К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLARNI SAMARALI TASHKIL QILISH

МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · Nisanbayeva Akmaral · Junisova Aydana

Международная конференция академических наук · 2026

Аннотация

Эта статья является независимой на уроках родного языка в начальных классах посвященный организации работы. В частности, при обучении самостоятельной работе над собой даются задания от простого к сложному, научно и практически исходя из цели. Annotation: This article is devoted to the organization of independent work in native language lessons in primary grades. In particular, the purpose of teaching independent work on oneself is scientifically and practically justified by the fact that tasks are given from simple to complex. Didaktikaning eng muщim tamoyillaridan biri ta'lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishdir. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilar tevarak-atrofdagi predmet-hodisalar, ular orasidagi munosabat haqida ma'lum darajada tasavvurga ega bo‘ladilar va o‘z his- tuyg‘ularini so‘z orqali ifodalay oladilar. Ularda og‘zaki, yozma va mustaqil fikrlash malakasi shakllanib, boshlang‘ich darajadagi mavhum fikriy tahlil va tarkib shakllari o‘sib boradi. Mustaqil ishni tashkil etishda o‘quvchilarning bajara olish imkoniyatlariga qarab, o‘z ustida mustaqil ishlashga o‘rgatishda soddadan murakkabga qarab vazifalar berilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Mustaqil ishlarni asosan 3-4 sinflarda o‘tkazish mumkin. Mustaqil ishni tashkil etishda o‘qituvchi bir matn tanlab “Saylanma diktant” o‘tkazib oladi va savollar beradi. Shu matnda “sifat” va “fe’l” so‘z turkumiga oid so‘zlarni toping va tahlil qiling? “Sifat” va “fe'l” so‘z turkumining bir biridan farqi? “Sifat” so‘z turkumi qaysi so‘roqlarga javob bo‘ladi? 24 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК “Fe'l” so‘z turkumi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? “Fe'l” gapda qanday vazifada keladi? Kabi savollar berib o‘quvchilarni mustaqil fikrlash salohiyatini oshirishga zamin yaratish kerak. Mustaqil ishlarni tashkil qilishda “kichik guruhlarda ishlash” metodidan foydalangan holda “omadli eshiklar” o‘yinini o‘tish mumkin. Bu o‘yinda o‘quvchilarning barchasi qatnashadi va o‘yin sharti quyidagicha bo‘ladi. Doskaga 3 ta eshik chiziladi. Sinf o‘quvchilari guruhga bo‘linadi. 1-eshikda 2 ta savol, 2-eshikda 2 ta savol, 3-eshikda 2 tasavol bo‘ladi. Har bir eshik uchun savollar so‘z turkumlariga oid bo‘ladi. 1-eshik uchun savol: 1. Harakat bildirgan so‘zlarni toping? Artyapti, rahmat, yolg‘iz, qochdi, yedi, Hasan, bog‘bon, bordi. 2. Insonga xos bo‘lgan harakatni toping? Kiyindi, uxladi, kishnadi, cho‘qidi, sayradi, suzdi. Savollarga to‘g‘ri javob bergan guruh 2-eshikka yuzlanadi. 2-eshik uchun savollar. 1. Narsaning belgi, xususiyatini bildirgan so‘zlarni toping? Qizil, to‘rtburchak, soqol, tanga, ko‘ylak, tugma. 2. Yozda kiyinadi, Qishda yechinadi. Topishmoqning javobini toping? Suv, daraxt, shamol, piyoz, gilam. 3-eshik uchun savollar. 1. Bo‘lishli fe'llarni toping? Xushhabar, tinglamoq, suzdi, yozdi, bormadi, uxladi. 2. Bo‘lishsiz fe'llarni toping? Yozmadi, bajarmadi, foydalandi, yig‘ladi. O‘yin oxirida g‘olib guruh rag‘batlantiriladi. Bu o‘yindan asosan “sifat” va “fe'l” so‘z turkumini o‘tganda foydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mustaqil ishlarni tashkil qilishda bunday o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni o‘z fikrlarini erkin, mustaqil bayon etishga o‘rgatadi, nutqini o‘stiradi, lug‘at boyligini oshiradi, fikrlash doirasi kengayadi, bir-birini fikrini tinglashga o‘rgatadi va o‘tilgan mavzular mustahkamlanadi. 25 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Аноркулова Г.М., Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. Методологические основы системного подхода при подготовке учителей профессионального обучения. Молодой учёный, 93:13, С. 588-590. (2015). 2. Дилова Н.Ғ. Ўқувчи шахсини ривожлантиришда ҳамкорлик педагогикасининг ўрни. Замонавий таълим. 1-сон. (2017). 3. Indiaminov N. va b. Ta’lim samaradorligini oshirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Ta’lim texnologiyalari. 2014(8). 4. Nisanbayeva, A. (2023). THE IMPORTANCE OF USING INNOVATIVE METHODS AND APPROACHES IN TEACHING NATIVE LANGUAGE. Science and innovation, 2(B2), 177-178. 5. Нисанбаева, А., & Чиналиева, А. (2022). ШАХС ФАОЛИЯТИДА МОТИВАЦИЯНИНГ АҲАМИЯТИ. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 781-786. 26

Доказательный фрагмент

«Эта статья является независимой на уроках родного языка в начальных классах посвященный организации работы.»

Образец извлечения

Демо-превью

Эта статья является независимой на уроках родного языка в начальных классах посвященный организации работы. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mustaqil ishlarni, zlarni toping, independent work, native language, boshlang ich, mustaqil fikrlash, mustaqil ishni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники