К содержанию
РецензированоUZ2026

DAVLAT BOSHQAVIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASHDA SUD NAZORATI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Qurbonov Oybek Xolli o‘g‘li

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlash tushunchasi va mazmuni, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. Kalit so‘zlar: qonuniylikni ta’minlash, kontrol, nazorat, qonuniylikni ta’minlash usullari, prokuror nazorati va ma’muriy nazorat. Har qanday boshqaruvga oid bo‘lgan tizimda boshqaruv organi tomonidan organning maqsad va vazifalariga hamohang ravishda ma’lum usullar qo‘llaniladi. Boshqaruv organi tomonidan qo‘laniladigan u yoki bu usul eng avvalo huquq normasi bilan tartibga solinishi, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga va ularni ro‘yobga chiqishiga zamin yaratishi lozim. Davlati boshqaruvi faoliyati sohasidaj qonuniylik prinsipining harakatda bo‘lishi tashkiliy-huquqiy vositalar tizimim bilan ta’minlanadi. Yuridik xususiyatlari va mazmuni jihatidan harr xil bo‘lgan bundayy vositalarning yig‘indisi – qonuniylikni ta’minlash usullarini tashkil etadi. Shu o‘rinda biz davlat boshqaruvida qonuniyliknin ta’minlash usullari haqida fikr bildirganimizda qonuniylikni ta’minlash tushunchasi haqida fikr bildirsak. Qonuniyliknik ta’minlash – bu: birinchidan, davlat organlaril va mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylik talabidan chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik; ikkinchidan, qonunbuzilishi holatlarini o‘z vaqtida aniqlash; uchinchidan, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish; to‘rtinchidan, buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarni qayta tiklash; beshinchidan, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish; oltinchidan, qonuni buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslikj maqsadida, ma’lum bir chora- tadbirlarni amalga oshirish1. Demak, qonuniylikni ta’minlashi deganda davlat organlari va mansabdori shaxslar faoliyatidal qonuniylik talabidani chetga chiqishiga yo‘l qo‘ymagan holda, qonunbuzilishii holatlarini o‘z vaqtidaj aniqlash, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, buzilganl huquq va qonuniy manfaatlarnij qayta tiklash, qonunbuzilishiga yo‘lm qo‘ygan shaxslarni javobgarlikkai tortish, qonun buzilishlarigat yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ma’lumi bir chora- tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rishimiz mumkin. Aksariyat yuridik adabiyotlarda, davlat boshqaruvi jarayonida qonuniylikni ta’minlashning asosiy usuli sifatida kontrol va nazorat ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan, D.M.Ovsyankoning fikricha, davlat organlari faoliyatida qo‘llaniladigan turli huquqiy va tashkiliy shakl va usullar, amaliy usullar – qonuniylikni ta’minlash usullari hisoblanadi hamda bu kontrol va nazoratdir2. Bu yerda D.M.Ovsyankoning fikriga ko‘ra, davlat boshqaruvida qonuniylikni taminlashda ikkita usuldan yani kontrol va nazoratni nazarda 1 E.Xojiyev, T.Xojiyev. Ma’muriy huquq. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2008. -519 b. 2 Ю.М.Козлов, Л.Л.Попов. Административное право. – М.: «Юрист», 2000. 157 tutgan. A.A.Karmolitskiyning fikricha esa, davlat boshqaruvida qonuniylik tashkiliy-huquqiy vositalar orqali ta’minlanadi. Mazmuniga ko‘ra, ular qonuniylikni ta’minlash usullarini, uning tizimini anglatadi. Qonuniylikni ta’minlash jarayonida davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida kontrolni hamda uning ko‘rinishlari bo‘lgan nazorat va ijro etishni tekshirishni amalga oshiradilar. A.A.Karmolitskiy boshqa huquqshunos olimlardan farqli ravishda, qonuniylik va intizomni ta’minlashning uchinchi usulini – ijro etishni tekshirishni ham kiritadi3. D.D.Sabriya, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullariga kontrol (ijro etishni tekshirish) va nazorat bilan bir vaqtda shikoyat qilish huquqini kiritadi4. Uning fikricha qonuniylikni taminlashda faqatgina kontrol va nazorat bilan ta’minlanib qolmasligini va qonuniylik ta’minlanishini fuqarolarning shikoyat qilish huquqi orqali erilishishi mumkinligi haqida fikr bildiradi. X.R.Alimov esa, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlashning usullari sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tadi: • davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan kontrol va ijro etishni tekshirish; • prokuratura organlarining umumiy nazorati; • sud organlarining faoliyati; • ma’muriy nazorat; • jamoatchilik nazorati; • davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga zid harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish5. Demak, yuqoridagilarga asoslanadigan bo‘lsak, huquqshunos olimlari davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta’minlashning asosiy usullari sifatida kontrol, nazorat, tekshirish va shikoyat qilishni ko‘rsatib o‘tishadi. Kontrol – qonuniylik va intizomni ta’minlash usuli sifatida yoki davlat organlarining funksiyasi, ya’ni boshqaruv faoliyatining turi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Kontrol ijtimoiy boshqaruv tizimida katta ahamiyatga ega bo‘lib, u hokimiyat subyektlarining mavjud holatlari to‘g‘risida, qarorlarning ijro etilganligi haqida ma’lumotlarni olishda xizmat qiladi. Kontrol ijro intizomini mustahkamlashda, amalga oshirilgan ishni baholashda, ma’lum bir jarayonni operativ tartibga solishda qo‘llaniladi. Kontrol mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1) kontrol ost

Доказательный фрагмент

«mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlash tushunchasi va mazmuni, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

mazkur maqolada qonuniylikni ta’minlash tushunchasi va mazmuni, davlat boshqaruvida qonuniylikni ta’minlash usullari turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sud nazorati., nazoratning tashkiliy shakllari, qonuniylikni ta’minlashda sud nazorati, “Ma’muriy adolat” tushunchasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4