К содержанию
РецензированоUZ2026

“DIGITAL NEIGHBOURHOOD” MOBIL ILOVASI ASOSIDA O‘ZBEKISTON MAHALLA BOSHQARUV TIZIMINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI: TASHKILIY, IQTISODIY VA AXBOROT TEXNOLOGIK YECHIMLAR

Muzaffarova Dilbar Mamalatif qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 3 · 427-431 · 2026

Аннотация

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mahalla boshqaruv tizimini raqamli transformatsiya qilish orqali ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil etilgan. Tadqiqotda mahalla tizimini raqamlashtirishga doir konseptual yondashuvlar asosida amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xususan, markazlashtirilgan axborot tizimi asosida ijtimoiy xizmatlarni integratsiyalashgan shaklda ko‘rsatish, aholining murojaatlarini real vaqt rejimida raqamli formatda monitoring qilish hamda boshqaruv jarayonlarini tahliliy ma’lumotlarga tayangan holda optimallashtirish imkoniyatlari batafsil tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: Mahalla boshqaruvi, raqamli transformatsiya, ijtimoiy xizmatlar, axborot tizimi, real vaqt monitoringi, boshqaruv optimallashtirish, mobil ilova, konseptual yondashuv, fuqarolik murojaatlari, tahliliy qaror qabul qilish. O‘zbekiston Respublikasi mahalla boshqaruv tizimining raqamlashtirilishi zamonaviy davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatining uzviy integratsiyasi nuqtai nazaridan muhim bosqich hisoblanadi. Aholi bilan bevosita muloqotda bo‘ladigan eng quyi ijtimoiy institut sifatida mahalla tizimi bandlik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning davlat bilan o‘zaro aloqalarida beqiyos rol o‘ynaydi. Shu bois, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) mazkur tizimga joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar sifati va tezkorligini oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan. Mahallalarni raqamli boshqaruvga o‘tkazish orqali byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi, shaffoflik ta’minlanadi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar esa ancha samarali va manzilli tus oladi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan “Digital Neighbourhood” mobil ilovasi ushbu maqsad sari tashlangan muhim qadamlardan biridir. Ushbu mobil ilova orqali fuqarolar bilan interaktiv muloqotni kuchaytirish, ularning murojaatlarini onlayn tarzda qabul qilish, mahalla yettiligi faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoring qilish imkoniyati yaratilmoqda. Xususan, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan mahallalarda “yettilik” modeli, yagona savolnoma tizimi, KPI asosida baholash va jamoatchilik hisobotlari kabi boshqaruv mexanizmlari joriy etilgan bo‘lib, ularni texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash ayni zaruratga aylandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir mahalla o‘rtacha 3500–4000 nafar aholi ehtiyojlarini qamrab oladi, bu esa an’anaviy qog‘ozbozlikka asoslangan boshqaruvni zamonaviy raqamli yechimlarga almashtirishni taqozo etadi. “Digital Neighbourhood” ilovasi orqali mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘z faoliyatini real vaqt rejimida yuritishi, aholining muammolarini tezkor aniqlashi, profilaktika, bandlik, ijtimoiy yordam kabi funksiyalarni yagona tizim orqali boshqarishi mumkin. Ilova texnik-iqtisodiy asoslari va tashkiliy-huquqiy mexanizmlari loyihada batafsil ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan. Tadqiqot natijalari nafaqat nazariy xulosalar bilan cheklanmay, balki amaliy mahsulot sifatida raqamli boshqaruv tizimiga joriy etish bo‘yicha 169 konseptual takliflarni o‘z ichiga oladi. Xususan, ilg‘or xorijiy tajribalar — Hindistondagi “Gram Panchayat”, Angliyadagi “Harringay Online” kabi mahalliy boshqaruv modellaridan samarali elementlar o‘rganilib, mahallalarning ichki infratuzilmasi, inson resurslari va raqamli savodxonlik darajasiga moslashtirilgan yechimlar ishlab chiqildi. Shuningdek, Mahalla tizimini raqamlashtirish orqali fuqarolarni davlat boshqaruvi jarayonlariga jalb qilish, aholining iqtisodiy faolligini rag‘batlantirish, resurslarni maqsadli taqsimlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish orqali “aqlli jamiyat” asoslari yaratiladi. Shu bois, tadqiqot O‘zbekiston ijtimoiy- iqtisodiy islohotlarining texnologik asoslarini mustahkamlash va mahalla tizimini milliy raqamli transformatsiya konsepsiyasi doirasida yangi bosqichga olib chiqishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Xulosa Mahalla boshqaruv tizimini raqamlashtirish zamonaviy ijtimoiy boshqaruvning ajralmas qismi bo‘lib, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va jamiyatda ishonch muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, mavjud mahalla tizimi an’anaviy boshqaruv shakllaridan foydalanayotgani sababli bir qator tizimli muammolarga – byurokratik to‘siqlar, ma’lumotlar tarqoqligi, xizmatlarning sustligi va fuqarolar ehtiyojlarining o‘z vaqtida aniqlanmasligiga sabab bo‘lmoqda. “Digital Neighbourhood” kabi innovatsion yechimlar mahalla faoliyatini raqamli axborot texnologiyalari orqali avtomatlashtirishga xizmat qilib, fuqarolar bilan bevosita va shaffof muloqotni ta’minlaydi. Raqamli transformatsiya qilish orqali mahalla yettiligi faoliyati, murojaatlar monitoringi, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi platformalar yagona tizimga integratsiya qilinadi. Bu esa davlat boshqaruvi samaradorligini oshiri

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mahalla boshqaruv tizimini raqamli transformatsiya qilish orqali ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mahalla boshqaruv tizimini raqamli transformatsiya qilish orqali ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalasi kompleks yondashuv asosida tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy xizmatlar, Mahalla boshqaruvi, raqamli transformatsiya, axborot tizimi, konseptual yondashuv, fuqarolik murojaatlari, tahliliy qaror qabul qilish., boshqaruv optimallashtirish, mobil ilova, real vaqt monitoringi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4