К содержанию
РецензированоRU2026

RAQAMLI TA’LIMNING PANDEMIYADAN KEYINGI RIVOJI.

Zaynobiddinova Gulbahor Bahtiyorovna · To‘xtasinova Umidaxon (Ilmiy rahbar:Andijon davlat chet tillari instituti)

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

В период пандемии в Узбекистане для повышения уровня цифрового образования активно внедрялись различные платформы, программы дистанционного обучения и онлайн-уроки. Этот опыт заложил основу для перехода образовательного процесса на цифровой формат. В то же время возникшие проблемы и полученные уроки в этот период помогают определить основные направления развития цифрового образования в постпандемийный период. В данной статье анализируется состояние, преимущества и трудности цифрового образования в постпандемийный период. Кроме того, представлены эффективные подходы к модернизации системы образования и даны рекомендации по дальнейшему углублению цифровой трансформации образовательной системы Узбекистана. Ключевые слова: Цифровое образование, пандемия, дистанционное обучение, высшие учебные заведения, эффективность образования, онлайн-обучение. Ma’lumki,XXI asrda ta’lim sohasida raqamli texnologiyalardan ta’lim sohasida keng foydalanish ta’lim jarayonini tubdan o‘zgartirdi. COVID-19 pandemiyasi esa bu o‘zgarishlarni yanada tezlashtirdi va masofaviy ta’lim tizimlarining ahamiyatini oshirdi. Pandemiya sharoitida ta’lim texnologiyalaridan foydalanish nafaqat zarurat, balki ta’limni yanada samarali va moslashuvchan qilish imkoniyatlarini ham namoyon etdi. Pandemiya boshlanishidan oldin O‘zbekiston ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar unchalik rivojlanmagan edi. Keng tarqalgan raqamli platformalar va onlayn darslar mavjud emasdi. Ta’lim tizimi an’anaviy shaklda olib borilar edi, bu esa ayrim hududlarda ta’lim olish imkoniyatlarini cheklardi. Internet va kompyuterlar bilan ta’minlangan maktablar soni past bo‘lib, raqamli ta’lim tizimiga integratsiya qilish uchun zarur infratuzilma yetishmovchiliklari mavjud edi. COVID-19 pandemiyasi ta’lim tizimini masofaviy ta’limga o‘tkazishga majbur qildi. Yurtimizdagi hukumat a’zolari tezda masofaviy ta’lim platformalarini joriy etish va raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishga harakat qildi. Maktablar va universitetlar onlayn ta’lim tizimlariga o‘tib, o‘quvchilar va talabalarga video darslar va onlayn resurslar orqali ta’lim berishni boshladilar. Karantin davrida tashkil etilgan masofaviy ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarni rivojlanib kelayotgan raqamli texnologiyalardan foydalish ko‘nikmalarini shakllantirdi.Onlayn rejimda,turli platformalarda(ZOOM,TELEGRAM),ma’ruza 42 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference o‘tish va video darslar yozish(BANDICAM,OBS-studio) ko‘nikmalari bunga misol bo‘la oladi.Raqamli ta’limni joriy qilish orqali o‘quvchilar va talabalar o‘z uylaridan turib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Bu esa ko‘plab imkoniyati cheklangan,uzoq masofadan qatnovchi o‘quvchilar uchun qulaylik yaratdi. O‘zbekistonda raqamli ta’limdan foydalanish,onlayn darslar tashkil qilish jarayonida ba'zi qiyinchiliklar yuzaga keldi.Bulardan:  O‘zbekistonning ba’zi hududlarida internetning tezligi va sifatiga doir muammolar borligi.  Raqamli ta’limga o‘tish uchun ba’zi o‘qituvchilar va talabalar yetarli bilimga ega emasligi.  Onlayn ta’limda shaxsiy aloqalar va guruh ishlari cheklangan ekanligi,eng asosiy muammolar edi. Hozirgi kunda, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarini yanada ommalashtirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Raqamli ta’limni yanada rivojlantirish uchun internet tezligi va raqamli texnologiyalarni barcha hududlarda bir xilda ta’minlash zarur.Shuningdek, o‘qituvchilarni raqamli ta’lim texnologiyalariga moslashtirish uchun treninglar va kurslar o‘tkazish, An’anaviy va masofaviy ta’limni birlashtirib, aralash ta’limni rivojlantirish kabi ishlarni olib borish barcha uchun manfaatli bo‘lishiga ishonaman. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Gazeta.uz, "O‘zbekiston ta’limida axborot texnologiyalarining ro‘li". (2024 yil, 31 oktyabr). https://www.gazeta.uz/oz/2024/10/31/children-situation- analysis. 2. O‘zbekiston Respublikasi, Raqamli ta’limni rivojlantirish to‘g‘risida qaror. https://lex.uz/docs/-5030957 3. Daryo.uz, "O‘zbekiston va dunyoda onlayn ta’lim qanday rivojlanmoqda". (2023 yil, 5-aprel). https://daryo.uz/2023/04/05/ozbekiston-va-dunyoda- onlayn-talim-qanday-rivojlanmoqda. 4. B.A. Begalov, M.K. Abdullayev. “Raqamli iqtisodiyot” / Darslik. - T.: «Iqtisodiyot», 2023. - 352 b. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. 43 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 6. “TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH AHAMIYATI” Saidova Saida 44

Доказательный фрагмент

«В период пандемии в Узбекистане для повышения уровня цифрового образования активно внедрялись различные платформы, программы дистанционного обучения и онлайн-уроки.»

Образец извлечения

Демо-превью

В период пандемии в Узбекистане для повышения уровня цифрового образования активно внедрялись различные платформы, программы дистанционного обучения и онлайн-уроки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Digital education, pandemic, distance learning, higher, Oliy ta’lim muassasalari, ta’limning samaradorligi, masofaviy ta’lim, Raqamli ta’lim, onlayn ta’lim., pandemiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники