К содержанию
РецензированоUZ2026

KORXONA MOLIYAVIY BARQARORLIGINI BAHOLASHDA ZAMONAVIY INDIKATORLARDAN FOYDALANISH USULLARI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Sherqulova Maftuna Xolmo‘min qizi

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

Mazkur tezisda korxonaning moliyaviy holatini baholash mezonlari, moliyaviy turg‘unlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar tizimi hamda barqarorlikni ta’minlash strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, to‘lovga qobiliylik, rentabellik, moliyaviy mustahkamlik va kapital tuzilmasi kabi asosiy moliyaviy indikatorlar asosida baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan. Korxona barqarorligiga ta’sir qiluvchi ichki va tashqi omillar statistik ma’lumotlar orqali o‘rganilib, barqaror moliyaviy rivojlanishga erishish uchun tegishli taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida real sektor subyektlarining moliyaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy yechimlar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Kalit soʻzlar: korxona moliyaviy holati, moliyaviy barqarorlik, rentabellik ko‘rsatkichlari, to‘lovga qobiliylik, likvidlik darajasi, moliyaviy risklar, kapital tuzilmasi, aktiv va passiv balans, moliyaviy tahlil usullari, kontrolling, naqd pul oqimlari, investitsion salohiyat, qarz yuki, moliyaviy rejalashtirish, barqaror rivojlanish strategiyalari. Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlash va ularning raqobatbardoshligini oshirishda moliyaviy holatning barqarorligi alohida ahamiyatga ega. Moliyaviy barqarorlik nafaqat joriy faoliyatni uzluksiz yuritish, balki uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishish imkonini ham beradi. Shu bois, korxonaning moliyaviy holatini chuqur va tizimli baholash, mavjud zaif jihatlarni aniqlash, moliyaviy turg‘unlikni ta’minlaydigan mexanizmlarni ishlab chiqish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. Oxirgi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyotida real sektor subyektlarining o‘sish sur’atlari yuqorilagan bo‘lsa-da, ularning moliyaviy barqarorligini saqlab qolish masalasi doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, pandemiyadan keyingi davrda global iqtisodiy beqarorlik va moliyaviy resurslarga bo‘lgan cheklovlar ushbu masalaning yanada dolzarblashuviga sabab bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan, korxonalar moliyaviy ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish, risklarni boshqarish va optimal moliyaviy strategiyalarni ishlab chiqish orqali barqaror rivojlanishga erishish zarur. Mazkur tezisda korxona moliyaviy holatini baholash indikatorlari, tahlil uslublari, barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari hamda 81 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference ularga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, amaliy takliflar orqali korxonalarning moliyaviy salohiyatini mustahkamlash yo‘llari yoritib beriladi. Bugungi global iqtisodiy muhitda korxona faoliyatining muvaffaqiyati va raqobatbardoshligi bevosita uning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq. Moliyaviy barqarorlik – bu korxonaning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarish, investitsiyalarni jalb etish, tashqi tebranishlarga bardosh berish va uzoq muddatli rivojlanishni ta’minlash qobiliyatidir. An’anaviy tahlil usullari moliyaviy hisobotlar asosida umumiy ko‘rsatkichlarga tayansa-da, zamonaviy yondashuvlar korxona barqarorligini chuqurroq tahlil qilishga, ilg‘or risklarni aniqlashga va qarorlar qabul qilishda aniqlikni oshirishga imkon beradi. Altman Z-indeksi Koeffitsiyentli baholash tizimi (KPI bilan uyg‘unlashgan tahlil) EBITDA (Foiz, soliq, amortizatsiya va eskirishdan oldingi foyda) Net Working Capital (NWK) DSCR (Debt Service Coverage Ratio 1-rasm. Zamonaviy moliyaviy barqarorlik indikatorlari va ularning o‘ziga xosliklari Manba: 1. Altman Z-indeksi. Bu ko‘rsatkich korxonaning bankrotlikka uchrash ehtimolini baholash uchun ishlatiladi. U balans va foyda va zararlar hisobotidagi bir nechta ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Altman formulasi zamonaviy biznes muhitida juda foydali bo‘lib, moliyaviy xavflarni oldindan aniqlash imkonini beradi. 2. Koeffitsiyentli baholash tizimi (KPI bilan uyg‘unlashgan tahlil). Rentabellik, likvidlik, moliyaviy mustahkamlik va aktiv aylanishi kabi ko‘rsatkichlar real vaqt rejimida KPI platformalari orqali monitoring qilinadi. Bu indikatorlar korxonaning kunlik va choraklik moliyaviy salomatligini baholashda ishlatiladi. 82 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference 3. EBITDA (Foiz, soliq, amortizatsiya va eskirishdan oldingi foyda). Ushbu indikator korxonaning operatsion rentabelligini va asosiy faoliyatdagi foyda olish qobiliyatini ko‘rsatadi. U investorlar tomonidan korxonaning naqd pul oqimini baholashda keng qo‘llaniladi. 4. Net Working Capital (NWK). NWK – bu korxonaning joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlari o‘rtasidagi farq. Bu ko‘rsatkich yordamida moliyaviy barqarorlikning qisqa muddatli darajasi aniqlanadi. 5. DSCR (Debt Service Coverage Ratio). Bu ko‘rsatkich korxonaning qarz xizmatini bajarish qobiliyatini o‘lchaydi. Ya’ni, korxona qanchalik darajada o‘z qarzlarini qoplash imkoniyatiga ega ekanligi aniqlanadi. Zamonaviy moliyaviy boshqaruv tizimida indikatorlar tahlilini avtoma

Доказательный фрагмент

«Mazkur tezisda korxonaning moliyaviy holatini baholash mezonlari, moliyaviy turg‘unlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar tizimi hamda barqarorlikni ta’minlash strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tezisda korxonaning moliyaviy holatini baholash mezonlari, moliyaviy turg‘unlikni aniqlovchi ko‘rsatkichlar tizimi hamda barqarorlikni ta’minlash strategiyalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
moliyaviy tahlil usullari, naqd pul oqimlari, rentabellik ko‘rsatkichlari, moliyaviy risklar, moliyaviy rejalashtirish, aktiv va passiv balans, barqaror rivojlanish strategiyalari., kapital tuzilmasi, likvidlik darajasi, kontrolling, to‘lovga qobiliylik, moliyaviy barqarorlik, korxona moliyaviy holati, investitsion salohiyat, qarz yuki
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники