American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
MAXSUS MATNLARNI IDROK QILISHNING PSIXOLINGVISTIK ASOSLARI: KOGNITIV VA KASBIY MULOQOT NUQTAI NAZARIDAN
Raximova Dilnoza Tohirjon qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada maxsus matnlarni idrok etishda kognitiv va lingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kasbiy muloqotdagi o‘rni tahlil etiladi. Psixolingvistika va kognitiv fan nuqtai nazaridan maxsus matnlarni tushunish jarayoni ochib beriladi. Shu bilan birga, bunday matnlarning kasbiy muomala vositasi sifatidagi ahamiyati va ularning samarali muloqotni ta’minlashdagi roli yoritilgan. Kalit so‘zlar: maxsus matn, psixolingvistika, kognitiv qobiliyat, kasbiy muloqot, idrok, lingvistik mexanizm. Kirish. Har qanday matn inson ongida ma’lum tasavvurlar, bilimlar va hissiy munosabatlarni shakllantiradi. Lekin “maxsus matn” tushunchasi kengroq qo‘llanilib, muayyan sohalardagi mutaxassislar faoliyatini ta’minlovchi, yuqori darajada tuzilgan va funksional jihatdan samarali axborot manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Maxsus matnlarni idrok qilish jarayoni esa oddiy matnlarga nisbatan murakkab bo‘lib, kognitiv, lingvistik va psixolingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri asosida amalga oshadi. Bu maqolada, asosiy e’tibor maxsus matnlarni tushunishdagi psixolingvistik jarayonlarga, kognitiv qobiliyatlarning roliga, hamda bunday matnlarning kasbiy muloqotdagi vazifalariga qaratilgan. Maxsus matnlar haqida umumiy tasavvur. Maxsus matnlar – bu muayyan sohalar (tibbiyot, huquq, muhandislik, iqtisod va boshqalar)dagi kasbiy faoliyatni ta’minlashga xizmat qiluvchi matnlardir. Ular ma’lum bir strukturaga, terminologik tarkibga va standartlashgan ifoda shakllariga ega. Maxsus matnlarning boshqa matnlardan asosiy farqi shundaki, ular faqatgina ma’lum sohadagi mutaxassislar uchun tushunarli bo‘ladi. Masalan, tibbiy matndagi “gemoglobin darajasi” tushunchasi faqat tibbiyot sohasidagi kishilar uchun ahamiyatli va anglashilishi oson bo‘ladi [1, 33-b.]. Psixolingvistik yondashuvda maxsus matnlar. Psixolingvistika nutqning yaratilishi, qabul qilinishi va tushunilishi bilan bog‘liq kognitiv jarayonlarni o‘rganadi. Maxsus matnlarni tushunish ham aynan shu jarayonlarga bog‘liq. Bunday matnlar insonning diqqat, xotira, tafakkur, til bilimi va sohaviy tajribasini talab qiladi. Ta’lim jarayonida talabalar yoki yangi mutaxassislar uchun maxsus matnlarni o‘rganishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu holatda, leksik tarkib, grammatik modellar va kognitiv mexanizmlarni uyg‘un ravishda o‘zlashtirish lozim bo‘ladi. Masalan, yuridik hujjatlarni o‘qishda qonuniy atamalarning mazmuni, murosasiz uslub va murakkab sintaktik tuzilishlar idrok jarayonini sekinlashtiradi [2, 74-b.]. Kognitiv qobiliyatlar va ularning ahamiyati. Insonning kognitiv qobiliyatlari — e’tibor, eslab qolish, bilimni qayta ishlash, mantiqiy fikr yuritish va tahlil qilish qobiliyati maxsus matnlarni tushunish jarayonida juda muhim. Kognitiv fanlar maxsus matnlarni idrok qilishni faol psixik jarayon sifatida ko‘radi. Bu jarayonda inson oldingi tajribasi va bilimlaridan foydalanib, yangi axborotni qabul qiladi. Shu bois, kasbiy sohalarda maxsus matnlarni tez va aniq tushunish qobiliyati mutaxassisning samarali faoliyati uchun zarur hisoblanadi. Bu qobiliyatlarni shakllantirish 155 uchun ta’lim jarayonida kontekstual o‘qitish, interaktiv usullar va modellashtirish metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi [3, 58-b.]. Maxsus matnlar va kasbiy muloqot. Maxsus matnlar mutaxassislar o‘rtasidagi kasbiy muloqotning asosiy vositasidir. Ularning orqali mutaxassislar aniq, maqsadga yo‘naltirilgan, qisqa va texnik jihatdan zarur axborot almashinuvini amalga oshiradilar. Bunday muloqot samarali bo‘lishi uchun matnning tuzilishi, undagi axborotning aniqligi va til birliklarining to‘g‘ri tanlanganligi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, kasbiy muloqotda noto‘g‘ri yoki noaniq tushunilgan maxsus matnlar turli xatoliklarga olib kelishi mumkin. Masalan, tibbiy xulosadagi bir necha so‘zning noto‘g‘ri anglashilishi tashxis qo‘yishda xatoga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus matnlarni tuzish va ularni qabul qilish jarayoni juda mas’uliyatli faoliyat hisoblanadi [4, 66-b.]. Xulosa. Yuqarida keltirilgan tahlillardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, maxsus matnlarni idrok qilish jarayoni murakkab, ko‘p bosqichli va ko‘p faktorlu faoliyat hisoblanadi. U kognitiv qobiliyatlar, til bilimlari va kasbiy tajribalarga asoslanadi. Psixolingvistika bu jarayonni chuqur o‘rganish, tushunish va undagi mexanizmlarni aniqlash imkonini beradi. Maxsus matnlarni to‘g‘ri tushunish va ular bilan samarali ishlash kompetensiyasini shakllantirish ta’lim va amaliyot jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday ko‘nikmalarni rivojlantirish mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim omillardan biri hisoblanadi.
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada maxsus matnlarni idrok etishda kognitiv va lingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kasbiy muloqotdagi o‘rni tahlil etiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada maxsus matnlarni idrok etishda kognitiv va lingvistik mexanizmlarning o‘zaro ta’siri hamda ularning kasbiy muloqotdagi o‘rni tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy muloqot, psixolingvistika, kognitiv qobiliyat, maxsus matn, idrok, lingvistik mexanizm.
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021