Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TARIX” NI YARATGAN MARDLAR YOHUD “BUYUK G‘ALABA”GA QO‘SHILGAN HISSA
QO‘SHILGAN HISSA · Fahrutdinova Nodirabegim Jasur qizi · Soliyev Elyorbek Muxammadmo‘sa ug‘li
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
This article sheds light on the struggles of the participants of World War II for the Motherland, the fact that we have achieved our current peaceful life thanks to the victory they brought, and the reforms that have been carried out since the years of independence to perpetuate the personalities of not only the glorious participants of the war, but also intellectuals in the field of science and conduct in-depth research. It is once again emphasized that it is our duty to truly revive the great history in the minds of young people through education and take progressive steps towards development, achieving the goal set by our ancestors. Keywords: memory, encouragement, civilization, empathy, education, duty, respect. “Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun biz ularning oldida cheksiz qarzdormiz” 7 00 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Har bir millatning qadri va kelajagi buyuk, istiqbolli bo‘lishi-o‘sha millatning tarixi, xalqining mardonavor kurashi va ajdodlarining vatanparvarligi bilan namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqining tarixi buyuk va faxrli bo‘lgani sababli, hech shubhasiz, kelajagi ham porloq va farovon bo‘ladi. Shu sababli, mustaqillikning ilk yillaridan O‘zbekistonda voyaga yetayotgan yoshlarga mustaqillik ne’matining qadrini, uni asrab-avaylashdagi burchlarimizni, shu yo‘lda o‘z jonini fido qilgan buyuklar xotirasiga munosib ehtirom ko‘rsatish kerakligi borasida izchil islohotlar olib borish boshlanib, bugungi kundagacha davom etmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1999-yil 9-may kunini “Xotira va qadrlash kuni”1 deb e’lon qilinishi so‘zimizning isbotidir. Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2000-yilda Toshkentning Bo‘zsuv sohilida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui barpo etildi. Majmua tarkibida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va shu nomdagi jamg‘arma tashkil etildi2. Inson xotirasi, uning muqaddas Vatandagi aziz o‘rni bugungi kunda har doimgidanda e’zozlanmoqda. Inson qadri ulug‘lanayotgan yurtda qadr topgan, nomi qilgan yaxshi va ezgu amallariga hamohang eslanayotgan, yosh avlod uchun Vatan ne ekanligini o‘z mehnatlari bilan ko‘rsatib bergan insonlarning, urush va mehnat fahriylarining, o‘z umrining katta qismini xalq uchun mehnat qilishga sarflagan, o‘zini yurt farovonligi va tinchligiga bag‘ishlagan fidoiy insonlar xotirasi abadiydir. Ushbu kunda yurtimizda Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag‘rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yilda qabul qilingan “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”3gi farmoni davlatimiz rahbari bundan bir necha yil ilgari aytgan ana shu fikrlarining amaldagi yana bir tasdig‘i bo‘ldi. Farmonga muvofiq, o‘tgan yili Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 79-yilligi munosabati bilan ushbu pul mukofotlari bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarimizga tantanali vaziyatda va bayramona ruhda topshirildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada rivojlantirish” borasida 77- maqsad qo‘yilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezindentining Farmoni “9-mayni “Xotira va qadrlash kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risida”; ; 02.03.1999; PF-2243-son; 2 Uza.uz; 31.08.2015; Iqtisodiyot; “Ajdodlar xotirasi unutilmaydi’; 3 O‘zbekiston Respublikasi Farmoni; Toshkent sh., 02.05.2023 yil; PF-65-son; 7 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Zero, “o‘tmishdagi yutuq va g‘alabalardan kuch-quvvat olib, xato va mag‘lubiyatlaridan xulosa va saboq chiqarib yashaydigan xalq o‘zining taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay oladi”, deb ta’kidladi Prezident Sh. Mirziyoyev4. Albatta, tarixni o‘rganish, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish-ta’limsiz bo‘lmaydi. Tarixdan muhim saboqlar chiqarib, kelajak uchun yangi g‘oyalarni kashf qilish-ilm orqali yuzaga keladi. Tarixni o‘rganish orqali shaxsla
Доказательный фрагмент
«This article sheds light on the struggles of the participants of World War II for the Motherland, the fact that we have achieved our current peaceful life thanks to the victory they brought, and the reforms that have…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article sheds light on the struggles of the participants of World War II for the Motherland, the fact that we have achieved our current peaceful life thanks to the victory they brought, and the reforms that have… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- memory, encouragement, civilization, empathy, education, duty, respect, burch, rag‘batlantirish, empatiya, ta’lim, xotira, ehtirom., sivilizatsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026