Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
O‘ZBEKISTON JINOYAT QONUNCHILIGINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI: TARIXIY-HUQUQIY TAHLIL
TARIXIY-HUQUQIY TAHLIL · Erkinboyev Fozilbek Zokirjon o’g’li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston jinoyat qonunchiligining tarixiy taraqqiyot yo‘li bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Avvalo, jinoyat huquqining tarixiy ildizlari va qadimiy davrlardagi huquqiy normalar ko‘rib chiqilgan. Sovet davri jinoyat qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-siyosiy tuzum bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilingan. Mustaqillik yillaridan keyingi tub islohotlar, demokratik tamoyillarga asoslangan yangi qonunchilik tizimi shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, amaldagi jinoyat kodeksining evolyutsiyasi, xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonlari huquqiy tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Jinoyat qonunchiligi, tarixiy-huquqiy tahlil, Sovet davri huquqi, mustaqillik, O‘zbekiston jinoyat kodeksi, huquqiy islohotlar. O‘zbekiston hududida jinoyat qonunchiligining shakllanishi uzoq tarixiy ildizlarga ega bo‘lib, bu jarayon ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma, davlat boshqaruvining shakli va diniy e’tiqodlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qadimiy davrlarda mavjud bo‘lgan qabilaviy urf-odatlar jinoyat va jazo tushunchasining dastlabki ko‘rinishlarini shakllantirgan. Bunda, jinoyatga javoban jamoa ichidagi murosaga asoslangan jazo choralarining qo‘llanishi keng tarqalgan edi. O‘zbekiston hududida qadimdan turli davlatlar mavjud bo‘lgan bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos huquqiy tizimga ega bo‘lgan. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm kabi tarixiy markazlarda qabul qilingan huquqiy me’yorlar jinoyatga oid masalalarni tartibga solgan. Temur tuzuklari (XIV asr) jinoyat va jazolash tizimi, shuningdek, ijtimoiy tartibni saqlashga doir qoidalarni o‘z ichiga olgan edi1. Qadimgi So‘g‘d, Baqtriya va Xorazm davlatlarida qonunchilik yozma manbalar asosida emas, balki og‘zaki urf-odatlarga tayangan. Jinoyat tushunchasi ko‘proq mulkiy nizolar, shaxsga yetkazilgan zarar yoki ijtimoiy me’yorlarni buzish kabi holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu davrlarda qonun bilan belgilangan rasmiy jinoyat kodekslari mavjud bo‘lmagan bo‘lsa-da, jamoaviy axloq va an’anaviy qadriyatlar muhim rol o‘ynagan. Islom dini O‘rta Osiyoga kirib kelganidan so‘ng, shariat normalari asosida jinoyat va jazo institutlari shakllana boshladi. Shariat huquqida jinoyatlar hududiy, shaxsiy, va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar sifatida tasniflanib, ular uchun belgilangan jazolar hadd, qisos va ta’zir kabi shakllarda ifodalanga2. Masalan, o‘g‘rilik, tuhmat, zino kabi jinoyatlar uchun qat’iy jazo choralari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu jazolar ijtimoiy tartibni saqlash va ogohlantirish vositasi sifatida qaralgan. Shuningdek, Xorazmshohlar, Temuriylar va Buxoro amirligi davrida jinoyat huquqi amaldagi siyosiy va diniy hokimiyat ehtiyojlariga moslashtirilgan. Ayniqsa, Temuriylar davrida jinoyat uchun jazo faqat huquqiy javobgarlik emas, balki davlatga sodiqlikni ta’minlash vositasi sifatida qo‘llanilgan. Bu davr qonunchiligida markazlashgan hokimiyat manfaatlarini himoya qilish ustuvor bo‘lgan. 1 Temur, Amir. Temur tuzuklari. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 1991. 2 Abdullayev, A.A. Islom huquqi asoslari. Toshkent: O‘zbekiston Islom Akademiyasi, 2004. 143 XIX asrning ikkinchi yarmida, Rossiya imperiyasi O‘zbekiston hududini bosib olgach, rus imperiyasining huquqiy tartibi ham bosqichma-bosqich joriy etila boshladi. Bu jarayonda mahalliy urf-odatlar va islomiy huquq tizimi bilan rus qonunchiligi o‘rtasida muayyan huquqiy dualizm shakllandi. Ayrim hududlarda mahalliy qozilar shariat asosida hukm chiqarishda davom etgan bo‘lsa, boshqa hollarda esa imperiya qonunlari ustuvor bo‘lib qolgan. O‘zbekiston hududida sovet jinoyat qonunchiligi 1924-yildan boshlab joriy etila boshlandi. Bu yil O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi sifatida tashkil topib, SSSR tarkibiga kiritildi. Jinoyat qonunchiligi SSSR umumittifoq qonunlariga asoslangan bo‘lib, unda marksizm-leninizm mafkurasi asosiy huquqiy mezon sifatida belgilangan edi. Shuning uchun jinoyat tushunchasi ham, unga qo‘llaniladigan jazo choralarining shakllanishi ham mafkuraviy g‘oyalarga xizmat qilgan. 1926-yilda O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksi qabul qilindi. Bu kodeks Moskvada ishlab chiqilgan umumiy model asosida mahalliy sharoitga moslashtirilgan edi. Ushbu hujjatda jinoyat ijtimoiy xavfli harakat sifatida belgilandi. Huquqiy yondashuv sinfiy kurash va proletariat diktaturasi manfaatlariga bo‘ysundirildi. Bu degani, jinoyat deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakat avvalo siyosiy mezonlar asosida ko‘rib chiqilgan. 1930–1950-yillar oralig‘ida jinoyat qonunchiligi keskin repressiv tus oldi. Stalin boshchiligidagi siyosiy rejim davrida “xalq dushmani”, “aksilinqilobiy harakat” va “sabotaj” kabi keng va mavhum tushunchalar jinoyat sifatida talqin qilinib, ommaviy qamoqqa olishlar, surgunlar va qatl etishlar sodir bo‘ldi. Jinoyat kodeksidagi 58-modda (RSFSR misolida) bu borada eng mashhur vositalardan biri bo‘lib, O‘zbekiston SSRda ham uning analoglari faol qo‘llanilgan3. 1960-yilda O‘zbekiston SSRning yangi Jinoyat kodeksi qabul qilinib, unda huquqiy normativlar nisbatan tizimli shaklga
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada O‘zbekiston jinoyat qonunchiligining tarixiy taraqqiyot yo‘li bosqichma-bosqich yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada O‘zbekiston jinoyat qonunchiligining tarixiy taraqqiyot yo‘li bosqichma-bosqich yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sovet davri huquqi, O‘zbekiston jinoyat kodeksi, Jinoyat qonunchiligi, tarixiy-huquqiy tahlil, mustaqillik, huquqiy islohotlar.
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021