Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOG‘AY MURODNING “OTAMDAN QOLGAN DALALAR” ASARIDA AYOLLAR OBRAZI
AYOLLAR OBRAZI · E’zozaxon Axmadxonova
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada “Otamdan qolgan dalalar” asarida tasvirlangan ayollar obrazini tahlil qilamiz. Kalit so‘zlar: obraz, adabiy generealizatsiya, ayollar obrazi Ma’lumki, vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng adabiyotimizda sobiq sho‘roning xalqimiz boshiga solgan kulfatlari, “o‘zbek ishi” kabilar bosh mavzu bo‘lib keldi. Ushbu og‘riqli mavzuda bir qator asarlar yaratilib kitobxonlarga taqdim qilindi. Jumladan, Tog‘ay Murod ham mustabid tuzumdan ro‘shnolik o‘rniga faqat alam-sitam ko‘rgan xalqining yillar davomida yig‘ilib kelgan isyonini sodda, ravon xalq tilida qog‘ozga tushirdi. Bir o‘rinda yozuvchi “Otamdan qolgan dalalar” romani xususida quyidagi jumlalarni aytib o‘tgan edi: “Men o‘zbek xalqiga haykal qo‘yaman. Ko‘nglimda el-yurtim yo’lida nimaiki dardim bor - barini ushbu romanimda to‘kib soldim”. Ha, xalq dardini qalamga olgan yozuvchi ushbu romani orqali o‘zbek xalqiga chinakam haykal qo‘ydi! Muhokama Va Natijalar Tog‘ay Murod o‘z romanida mustabid tuzum davridagi ahvolni hech qanday bo‘yoq, bo‘rttirishlarsiz xalq tilida tasvirladi. Shuhrat Abbosovning Tog‘ay Murod ijodi to‘g‘risida aytgan fikrlarida jon bor: “Tog‘ay Murod katta ijodkor, yozuvchi sifatida xalq boshiga tushgan zulm-xo‘rlik , azoblarni o‘z vujudidan o‘tkazadi, bu kulfatlarga chiday olmaydi, bundan xo‘rligi keladi. Shuning uchun ham muallifning joni halak bo ‘ladi, asarning har bir satridan dil og‘rig‘i ufurib turadi”.i Millatimizga otilgan toshlar, qanchadan qancha ziyolilarimizning tunda Moskvaga olib ketilib, bo‘yniga o‘zini-da xabari bo‘lmagan ayblarni tirkaganlari, umri paxta ekib, ketmon ushlab o‘tsa-da, hech bir ro‘shnolik ko‘rmagan dehqon xalqimiz haqida, ularning ayanchli taqdiri haqida yonib-kuyib so‘zlaydi. Shu kunga qadar “Otamdan qolgan dalalar” asari haqidagi tahlillar Dehqonqul obraziga, u yashagan davr xususida to‘xtalib o‘tilgan. Yozuvchi yuksak mahorat ila yaratgan fidoyilik, sabr-toqat timsoli hisoblanmish haqiqiy o ‘zbek ayollarining asardagi tasviri, ruhiyati bilan tanishib chiqamiz. Asardagi bosh qahramon bo‘lmish Dehqonqul haqiqiy sho‘ro odami edi. “Kattalar” uchun yoziladigan dasturxoniga olib kelgan xurmodan ikki donasini olib qochgani uchun o‘z farzandinining og‘iz-burnini qon qilgan; o‘z ayoliga ikki 125 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference enlik matoni olib berishga qo‘li kaltalik qilgan “nomi ulug‘, surpasi quruq” brigadr edi. Dehqonqul shunday taqdir uchun yelkasini oftobga berib dalada qiynalganmidi? Asardagi ayollar obrazi-chi? O‘sha davr ayollarining qonli taqdirini o‘qib beixtiyor tanangizda titroq tuyasiz: “Onamiz oyoq tiraydi, og‘iroyoqman, deydi. Kattalar, paxta og‘iroyoqni bilmaydi, deydi. Onamiz tongdan shomgacha paxta teradi. Musobaqada g‘olib bo‘ladi. Bayroq oladi. Surati bilan ro‘znomada chiqadi. Oy-kuni bo‘lmasa-da, onamizni egatda dard tutadi. Onamiz egatda ichlarini ushlab-ushlab voy-voylaydi. “Erkaklar bilan teng huquqli bo‘lmay men o‘layin-a! – deydi. – Sharqda mash’al bo‘lmay men o‘layin-a!”ii Oppoq dalani chala chaqaloq ovozi oladi...” Yozuvchi ushbu voqea orqali ayollarning hayoti naqadar xavf ostida bo‘lganligini, jamiyatda erkaklar bilan teng bo‘lish maqsadida ular kabi og‘ir ishlarni bajarib, yo‘l so‘nggida esa og‘ir dardga chalinib qolishi, muddatidan avval farzandini dunyoga keltirishi kabi holatlar kutib turganini uqtirmoqda. Dehqonqulning Mash’al brigadir nomi bo‘lsa-da, ayoli istagan ikki enlik juhudi atlasni olib berish uchun qurbi yetmaydi. Itoatkor ayolni og‘ir mehnat, bir xil hayot tarzi jonidan to‘ydiradiki, har gapida ushbu jumlalar bilan o‘zini ovutadi: “O‘lsam qutulamanmi?!” Romandagi ayollar taqdiri haqida so‘z yuritishdan avval aytib o‘tish joizki, ayollarning o‘zlarini qurbon qilishlariga, hayotdan, yashashdan bezishlariga faqatgina zamonni ayblaydigan bo‘lsak, biryoqlama fikr yuritgan bo‘lamiz. Zero, Qozoqboy Yo‘ldosh Tog‘ay Murod shaxsiyati va ijodi haqida shunday jumlalarni keltirgan edi: “Tog ‘ay Murod jamiyatning inson erkiga daxl etishiga, shaxsni turmush ikir-chikirlari bilan o‘rab tashlashiga, qilishi mumkin va kerak bo‘lgan ezgu ishlardan chalg‘itishiga qarshi edi. Bu yerda gap ijtimoiy tuzum tabiatidagina emas, odamlar orasidagi ijtimoiy munosabatlar yo‘sinida hamdir”.iii “Otamdan qolgan dalalar” asarida ayollarning fidoyiligi, mehr- muhabbatiga munosib javob olmaganlarining sabablaridan biri tuzumning shafqatsizliklari bo‘lsa, yana biri oilaviy muhitning ta’siri edi. Dehqonqul oilaning boshlig‘i edi, afsuski, sovet mafkurasi bilan sug‘orilgan oilaboshi edi. Dehqonqul uchun ayolining sog‘ligi dala hosilining unumdor bo‘lishi haqida 126 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference qayg‘uradigan darajada muhim emasdi. Hatto, Dehqonqul ayolining homiladorlik davrini dalada og‘ir mehnat bilan o‘tkazishiga jimgina ko‘z yumdi: “ Kun yongandan-yondi. Dala kundan-da, yondi. Kun kalla qaynatdi, kun tovon kuydirdi. Ayolimiz daladan bosh olib k
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada “Otamdan qolgan dalalar” asarida tasvirlangan ayollar obrazini tahlil qilamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada “Otamdan qolgan dalalar” asarida tasvirlangan ayollar obrazini tahlil qilamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiy generealizatsiya, obraz, ayollar obrazi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработокSayfiyev SardorSarvarugli2025