American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
“MUBAYYIN” ASARIDA BOBURNING DINIY-HUQUQIY QARASHLARI: TAHLIL VA TALQIN
VA TALQIN · Abdusamadova Zarina Hasan qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article provides an in-depth analysis of the multifaceted legacy of Zahiriddin Muhammad Babur, with a particular focus on his religious and legal thought as reflected in the treatise Mubayyin. The historical context, content, jurisprudential foundations, artistic expression, and possibilities of integrating the work into modern educational processes are examined through an interdisciplinary approach. The article also evaluates various editions and translations of Mubayyin, as well as its significance in international Babur studies. The study further explores how Uzbekistan’s cultural policy and the ongoing Third Renaissance provide a framework for reinterpreting Babur’s legacy in the context of science, education, and legal consciousness. Keywords: religious-legal thought, fiqh foundations, cultural heritage, legal consciousness, historical memory, philosophical views, spiritual legacy, sharia norms, interdisciplinary approach, scientific analysis, cultural revival, renaissance ideas. 105 Jahon tamaddunida chuqur iz qoldirgan yuksak siymolardan biri sifatida Zahiriddin Muhammad Bobur — shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va harbiy sarkarda sifatida xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan tarixiy shaxsdir. Ayniqsa, uning “Boburnoma”[1], poetik devonlar, tarixiy-huquqiy risolalar singari asarlari o‘zbek xalqining adabiy-estetik tafakkuri va davlatchilik an’analarining shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, Bobur ijodi jahon adabiyoti, tarixshunoslik, siyosatshunoslik va sharqshunoslik sohalarida ham chuqur ilmiy qiziqish uyg‘otib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur eng avvalo, Hindiston hududida uch asrdan ortiq hukmronlik qilgan Boburiylar saltanatini barpo etgan zabardast Temuriy hukmdor sifatida e’tirof etiladi. Uning “Boburnoma” asari nafaqat tarixiy-memuar janrida yaratilgan yuksak namuna, balki o‘z davrining siyosiy, geografik, madaniy va ma’naviy hayotini chuqur aks ettirgan nodir yodgorlik sifatida ham baholanadi. Bobur ijodining huquqiy-nazariy qatlami esa “Mubayyin”[2] asarida o‘z aksini topib, o‘rta asr islom huquqi va adolat tamoyillariga oid tarixiy manba sifatida alohida e’tiborga loyiqdir. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng mamlakatimizda ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, ularning tarixiy xizmatlarini xalqimiz ongiga singdirish, madaniy xotirani tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini ilmiy-nazariy tahlil qilish, asarlarini turli tillarda qayta nashr etish va jahon ilmiy muomalasiga olib chiqish yo‘lida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi. Shoirning tavallud kuni — 14-fevral sanasining “Adabiyot va ilm-ma’rifat bayrami” sifatida nishonlanishi bu boradagi siyosiy va ijtimoiy yondashuvning amaliy ifodasidir. Boburshunoslik bugungi kunda mustaqil ilmiy yo‘nalishga aylangan bo‘lib, respublika va xalqaro darajadagi ko‘plab ilmiy anjumanlar, konferensiyalar, simpoziumlar tashkil etilmoqda. Ularning asosiy maqsadi — Bobur merosini adabiy, tarixiy, siyosiy va ma’naviy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ilmiy-metodik yondashuvlar asosida tahlil qilishdir. Ayniqsa, Toshkent va Andijon shaharlarida Bobur haykallarining o‘rnatilishi, Andijonda Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi va “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyining faoliyati, shuningdek, “Bobur ensiklopediyasi”[3], “Bobur kulliyoti”, “Babur. Baburidy. Bibliografiya”[4] kabi fundamental nashrlarning chop etilishi va “Bobur va dunyo” jurnalining yo‘lga qo‘yilishi — bu boradagi ilmiy-amaliy ishlarning miqyosini ko‘rsatadi. Shu jihatdan qaraganda, 2023-yil 25-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi[5] Qaror tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, Boburshunoslikni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi. Qaror doirasida ishlab chiqilgan dastur asosida ilmiy nashrlar, ko‘rgazmalar, teatr tomoshalari va xalqaro hamkorlik tadbirlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz “Uchinchi Renessans” davriga yuz tutar ekan, Bobur merosini chuqur o‘rganish va uni yosh avlod tarbiyasida, ilmiy-nazariy faoliyatda samarali qo‘llash dolzarb ilmiy va ijtimoiy vazifalardan biridir. Bobur siymosiga bo‘lgan e’tibor, uning asarlarining targ‘iboti va akademik o‘rganilishi, o‘z navbatida, milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotirani mustahkamlash va madaniy uyg‘onishni chuqurlashtirishga xizmat qilmoqda. Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy-ma’rifiy merosida “Boburnoma”, 106 “Devon” kabi badiiy, tarixiy va estetik ahamiyatga ega asarlar bilan bir qatorda, uning diniy- huquqiy tafakkurini aks ettiruvchi “Mubayyin” nomli risolasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar Bobur Mirzoning shoir va hukmdor sifatidagi salohiyati bilan birga, uning huquqshunos olim, ya’ni fıqh ilmi sohasidagi yetuk bilim egasi sifatida shakllanganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni
Доказательный фрагмент
«This article provides an in-depth analysis of the multifaceted legacy of Zahiriddin Muhammad Babur, with a particular focus on his religious and legal thought as reflected in the treatise Mubayyin.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an in-depth analysis of the multifaceted legacy of Zahiriddin Muhammad Babur, with a particular focus on his religious and legal thought as reflected in the treatise Mubayyin. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- religious-legal thought, fiqh foundations, cultural heritage, legal, tarixiy xotira, fiqh asoslari, interdisiplinar yondashuv, huquqiy ong, madaniy uyg‘onish, diniy-huquqiy tafakkur, renessans g‘oyalari., shariat normalari, ilmiy tahlil, ma’naviy meros, madaniy meros, falsafiy qarashlar
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021