Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNING TA’LIM FAOLIYATIDA O'QUV MOTIVATSIYASINING AHAMIYATI.
MOTIVATSIYASINING AHAMIYATI. · Yo‘lchiboyeva Risola Azamatjon qizi (Andijon davlat pedogogika institute Ijtimoiy va Amaliy fanlar fakulteti Musiqa)
Лучшие интеллектуальные исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the role of learning motivation in shaping a student's personality, improving educational effectiveness, and determining a professional direction. Types of motivation, factors that shape it, and reasons that reduce it are analyzed. Effective approaches to increasing motivation in the modern educational process are also discussed. Keywords: student, motivation, learning process, intrinsic motivation, extrinsic motivation, educational effectiveness. https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 7 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 Kirish. Globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan bugungi axborot asrida oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi — bilimli, faol va maqsadli yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Buning uchun esa o‘qitish jarayoni samarali va natijador bo‘lishi lozim. Bu borada talabalarni rag‘batlantirish, ya’ni o‘quv motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki motivatsiyasiz o‘qitish — ko‘r-ko‘rona o‘rganish, natijasiz jarayonga aylanishi mumkin. Hozirgi kunda talaba yoshlarga juda ham keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bulardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-81-son Farmoni [1], shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330- son qarori [2] ijrosini ta’minlash, shuningdek, ta’lim grantlarini iqtidorga yo‘naltirish, grant kvotalarining taqsimlanishida raqobat muhitini yaratish va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim grantini har o‘quv yili yakunlangandan so‘ng bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi), ta’lim tili va kurslar kesimida tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu joriy etilgan qarorga ko‘ra to‘lov shartnomasi asosida o‘qiydigan talaba ham endi davlat grantiga o‘tishi mumkinligi ko‘rsatilgan. Ya’ni agar to‘lov shartnomasi asosida tahsil oladigan talaba davlat grantida o‘qiydigan talabadan ko‘ra iqtidorli bo‘lsa uni o‘rnini egallash imkoniyatiga ega. Bu kabi talaba yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar talaygina. Men faqat bittasini misol tariqasida keltirdim. Bu imkoniyatlarning hammasi biz uchun. Biz bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansak, albatta muvaffaqiyat qozonib “III Renesans” yoshlariga aylanamiz. Asosiy qism. Motivatsiya keng ma’noda inson hayotining(xulq-atvori, faoliyati) murakkab ko‘p qirrali boshqaruvchisi sanaladi. Motivatsiya- insonni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo‘lib, u o’zini mayllar, maqsadlar, ideallar https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 8 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 ko’rinishida namoyon qiladi va inson faoliyatini bevosita aniqlab, boshqarib turadi. [3]. Albatta, bu fikr o’rinli bo’lib motivatsiya ayniqsa talabalar ta’lim faoliyatida alohida ahamiyatga ega, sababi bo‘lajak kasbiga loqaydlik bilan qarash kelajakda ulkan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘plab psixologlar tomonidan o‘quv motivatsiyasining salbiy va ijobiy tomonlari mavjudligi aytib o‘tilgan. Salbiy motivlar o‘quvchi agar o‘qimasa, ko‘ngilsizlik, noqulaylik va noaniqlikni vujudga kelishi bilan bog‘liq holda anglangan undovchilar bilan bog‘liq. Ijobiy motivlar o‘qish bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega burchni bajarish, muvaffaqiyat qozonish, bilim egallashning yangi usullarini o‘zlashtirib olish, atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishda o‘z aksini topishi ta’kidlab o‘tilgan. Motivatsiya har bir faoliyat, kasb uchun katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ayniqsa talabalar ta’lim faoliyatida o‘quv motivlari alohida o‘rin kasb etadi. O‘quv motivining asosiy ikki turi mavjud: Ichki motivatsiya va tashqi motivatsiya. Ichki motivatsiya — bilim olishning o‘zidan zavqlanish, qiziqish asosida o‘rganishga bo‘lgan tabiiy istak. Tashqi motivatsiya — baho, diplom, stipendiya, ota-onaning bosimi, jazodan qo‘rquv kabi tashqi omillar ta’siri ostida o‘qishga intilish [3]. Haqiqatdan ham ichki motivatsiya eng muhimi sanaladi sababi ichki motivatsiyasiz qilingan har bir faoliyat, u qanday faoliyat bo‘lishidan qat’iy nazar hoh o‘yin faoliyati bo‘lsin, hoh mehnat, hoh ta’lim faoliyati bo‘lsin barcha faoliyatda birdek muhim ahamiyat kasb etishi bilan birgalikda yuksak o‘rinlarni egallaydi. Soddaroq qilib aytganda ichki motivatsiyasi bor inson biror ishni o‘ziga yoqgani uchun bajaradi. Tashqi motivaysiyaga ega inson esa shu ishdan biror manfaat bo‘lsagina bajaradi. Masalan, musiqa maktabiga boradigan bola fortepianoni o‘zi qiziqqani uchun chalishi bu ichki motivatsiya. O‘sha fortepianoni ustozidan dakki https://scientific-jl.com/luch/ 3 0 9 Часть-44_ Том-3_ Май-2025 eshitmaslik yoki imtihondan yaxshi baxo ololmasligidan qo‘rqib chalish esa tashqi motivatsiya hisoblanadi. Ushbu ikki turdagi motivatsiya uyg‘unlashishidan hosil bo‘lgan ta’lim jarayoni yanada samarali bo‘ladi. Bundan tashqari ko‘plab olimlar ham motiv
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role of learning motivation in shaping a student's personality, improving educational effectiveness, and determining a professional direction.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role of learning motivation in shaping a student's personality, improving educational effectiveness, and determining a professional direction. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- student, motivation, learning process, intrinsic motivation, внешняя мотивация, ta’lim samaradorligi., educational effectiveness., o‘quv jarayoni, Ключевые слова: студент, внутренняя мотивация, процесс обучения, Keywords: student, эффективность обучения., motivatsiya, мотивация, Kalit so‘zlar: talaba, tashqi motivatsiya, ichki motivatsiya, extrinsic motivation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Лучшие интеллектуальные исследованияAhadova Farida Muхiddin qizi2025