavjud regionlarida 2 mlrd (JSST) odamlar yashashadi, ulaming 600 millionida qalqonsimon bezning kattalashishi, 40 millionida yod yetishmovchiligi natijasida yuzaga kelgan kuchli ifodalangan aqliy zaiflik bor. Yod yetishmovchiligining eng ko'p oqibati bo'lib endemik buqoq hisoblanadi, u qalqonsimon bezning ko'pgina kasalliklari, shuningdek tugunli hosilalari rivojlanishi uchun moyillik omili deb sanaladi. Yodning kuchli ifodalangan yetishmovchiligida tug'ma gipotireoz uchrash tezligi oshadi, yod yetishmovchiligi esa eng keng tarqalgan aqliy zaiflikning sababi hisoblanadi. Aqliy zaiflikning oldini olish imkoni bor. Yod yetishmovchiligi ancha kuchli bo'Igan regionlarda aqliy rivojlanishning o'rtacha ko'rsatkichi yod yetishmovchiligi yo"q hududlarga nisbatan 15-20% ga past. Hozirgi vaqtda endemik buqoqdan tashqari yod yetishmovchiligi sababli yuzaga keladigan bir qator kasalliklarni ajratish mumkin. Shuning uchun oxirgi o'n yillikda "yod tanqislik kasalliklari" atamasi keng qo'llanilmoqda, ularning diapazoni anchagina keng, klinik ko‘rinishlari esa hayot davriga bog'liq. Qalqonsimon bezning kattalashishi (endemik bugoq) yod yetishmovchiligining eng erta ko'rinishining biri hisoblanadi. YTKga olib keluvchi omillar: -buqoq bo’yicha og'irlashgan irsiylik; -organizmga yodning kam miqdorda kirishi; -tireoid gormonlar biosintezining genetik nuqsonlari; https://scientific-jl.com/luch/ 4 0 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 -suvda yod so'rilishini kamaytiruvchi uroxrom, nitrat, Ca2* miqdorining ko'pligi, gumin moddalarining bo' lishi; -oziq moddalarda mikroelementlarining tanqisligi (sink, marganes, selen, molibden, kobalt, mis) va Ca2* miqdorining ko’pligi. Mikroelementlar disbalansi tireoid gormonlar biosintezining buzilishiga olib keladi; -qalqonsimon bezga yodidlar transportini to'xtatuvchi dori vositalarini qo'llash (peryodat, perxlorat kaliy); -qalqonsimon bezda yod organifikatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi dori vositalarini qo'llash (tiomochevina, propilurasil unumlari, ayrim sulfanilamidlar, aminosalitsilat kislota); -mahsulotlarda strumogen omillarning bo'lishi. Strumogen omillardan tiosionatlar ko'p uchraydi va karam, sholg'om, xren, makkajo'xori, shirin kartoshka, loviya tarkibida ko'p miqdorda bo'ladi; -surunkali infeksion yallig'lanish jarayonlari, bundan tashqari gijja invaziyalari, sanitar gigiyenik va ijtimoiy maishiy sharoitning gonigarsizligi. Gipotireoz Gipotireoz - organizmda qalqonsimon bez gormonlarining turg'un va uzoq vaqt yetishmovchiligi yoki ularning biologik samarasining to' gima darajasida pasayishi sababli chaqirilgan klinik sindrom. Manifestli birlamchi gipotireozning populyatsiyada uchrashi 0,2-1% holatlarda, subklinik birlamchi gipotireoz - 7-10% hollarda ayollarda va 2-3% hollarda erkaklarda uchraydi. Bir yil ichida subklinik gipotireozning 5% manifest shakliga o'tadi. Gipotireoz sindromi I. Shikastlanish joyiga ko'ra: https://scientific-jl.com/luch/ 4 1 Часть-44_ Том-1_ Май-2025 A. Birlamchi gipotireoz: -qalqonsimon bezning funksiyasi o' zgarmagan to’qimasi miqdorining kamayishi bilan bog'liq gipotireoz; -qalqonsimon bezning embrional rivojlanishi buzilishi bilan bog'liq gipotireoz (Tug'ma gipotireoz); -operatsiyadan keyingi gipotireoz; -qalgonsimon bezning autoimmun shikastlanishi bilan bog'liq gipotireoz (atrofik autoimmun tireoidit); -postradiatsion gipotireoz; -qalqonsimon bezning virusli shikastlanishi bilan bog'liq gipotireoz; -qalqonsimon bezdagi o'smalar sababli yuzaga kelgan gipotireoz; -tireoid gormonlar sintezi buzilishi bilan bog'liq gipotireoz; -gipotireozli endemik buqoq; -gipotireozli sporadik buqoq (turli biosintetik darajalarda gormonlar biosintezi nuqsonlari); -medikamentoz gipotireoz (tireostatik vositalar va boshqa preparatla

Доказательный фрагмент

«Qalqonsimon bezning faoliyati buzilishidan ,ya’ni yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik endemic buqoq organism faoliyatida katta o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Gipoterioz kasalligi ham qalqonsimon bez faoliyati…»

Образец извлечения

Демо-превью

Qalqonsimon bezning faoliyati buzilishidan ,ya’ni yod tanqisligidan kelib chiqadigan kasallik endemic buqoq organism faoliyatida katta o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.Gipoterioz kasalligi ham qalqonsimon bez faoliyati… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fibroz, Kalit so‘z:yod, miksedema, buqoq, Xasimoto buqog‘i., glandula
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники