Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NUTQ NUQSONLARINING KELIB CHIQISH SABABLARI VA NUTQ NUQSONIGA EGA BO’LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Olimjoniva Madina (in-academy.uz/index.php/si) · Shokirova Gulshoda (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi haqida ma’lumotlar berilgan. Har bir inson nuqson kamchiliklariga qaramay jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishga to’laqonli haqqi bor. Ushbu masalalarni maqolamizda keraklicha yoritishga imkon darajasida harakat qilganmiz. Kalit so’zlar: Nutq, ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv, tibbiy, logoped. «Ta’lim to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-, 23- va 24-moddalarida, jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishida kamchiliklari bo‘lgan, shuningdek, uzoq muddat davolanishga ehtiyoj sezgan bolalar va o‘smirlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni davolash uchun maxsus ta’lim muassasalari tashkil etiladi, deb belgilab qo‘yilgan. Bu nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar uchun ham taalluqlidir. Bunday bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, abilitatsiya va reabilitatsiya, sanatoriya-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o'z ichiga oladi. Bu masalaga o‘tishdan oldin, nutq nuqsonlarining yuzaga kelish sabablariga qisqacha to'xtalib o‘tamiz. Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarga tashqi (ekzogen) va ichki (endogen) omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari kiradi. Nutq nuqsonlarining turli sabablarini aniqlashga evolutsion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish jarayonini tahlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni talab qiladi (Abu Ali ibn Sino, I.M.Sechenov, L.V. Vigotskiy). Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablarini uch guruhga ajratish mumkin. 1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiatsiya; qishloq xo'jaligida qo'llanadigan pestitsidlar va gerbitsidlar; avtotransportdan chiqadigan gazlar; harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq- ovqat va suv ta’minotining sifatsizligi. 2. Tibbiy-ijtimoiy sabablar: er-xotin qarindoshchiligi; ota-onaning rivojlanishidagi orqada qolishlar; jarohatlar (jismoniy va ruhiy); ota-onalarning surunkali kasalliklari; zararli odatlar (ichkilikbozlik, nashavandlik, toksomoniya, kashandalik); onaning surunkali og‘ir anamnezi; oilani noto‘g‘ri rejalashtirish, abortlar, onaning ginekologik kasalliklari, erta va kech tug'ruqlar (birinchi homilaning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo'lishi); tug'ruqdan oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli infeksiyalar; ona va bolaning to'liq oziqlanmasligi; oilaga tibbiy tashxis va korreksion yordamning o'z vaqtida berilmasligi. 3. Psixik-ijtimoiy sabablar: ommaviy va majmuali deprivatsiya; ota-onalar tomonidan diqqat- e’tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo'llik; oila va aholi intellektual saviyasining pastligi; oilaning to'liqsizligi; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy-pedagogik tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi. Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar: 115 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si — homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, onaning rezus-faktorga mos kelmasligi; — tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya; — bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari (meningit, ensofalit); — miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya jarohatlari; — nasliy omillar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy nerv tizim buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi; — ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu holat pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga, emotsional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab boiadi. Barcha nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga bolinadi: 1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari. 2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari. Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida ma’lum nutq organi jo'yining zararlanishiga ko‘ra markaziy va periferik xarakterda boiadi. Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimidagi u yoki bu qismlarning buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq kamchiliklari kiradi. Periferik buzilishlar: artikulatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulatsion organlar inervatsiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi. Funksional buzilishlar. Bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida hech qanday o‘zgarishlar bolmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga — dislaliya, duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi. Nutqda nuqsoni bo'lgan bolani chuqur psixologik-pedagogik o'rganish tashxis natijalari asosida tuzatish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu, asosan, ta'lim va ba'zan m
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi haqida ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tibbiy, logoped., ijtimoiylashuv, Nutq, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026