К содержанию
РецензированоRU2025

ETIKANING NAZARIY ASOSLARI VA UNING FALSAFIY YO‘NALISHLARI

Yunusova Maftuna Ilhom qizi (Shahrisabz davlat pedagogika institute xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi XT) · Elboboyeva Xusnida Erkin qizi (Shahrisabz davlat pedagogika institute xorijiy til va adabiyot yoʻnalishi XT)

Лучшие интеллектуальные исследования · 2025

Аннотация

Данная статья анализирует теоретические основы этики, её философские направления и взаимодействие с социальными институтами. Этика является одной из фундаментальных областей человеческой мысли, изучая моральные нормы, систему ценностей и процесс принятия этических решений. В статье рассматриваются основные этические концепции, такие как нормативная и дескриптивная этика, деонтология, утилитаризм и моральный релятивизм, а также их применение в современном обществе на основе научного анализа. Ключевые слова: этика, нормативная и дескриптивная этика, деонтология, утилитаризм, моральный релятивизм. Kirish. Etika – bu inson xulq-atvorining axloqiy jihatlarini o‘rganadigan falsafiy fan bo‘lib, uning asosiy vazifasi axloqiy qadriyatlar, me’yorlar va tamoyillarni aniqlash, asoslash va tahlil qilishdan iborat. U insonlarning to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik, adolat va adolatsizlik kabi tushunchalar asosida qanday harakat qilishini tushunishga intiladi. Etika falsafaning ajralmas qismi bo‘lib, u insoniyat tarixida qadimgi yunon faylasuflari (Sokrat, Platon, Aristotel) tomonidan shakllantirilgan va keyinchalik Kant, Bentham, Mill kabi mutafakkirlar tomonidan rivojlantirilgan. Bugungi kunda etika nafaqat nazariy muammolarni hal qilishga, balki amaliy muhitda axloqiy qarorlarni qabul qilishga ham yordam beradi. Etika haqida tushuncha. Etika (qadimgi yunoncha: ἠθική [φιλοσοφία] – „axloq falsafasi“, ἤθος (ētos) – „odat“) shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U „toʻgʻri“-"notoʻgʻri", „yaxshi“-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat. Etika axloqshunoslikning falsafiy-nazariy muammolarini va https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 7 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 axloqqa doir didaktik-amaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonun-qoidalarni oʻrgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari – kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar. Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va hokazo) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. Etikaning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, Shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir Shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir. Inson hech qachon jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida boshqa ko‘plab insonlar bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishi zaruriyati bilan bog‘liq. Sharq xalqlarida, asosan o‘zbeklarda insoniy munosabatlar zaminida birinchi navbatda axloq yotadi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi. Axloq - manaviyatning amalda namoyon bo‘lishi. Ilm, bilim, dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida o‘ziga xos tarzda aks etadi. Inson manaviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon bo‘ladi. Ma’naviyat – his https://scientific-jl.com/luch/ 4 6 8 Часть-44_ Том-5_ Май-2025 etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy qudrat bo‘lsa, axloq bevosita har bir shaxsning o‘zgalarga nisbatan manaviy munosabatini anglatadi. shu sababli axloqiy tushunchalar ayni paytda manaviy tushunchalar sifatida etirof etiladi. Zotan, axloq insof va adolat, iymoniylik va halollik, mehr va muruvvat, saxovatpeshalik va bag‘rikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va g‘amxo‘rlik singari manaviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga chiqaradigan manaviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida Shaxs sifatida mavjud bo‘lgan insonlarning o‘zo‘zini idora qilish shakllari va meyori, o‘zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo‘lgan manaviy kamolot darajasining namoyon bo‘lishidir» «Axloq» - arabcha so‘z bo‘lib, kishining tabiati, muomala, xulq- atvor, yurish-turish, tarbiya, adab, xatti-harakat odobi degan manolarni anglatadi. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi. Axloq bo‘lmagan joyda inson ijtimoiy shaxs sifa

Доказательный фрагмент

«Данная статья анализирует теоретические основы этики, её философские направления и взаимодействие с социальными институтами.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья анализирует теоретические основы этики, её философские направления и взаимодействие с социальными институтами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ethics, normative and descriptive ethics, deontology, deontologiya, utilitarizm, moral relativism, Ключевые слова: этика, деонтология, утилитаризм, нормативная и дескриптивная этика, axloqiy relativizm, Keywords: Ethics, Kalit soʻzlar: Etika, моральный релятивизм., normativ va deskriptiv etika, utilitarianism
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники