К содержанию
РецензированоUZ2026

BADIIY ASARLARNI O ‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH XUSUSIYATLARI

Djalilova Nilufar Dilshodovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Mazkur tadqiqot badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, tarjimon duch keladigan asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahliliga bag’ishlangan. Unda tarjimonlik san’atining nazariy va amaliy jihatlarini, shu bilan birga, asliyatdagi frazeologik birliklarning tarjimada berilishi yoritilgan. Kalit so ‘zlar. Badiiy tarjima, frazeologik birliklar, tarjima nazariyasi, badiiy mahorat, adekvat tarjima. O‘zbek tilida tarjima nazariyasi fani uzoq va sermazmun tarixiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan fandir. Qadimgi zamonlardan boshlab, ayniqsa fors va arab tillaridan ko‘plab asarlar tarjima qilingan bo‘lib, bu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan boyishida muhim ahamiyat kasb etgan. Tarjima san’ati esa yillar davomida nafaqat shakllandi, balki o‘zgarib, takomillashib, har bir davrning zamonaviy talablari bilan uyg‘unlashdi. XX asrga kelib, tarjima nazariyasi yanada jiddiy ilmiy asosga ega bo‘lib, tarjimonlik va tarjimashunoslik yo‘nalishida chuqur izlanishlar olib borildi. Tadqiqotlar sonining ortishi bu sohaning alohida ilmiy tarmoq sifatida qaralishiga zamin yaratdi. Tarjima san’ati, o‘z navbatida, insoniyat madaniyatining taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. Har bir tarjima – o‘z davrining ijtimoiy va madaniy manzarasini aks ettiruvchi, til vositasida ifodalangan hodisadir. O‘zbek tarjima nazariyasining rivojlanishi oddiy bir jarayon emas. U har bir davrda turli yondashuvlar, uslublar, qarashlar va metodlar orqali boyib bordi. Bu esa uni bugungi kunda ham dinamik, o‘zgaruvchan va ilmiy jihatdan dolzarb sohalardan biriga aylantirdi. Ingliz adabiyotining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi XX asrning boshlaridan boshlab faol rivojlanib kelmoqda. Dastlabki bosqichlarda bu tarjimalar asosan mashhur klassik yozuvchilarning (Uilyam Shekspir, Charls Dikkens, Mark Tven) asarlari bilan cheklangan bo‘lsa, keyinchalik ingliz adabiyotining janr jihatidan xilma-xil namunalari, xususan, detektiv, fantastika, sarguzasht, tarixiy romanlar ham tarjima qilina boshlandi. Bu jarayon o‘zbek kitobxonining badiiy 29 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference dunyoqarashini kengaytirishga, g‘arb adabiyoti bilan tanishuviga, hamda tarjimonlar maktabining shakllanishiga xizmat qildi. O ‘tgan asrda o‘zbek tiliga ingliz adabiyotidan qator muhim asarlar mahorat bilan tarjima qilindi. Masalan, U. Shekspirning "Hamlet", "Otello", "Romeo va Julietta" asarlarini Mirtemir, A.Qahhor va G. G‘ulom kabi yirik adiblar o‘zbek tiliga olib kirganlar. Ch. Dikkensning "Oliver Tvist" asari Mirmuhsin tomonidan o‘zbek kitobxoniga yetkazilgan. Shu bian birga, M. Tvenning "Tom Soyerning sarguzashtlari" va "Geklberri Finn" kabi asarlari ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib, ularning tarjimonlari orasida O‘. Mirzayev, Yo‘. Solih kabi tajribali adiblar bor. Bu tarjimalar ingliz adabiy merosining o‘zbek adabiy muhiti bilan uyg‘unlashuvini ta’minlabgina qolmay, balki milliy tarjima maktabining taraqqiyotiga ham xizmat qilgan. Ushbu jarayonda T.M. Ridning "The Headless Horseman" asari muhim o‘rin tutadi. Bu asar o‘zbek tiliga "Boshsiz chavandoz" nomi ostida tarjima qilingan. Mazkur tarjima o‘zbek kitobxonini XIX asr Amerika janubidagi ijtimoiy munosabatlar, turmush tarzi, tabiat manzaralari va hayajonli voqealarga boy sarguzashtli hikoya bilan tanishtiradi. Tarjimon tomonidan matndagi xalqona iboralar, frazeologik birliklar, xarakterlar nutqi, muallifning betakror uslubi iloji boricha o‘zbek tilining badiiy imkoniyatlari asosida moslashtirilgan. "Boshsiz chavandoz" asarining o‘zbek tiliga tarjimasi o‘zbek adabiy tarjima maktabi uchun muhim tajriba bo‘lib xizmat qilgan. Asarda uchraydigan murakkab iboralar, metaforalar va sarguzasht janriga xos bo‘lgan keskin voqealar tarjimonning til sezgirligi va badiiy mahoratini namoyon qilgan. Tarjimon asardagi frazeologik birliklarni aks ettirishda ba’zida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimaga, ba’zida esa mos ifodalarni topishga harakat qilgan. O‘zbek tilidagi tarjima asosan XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan. Bu tarjima o‘zbek tilining badiiy uslubiy imkoniyatlaridan foydalangan holda asarning mazmun-mohiyatini keng qamrab olgan. Ammo aynan frazeologik birliklarning tarjimasi – ba’zan so ‘zma-so ‘z, gohida kontekstual, ba’zida esa funksional yondashuvlar orqali amalga oshirilgan. Bu holat tarjimada adekvatlik va ekvivalentlik darajasini o‘rganishni taqozo etadi. Asarning o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, Amerika adabiyotining o‘ziga o‘zbek madaniyati va tiliga mos ravishda o‘rganish va ifodalash zaruratidan kelib chiqdi. Tarjimonlar o‘zbek tilida madaniy xususiyatlarni o‘zlashtirish, Amerikaning janubiy mintaqasidagi xalq urf-odatlarini, tabiat tasvirlarini, shuningdek, o‘sha davr ijtimoiy tizimini o‘zbek kitobxoni uchun tushunarli va qiziqarli tarzda ifodalashga harakat qilishgan. 30 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonini o‘rganish bo‘yicha

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, tarjimon duch keladigan asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahliliga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot badiiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, tarjimon duch keladigan asosiy muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahliliga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarjima nazariyasi, badiiy mahorat, frazeologik birliklar, adekvat tarjima., Badiiy tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники