Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TOMONIDAN TO‘LANADIGAN FOYDA SOLIQLARI MA’MURCHILIGI
Yusupov Xumoyunmirzo Alisher o‘g‘li · O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi
Лучшие интеллектуальные исследования · 1 · 35-38 · 2025
Аннотация
This article explores the administration of corporate profit tax in Uzbekistan, focusing on the current system, tax rates, reporting procedures, existing challenges, and proposed solutions. The study highlights issues related to revenue generation, tax fairness, and taxpayer compliance. It also outlines prospects for the digitalization of tax administration, optimization of tax incentives, and alignment with international best practices. Keywords: profit tax, tax administration, legal entities, tax rate, digitalization, tax reporting, tax policy. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashda soliqlar, xususan, foyda solig‘i muhim fiskal manba hisoblanadi. Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i davlat byudjetini to‘ldirish bilan birga iqtisodiy faoliyatga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan olib borilayotgan soliq islohotlari, soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, foyda solig‘ining ma’murchilik tizimini samarali tashkil etish, ya’ni uning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida to‘lanishi va shaffof nazorat qilinishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Biroq, amaldagi ma’muriy mexanizmlarda hali ham muammoli jihatlar – byurokratik to‘siqlar, soliq hisobotlarining murakkabligi, ayrim imtiyozlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi mavjud. Mazkur maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i bo‘yicha mavjud holat, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 4 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek, foyda solig‘i ma’murchiligini raqamlashtirish va xalqaro tajribaga moslashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar sharhi. Foyda solig‘i va uning ma’murchiligi masalalari O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ko‘plab iqtisodchi olimlar, ekspertlar va soliq siyosati sohasidagi mutaxassislar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Mazkur mavzuni yoritishda bir nechta asosiy yo‘nalishdagi adabiyotlar ajralib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2020 yildan amalda bo‘lgan yangi tahriri) – foyda solig‘ining hisoblanishi, to‘lanishi va hisobot topshirish tartibi bo‘yicha asosiy huquqiy manba hisoblanadi. Unda foyda solig‘i obyekti, soliq stavkalari, imtiyozlar va soliqga oid huquqiy munosabatlar belgilab berilgan.Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va Farmonlarida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida soliq islohotlariga oid amaliy yo‘nalishlar, soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar aks etgan. Iqtisodchi olimlar – M. Ibragimov, Sh. Xudoyberdiyev, R. Qurbanov va boshqalar o‘zlarining monografiyalari va maqolalarida foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati, uning fiskal va tartibga soluvchi funksiyalari, soliq yukining biznesga ta’siri haqida tahliliy fikrlar bildirganlar.Sh. Xudoyberdiyevning "Soliq tizimini modernizatsiya qilishning iqtisodiy samaradorligi" nomli asarida foyda solig‘ining samarali ma’muriy boshqaruvi, soliq yukining optimal darajasini belgilash masalalari muhim o‘rin egallaydi. Xalqaro moliyaviy institutlar (IMF, OECD, World Bank) tomonidan taqdim etilgan hisobotlar va tadqiqotlarda foyda solig‘i ma’murchiligining eng yaxshi tajribalari, raqamlashtirish, soliq bazasini kengaytirish, soliq qochqinligiga qarshi kurashish masalalari keng yoritilgan.Masalan, OECD tomonidan e’lon qilingan “Tax Administration 2023” hisobotida raqamli soliq boshqaruv tizimlari va foyda solig‘i monitoringi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar tavsiya etiladi. https://scientific-jl.com/luch/ 1 0 5 Часть-44_ Том-2_ Май-2025 O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar va soliq bo‘yicha yillik hisobotlar asosida foyda solig‘ining dinamikasi, tarmoqlar kesimidagi tushumi va soliq to‘lovchilar soni haqida muhim raqamlar tahlil qilinmoqda.Yuqorida tahlil qilingan adabiyotlar asosida ko‘rinadiki, foyda solig‘i bo‘yicha ilmiy-nazariy asoslar yetarli darajada ishlab chiqilgan. Biroq, aynan yuridik shaxslar tomonidan foyda solig‘ining ma’murchilik mexanizmini chuqur tahlil qilish, muammolarni aniqlash va xalqaro tajribalarga asoslangan takliflar ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot metadologiyasi. Mazkur mavzuni yoritishda tahlil,induksiya,deduksiya,tizimli va kompleksli yondashuv usullaridan foydalanildi. Tahlil va natijalar muhokamasi. Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i ma’murchiligini o‘rganishda bir nechta ilmiy usullar – tahlil, induksiya, deduksiya, tizimli yondashuv va kompleks yondashuvdan foydalanildi. Har bir usul tadqiqot natijalarini aniq, mantiqan asosli va muvozanatli shakllantirishga xizmat qildi. Foyda solig‘i ma’murchiligini o‘rganishda eng avvalo normativ-huquqiy asoslar, byudjetga tushuml
Доказательный фрагмент
«This article explores the administration of corporate profit tax in Uzbekistan, focusing on the current system, tax rates, reporting procedures, existing challenges, and proposed solutions.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the administration of corporate profit tax in Uzbekistan, focusing on the current system, tax rates, reporting procedures, existing challenges, and proposed solutions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- profit tax, tax administration, legal entities, tax rate, digitalization, Ключевые слова: налог на прибыль, налоговое администрирование, юридические лица, tax reporting, soliq siyosati., Kalit so‘zlar: foyda solig‘i, soliq stavkasi, tax policy., raqamlashtirish, soliq ma’murchiligi, налоговая отчетность, цифровизация, налоговая политика., soliq hisobotlari, yuridik shaxslar, налоговая ставка, Keywords: profit tax
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025