Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BAXSHICHILIK SAN’ATINING DUNYO XALQLARI MADANIYATI VA SAN’ATIDAGI TUTGAN O‘RNI
SAN’ATIDAGI TUTGAN O‘RNI · Shukurjonova Xusnora Farhod qizi
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
The art of Bakhshi is widespread in Central Asia, particularly in Uzbekistan, Tajikistan, Turkmenistan, and Kazakhstan, and its roots go back to ancient Turkic and Persian cultures. This article examines the role of Bakhshi in the culture and art of the peoples of the world. Kalit so‘zlar: Madaniyat, san’at, tarix, baxshi, dostonchilik, qo‘shiq, qadriyat, oqin, xalq hudud. Ключевые слова: Культура, искусство, история, бакши, эпос, песня, значение, поэзия, народный край. https://scientific-jl.com/luch/ 6 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 Keywords: Culture, art, history, Bakhshi, epic poetry, song, value, poetry, people, region. Baxshichilik san’ati Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonda keng tarqalgan bo‘lib, uning ildizlari qadimgi turkiy va forsiy madaniyatlarga borib taqaladi. O‘zbek baxshilari asosan “Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” kabi xalq dostonlarini kuylaganlar. Bu dostonlar milliy g‘urur va jasoratni madh etuvchi, xalq hayoti, an’analari va qadriyatlarini aks ettiruvchi asarlardir. Baxshichilik san’ati – o‘zbek xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biri bo‘lib, dostonchilik san’ati bilan chambarchas bog‘liq. Bu san’at turli yurtlarda turli nomlar bilan ataladi, lekin uning mohiyati hamma joyda bir xil: baxshilar qo‘shiq aytib, dostonlar ijro etadigan, xalqning og‘zaki tarixini, orzu-umidlarini va milliy qadriyatlarini avloddan-avlodga yetkazib beradigan ijodkorlardir. O‘zbek baxshichiligida turli maktablar mavjud bo‘lib, ular ijro uslubi, doston repertuari va kuylash texnikasi jihatdan farqlanadi. Masalan, Surxondaryo baxshichilik maktabi o‘zining serohangligi va murakkab ohanglari bilan ajralib turadi. Xorazm baxshichiligi esa asosan Go‘ro‘g‘li dostonlarini ijro etish bilan mashhur. Qashqadaryo va Buxoro baxshilari ham o‘ziga xos ijro uslubiga ega. Baxshi – xalq og‘zaki ijodining yorqin namoyandasi bo‘lib, dostonchilik san’atining ijrochisi va targ‘ibotchisidir. U xalq dostonlarini kuy va so‘z orqali yetkazib, tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni avloddan- avlodga uzatadi. Baxshilar nafaqat doston aytuvchilar, balki sozanda, xonanda va ba’zan shoir sifatida ham faoliyat yuritadilar. "Baxshi" so‘zi qadimgi turkiy va fors tillaridan kelib chiqqan bo‘lib, "murabbiy", "o‘rgatuvchi" yoki "muqaddas ilmlarni biluvchi" ma’nolarini anglatadi. Dastlab baxshilar diniy va marosimiy an’analarni saqlovchilar bo‘lgan, keyinchalik esa ular xalq dostonlarini ijro etadigan ijodkorga https://scientific-jl.com/luch/ 6 6 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 aylangan. Baxshichilik san’ati qadim zamonlardan boshlab, ayniqsa Markaziy Osiyoning madaniyatida muhim o‘rin egallagan. Baxshilar o‘z dostonlarini odatda dutor, g‘ijjak yoki doira kabi milliy cholg‘u asboblari jo‘rligida kuylaydilar. Ularning ijrosi o‘ziga xos ohangda, ma’lum bir ritmda davom etadi. Baxshining mahorati uning ovoz kuchi, dostonni yoddan aytish qobiliyati va tomoshabinni hayratda qoldira olishi bilan baholanadi. “Dostonlar xalqlarning bebaho nomoddiy madaniy merosidir. Ularda elelatlarning tarixiy qadriyatlari, kundalik mayishiy hayoti, bahodirlik yurishlari, qahramonlarining yorqin obrazlari o‘z aksini topgan. Xalqimizning o‘zanlari, jirov, oshiq, oqin, baxshi va xalfalari san‘atning turli janrlarini sinkretik ravishda qo‗llagan holda bu qadriyatni shinavandalar qalbiga singdirib kelganlar”1. Baxshichilik san’ati turli xalqlarning folklori bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, Turkiyada ashiklar, Qirg‘izistonda manaschilar, Ozarbayjonda mug‘anniylar, Mo‘g‘ulistonda tuulchlar va boshqa ko‘plab mintaqalarda shunga o‘xshash an’anaviy san’at turlari mavjud. Bularning barchasi xalqning o‘zligini, madaniyatini va tarixiy xotirasini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Sharq xalqlari madaniyatida baxshichilik shoirlik va musiqiy ijroning uyg‘unligi asosida rivojlangan. Xususan, baxshilar xalq orasida hurmatga sazovor bo‘lib, ularning ijodiy faoliyati madaniy tadbirlar, bayramlar va marosimlarda muhim o‘rin tutadi. Zamonaviy dunyoda baxshichilik san’ati turli ommaviy axborot vositalari va madaniy tadbirlar orqali yanada keng tarqalmoqda. Xalqaro festivallar va an’anaviy san’at tanlovlari orqali baxshichilik san’ati dunyo miqyosida keng targ‘ib qilinmoqda. O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda baxshichilik maktablari tashkil etilib, yosh avlodga bu nodir san’at o‘rgatilmoqda. Baxshichilik san’ati UNESCO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, bu uning xalqaro miqyosdagi qadr-qimmatini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu san’at 1 Matyoqubov O. Doston ijrochiligi (Xorazm baxshichiligi) T.,2024 https://scientific-jl.com/luch/ 6 7 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 nafaqat madaniy boylik, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy almashinuvning muhim vositasi sifatida ham ahamiyatlidir. Xulosa Baxshichilik san’ati xalqlar madaniyatida chuqur ildiz otgan bo‘lib, u xalqning o‘zligini, tarixini va an’analarini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. U turli xalqlar folklor san’ati bilan
Доказательный фрагмент
«The art of Bakhshi is widespread in Central Asia, particularly in Uzbekistan, Tajikistan, Turkmenistan, and Kazakhstan, and its roots go back to ancient Turkic and Persian cultures.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe art of Bakhshi is widespread in Central Asia, particularly in Uzbekistan, Tajikistan, Turkmenistan, and Kazakhstan, and its roots go back to ancient Turkic and Persian cultures. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Culture, art, history, Bakhshi, epic poetry, song, value, poetry, бакши, Ключевые слова: Культура, искусство, история, oqin, песня, xalq hudud., qo‘shiq, people, tarix, поэзия, Keywords: Culture, эпос, значение, qadriyat, region., baxshi, dostonchilik, народный край., san’at, Kalit so‘zlar: Madaniyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026