Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СОВРЕМЕННЫЙ ПЕДАГОГ, ОСНОВАННЫЙ НА НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЯХ ОТРАЖЕНИЕ ЭТИКО-ЭСТЕТИЧЕСКИХ ПРАВИЛ В ДЕЛЕ
Egamova Gulira’no Baxromovna (Andijon Davlat Pedagogika instituti)
Универсал международный научный журнал · 2025
Аннотация
Ushbu maqola orqali zamonaviy pedagog imijida milliy an’analarimiz va qadryatlarimizga tayangan holda ish olib borishi, go‘zallik va nafosat haqida fikr yuritamiz. O‘qituvchining imijiga avvalo uning muomalasi, nutq madaniyati, tashqi ko‘rinishi va kiyinish madaniyati kiradi. Har bir o‘qituvchi va pedagog degan nomga ega bo‘lgan shaxs shunday inson bo‘lishi kerakki, o‘zi ta’lim-tarbiya berayotgan yosh avlodni har tomonlama tushuna bilishi lozim hisoblanadi. Kalit so‘zlar: Tashqi qiyofa, o‘zini namoyon qila olish, kiyinish madaniyati, imij, muammolar. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan pedagog-xodimlarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, turli xil zo‘ravonlik va kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun 2024-yil 1-fevralda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari mehnatga yarasha haq to‘lash, rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi. Xalqimizning eng buyuk milliy qadryatlarimizdan biri bu faqatgina o‘zining farzandlarinigina emas, butun o‘zbek xalqi farzandlarini hamda farzand atalmish buyuk ne’mat bo‘lgan yer yuzidagi barcha farzandlarga mehr berish, asrab-avaylash, ularni ehtiyotlab tarbiyalash an’anaga aylanib avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlarimiz hisoblanadi. O‘qituvchi pedagog degan nomga ega bo‘lgan kishi bundan faxrlanishi, unga buyuk bir davlat kelajagi bo‘lmish o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalshda masuliyat bilan yondashishi zarur. O‘qituvchining yana bir eng katta yutug‘i uning muomalasidir. U ta’lim-tarbiya berayotgan har bir bolaga (o‘quvchiga) chiroyli so‘zlay bilishi, ehtiyotkorlik bilan muomala qilishi, bolalarni sevishi, ular oldida o‘zini namunali tuta bilishi kerak. Kishilarning o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘pgina muammolar o‘ylamasdan ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo‘pol so‘zdan kelib chiqadi. Chiroyli so‘z esa yaxshi muomala mehr-oqibat kalitidir. Pedagog degan nomga ega bo‘lgan har bir inson har tomonlama namunali va mukammal shaxs bo‘la olishi lozim. Oilada, mahallada, butun jamiyat oldida o‘zining xulq-atvori, yurish- turishi, muomalasi va xattoki tashqi qiyofasi ham muhimdir. Tashqi qiyofa orqali bolalarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ish jarayonini samaradorligini oshiradi. O‘qituvchining kiyinish madaniyati zamon bilan hamnafaslida o‘ziga xos bo‘lishi, ya’ni sodda, ozoda va dazmollangan, bejirim kiyinishi, o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (turli xil taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi. Bu pedagogning namunaviy etika qoidalari hisoblanadi. Shular bilan bir qatorda o‘qituvchining pedagogik texnikasi tizimida mimik va pantomimik ifodalari ham muhim o‘rin tutadi. Pedagogning mimik va pantomimik ifodasi, o‘qituvchining imo-ishorasida, ma’noli qarashlarida, rag‘batlantiruvchi yoki kinoyali tabassumida namoyon bo‘ladi va ular o‘qituvchining pedagogik ta’sir ko‘rsatishida, o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini ta’sirchan, qiziqarli, samarali va mazmunli o‘tish uchun puxta zamin tayyorlab beradi. adpi.uz universaljurnal.uz 34 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil Estеtika (nafоsat) sеzgisi – pеdagоgik mahоratning muhim bo‘lagidir. Estetika juda keng tushuncha bo‘lib bu bo‘lajak pedagogning zamon bilan hamnafaslikda milliy qadryatlarga tayangan holda mehnat faoliyatini olib borishda juda muhimdir. Har bir pedagog ta’lim-tarbiya berish jarayonida o‘zining tashqi ko‘rinishiga, estetik madaniyatiga va o‘z imidjiga ega bo‘lishi kerak. Imij – bu aniq bir insonga bo‘lgan munosabatda insonlar tafakkurida yuzaga keladigan tashkilot yoki boshqa ijtimoiy ob’yekt qiyofasi hisoblanadi. Pedagogik imij - pedagogning ma’naviy-axloqiy qiyofasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik va mutanosiblikdir. Zamonaviy pedagog imiji deganda kelajak yosh avlodga ta’lim bilan birgalikda tarbiyani ham milliy qadryatlarga tayangan holda teng olib borish, odob-axloq madaniyatini, muomala va muloqot qobilyatini o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantira olishi, turmushdagi go‘zallikni ko‘ra bilish qobilyatini shakllantira olishlari lozim. Faqat darslikdagi matеrialni bayon etuvchi, quruq, his-hayajonsiz, aхbоrоt bеrishdan ibоrat bo‘lgan darslarning samarasi kam bo‘lishini isbоt etishning хоjati bo‘lmasa kеrak. Shuning uchun o‘qituvchining o‘z his-hayajоnini ifоda eta bilishi, uni o‘quvchilar tоmоnidan sеzilishi ularning darsga bo‘lgan qiziqishlarini оrttiradi. XULOSA. Pedagog o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Doimiy ravishda o‘z-o‘zini shaxsiy va kasbiy rivojlantirib borish, o‘sib kelayotgan yosh avlodga o‘z mehrini, h
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola orqali zamonaviy pedagog imijida milliy an’analarimiz va qadryatlarimizga tayangan holda ish olib borishi, go‘zallik va nafosat haqida fikr yuritamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola orqali zamonaviy pedagog imijida milliy an’analarimiz va qadryatlarimizga tayangan holda ish olib borishi, go‘zallik va nafosat haqida fikr yuritamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- image, o‘zini namoyon qila olish, Appearance, dress code, self-expression, imij, problems., Tashqi qiyofa, muammolar., kiyinish madaniyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025