К содержанию
РецензированоUZ2026

DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH SSENARIYLARI BILAN TANISHISH

Nadirov Obodjon Odil o‘g‘li · SHDPI MI--kurs talabasi · Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Ta’lim jarayoni faqat sinf xonasida emas, balki real hayotiy sharoitlarda ham davom etishi lozimligi ta’kidlangan. J. Dewey, V. A. Sukhomlinskiy, R. G‘ofurov va A. Qo‘chqorov kabi pedagoglarning fikrlariga asoslanib, darsdan tashqari faoliyat o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun muhim vosita ekanligi yoritiladi. Shuningdek, maqolada informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etishning turli usullari va ularning samaradorligi muhokama qilinadi. Maqolada darsdan tashqari faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilib, uning ta’lim jarayoniga ta’siri atroflicha yoritiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni to‘g‘ri rejalashtirish va amalga oshirish o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, ularning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va kelajak kasb tanloviga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga urg‘u berilgan. Kalit so‘zlar: Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, informatika ta’limi, mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat, amaliy ko‘nikmalar, kod yozish musobaqasi, robototexnika, kompyuter savodxonligi, IT kasblari, ta’lim texnologiyalari, innovatsion ta’lim, interaktiv o‘qitish, texnologik ko‘nikmalar. Kirish. Bugungi kunda ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, ularning qiziqishini oshirish va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunda darsdan tashqari mashg‘ulotlarning roli beqiyosdir. Chunki dars jarayonida o‘quvchilarga nazariy bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, amaliy mashg‘ulotlar orqali ularning qobiliyatlarini rivojlantirish ham zarur. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar aynan shu maqsadga qaratilgan bo‘lib, o‘quvchilarning qiziqishlarini uyg‘otish, ularning faolligini oshirish va mustaqil fikrlashini rivojlantirishga xizmat qiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar – bu o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ularni fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim pedagogik jarayondir. Ayniqsa, informatika fanida bunday tadbirlarning o‘rni katta bo‘lib, ular o‘quvchilarga nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylari pedagogik jarayonning muhim qismi hisoblanadi. Ushbu ssenariylar o‘quvchilarning qobiliyatini aniqlash, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashda samarali natijalarga erishishga yordam beradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirishda interfaol metodlardan, guruhiy ish usullaridan hamda innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Chunki bunday yondashuvlar o‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni mustaqil fikrlashga undaydi. Masalan, 137 ` loyihaviy faoliyatlar, amaliy laboratoriya mashg‘ulotlari, intellektual o‘yinlar va ijodiy tanlovlar orqali o‘quvchilarning o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llashiga imkon yaratiladi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonida o‘qituvchilarning tajribasi va mahorati muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik ssenariylarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish orqali o‘quvchilarning nafaqat nazariy bilimlari, balki amaliy ko‘nikmalari ham rivojlanadi. Bu esa ta‘lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Tadqiqot metodologiyasi va adabiyotlarning tahlili. Ushbu maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish ssenariylarini o‘rganish, tahlil qilish va ularning ta‘lim jarayonidagi samaradorligini aniqlashga qaratilgan tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanildi: 1. Nazariy tahlil. Pedagogika va psixologiya sohasidagi ilmiy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar hamda zamonaviy ta‘lim texnologiyalari bo‘yicha ma‘lumotlar o‘rganildi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, qobiliyatini rivojlantirish hamda ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli tahlil qilindi. 2. Empirik tadqiqot usullari. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida so‘rovnomalar, intervyular o‘tkazildi hamda amaliy mashg‘ulotlarda kuzatishlar olib borildi. Bu usul orqali darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarga ta‘siri, ularning faolligi va qiziqishi darajasi baholandi. 3. Tajribaviy-pedagogik sinov. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar uchun turli ssenariylarni ishlab chiqish va ularni amaliyotda sinab ko‘rish orqali ularning samaradorligi tahlil qilindi. Interfaol metodlar, guruhiy loyihalar va o‘yinli texnologiyalar orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘rganildi. 4. Statistik tahlil. Olingan natijalar tahlil qilinib, darsdan tashqari mashg‘ulotlarning samaradorligi foiz ko‘rsatkichlari orqali baholandi. O‘quvchilarning bilim darajasi, faolligi va motivatsiyasi o‘zgarishi tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida mahal

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘quvchilarning bilim olish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
informatika ta’limi, IT kasblari, ijodiy qobiliyat, robototexnika, kod yozish musobaqasi, interaktiv o‘qitish, innovatsion ta’lim, amaliy ko‘nikmalar, kompyuter savodxonligi, texnologik ko‘nikmalar., mustaqil fikrlash, Darsdan tashqari mashg‘ulotlar, ta’lim texnologiyalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники