К содержанию
РецензированоRU2025

Стилистический рисунок и художественное выражение в английской и узбекской литературе ХАРАКТЕРИСТИКИ ИСКУССТВ

SAN’ATLARNING O‘ZIGA XOSLIGI · Abdunabiyeva Baxoroy Ikromjon qizi (Andijon davlat chet tillari instituti)

Универсал международный научный журнал · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotida uchraydigan stilistik figuralar va badiiy san’atlar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Har ikki adabiyotda tasviriy vositalarning o‘ziga xosliklari, ularning funksional roli, xalq ruhiyati va madaniyatiga qanday moslashgani yoritilgan. Maqola tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari kesishmasida yozilgan bo‘lib, nazariy hamda amaliy jihatdan qimmatli xulosalarni beradi. Kalit so‘zlar: Stilistik figura, badiiy san’at, metafora, epitet, giperbola, litota, she’riyat, tasviriy vosita, ingliz adabiyoti, o‘zbek adabiyoti. Adabiy tilning badiiy imkoniyatlari har bir millatning estetik didi, dunyoqarashi va tafakkur madaniyatini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan stilistik figuralar va badiiy san’atlar tilshunoslik va adabiyotshunoslik fanlari kesishmasida keng o‘rganilayotgan dolzarb masalalardan biridir. Stilistik figura va badiiy san’atlar matnga emotsional boylik, estetik go‘zallik va ta’sirchanlik baxsh etadi. Ayniqsa, she’riyat va badiiy nasrda ushbu vositalar orqali mualliflar o‘z fikrini obrazli, ta’sirchan shaklda ifoda etadi. Har bir xalq adabiyotida tasviriy vositalarning ishlatilishida milliy tafakkur, urf-odatlar, tarixiy meros va madaniy-estetik qarashlar o‘z aksini topadi. O‘zbek adabiyotida xalqona ifodalar, ramziy obrazlar, oriyalashgan tuyg‘ularni ifodalovchi badiiy vositalar ko‘p uchraydi. Ingliz adabiyotida esa falsafiy chuqurlik, dramatik intensifikatsiya va ironik ifodalar ko‘proq uchraydi. Bu esa har ikki adabiy maktabning o‘ziga xos stilistik jihatlarini ko‘rsatadi. Stilistik vositalarni o‘rganish nafaqat adabiy tahlilni chuqurlashtiradi, balki tarjima jarayonida muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Zero, badiiy matnni to‘laqonli tushunish va uni boshqa tilga o‘tkazishda mazkur vositalarning roli beqiyosdir. Bugungi kunda ingliz va o‘zbek adabiyotida stilistik vositalarning qo‘llanilishiga zamonaviy yondashuvlar, poetik matnlar semantikasi va madaniyatlararo tafovutlar nuqtai nazaridan qaralmoqda. Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotlarida uchraydigan asosiy stilistik figuralar va badiiy san’atlar qiyosiy tahlil qilinadi, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, funksional yuklamalari va estetik ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, har ikki adabiyotda til va madaniyat uyg‘unligining qanday namoyon bo‘lishi amaliy misollar asosida tahlil qilinadi. Stilistik figuralar tushunchasi va ularning adabiyotdagi ro‘li. Stilistik figuralar — bu til birliklarining odatiy bo‘lmagan shaklda ishlatilishi orqali tasviriylik, emotsional ta’sir kuchi yaratadigan vositalardir. Ularga metafora, metonimiya, epitet, oksimoron, ironiya, gipérbola, litota, parallelizm, gradatsiya kabi vositalar kiradi. O‘zbek adabiyotidagi stilistik figuralar. O‘zbek she’riyati va nasrida epitet va metaforalar keng qo‘llaniladi. Alisher Navoiy ijodida "ko‘ngil daryosi", "visol yulduzi" kabi metaforik ifodalar badiiy tasvirning chuqur ma’nodagi yuksak namunalaridandir. G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, O‘tkir Hoshimov kabi adiblar tilida esa xalqona so‘zlar, ironiya va litota kabi vositalar ko‘p uchraydi. Ingliz adabiyotidagi stilistik figuralar. Ingliz adabiyotida Shakespeare, William Blake, Charles Dickens kabi yozuvchilarning asarlarida badiiy san’atlar keng qo‘llanilgan. Shakespeare dramalarida metafora va gipérbolaning kuchli ishlatilganligi, masalan: "All the world's a stage" — umumlashtiruvchi metafora orqali hayotning teatrga qiyoslanishi ko‘rsatiladi.Qiyosiy tahlil. Har ikki adabiyotda stilistik figuralar tuyg‘ularni chuqur ifodalashda asosiy vositadir. Ingliz adabiyotida ko‘proq falsafiy-metaforik yondashuv sezilsa, o‘zbek adabiyotida obrazlilik xalqona adpi.uz universaljurnal.uz 51 MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI, MUAMMO YECHIM VA ISTIQBOL” Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Andijon. 9-10 aprel 2025-yil ifoda vositalari orqali amalga oshiriladi. Masalan, o‘zbek adabiyotidagi "ko‘ngil ko‘zgusi" iborasi bilan ingliz adabiyotidagi "mirror of the soul" iborasi ma’no va obraz jihatdan o‘xshashlikka ega. Zamonaviy yondashuvlar. Zamonaviy ingliz va o‘zbek yozuvchilarining asarlarida stilistik figuralar nafaqat badiiy ifoda, balki ijtimoiy va falsafiy fikrni etkazishda muhim vosita sifatida ishlatilmoqda. Postmodern adabiyotda ironiyaga bo‘lgan qiziqishning ortishi ham buni isbotlaydi. Metodlar. Ushbu maqolani yozishda adabiyotshunoslik va stilistika fanlariga oid nazariy- analitik yondashuvlar qo‘llanildi. Asosiy metodologik yondashuvlar quyidagilardan iborat: 1. Qiyosiy tahlil usuli – ingliz va o‘zbek adabiyotlarida uchraydigan stilistik figuralar va badiiy san’atlar o‘rtasida o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashda qo‘llanildi. Shakespeare, William Blake, Dickens, Alisher Navoiy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy va boshqa yozuvchilarning matnlari asos qilib olindi. 2. Deskriptiv-lingvistik tahlil – har ikki til (ingliz va o‘zbek) doirasidagi stilistik birliklarning shakl va ma’no xususiyatlari aniqlanib, ularning sintaktik, semantik va pragmatik jihatlari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotida uchraydigan stilistik figuralar va badiiy san’atlar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek adabiyotida uchraydigan stilistik figuralar va badiiy san’atlar qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasviriy vosita, ingliz adabiyoti, she’riyat, метафора, эпитет, epithet, poetry, английская литература, визуальная среда, epitet, litotes, o‘zbek adabiyoti, литота, badiiy san’at, гипербола, English literature, Stilistik figura, hyperbole, giperbola, artistic art, Стилистическая фигура, metafora, Uzbek literature, поэзия, figurative language, litota, Stylistic figure, узбекская литература, metaphor, художественное искусство
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники