К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ, O‘ZBEK VA NEMIS TILLARI ILK DAVRLARI FONOLOGIYASINING FARQLARI VA UMUMIY XUSUSIYATLARINING DIAXRONIK TAHLILI

DIAXRONIK TAHLILI · Saloxitdinova Noila Muxtarovna · Abduvohobova Muxtasarxon Umidjon qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article provides a comparative analysis of the general and specific aspects of the early stages of the history of the emergence of theoretical phonology in the Uzbek, English and German languages within the framework of the above languages. Typological and comparative methods were used in 108 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference conducting this study. It was studied that Old English and Old High German, despite the great difference in the period of development, are similar in phonological level, and Old Turkic is distinguished by the instability of word stress. The results of research aimed at comparing the diachronic phonology of languages will make it easier for linguists and students to understand the difficulties in studying or translating languages with different phonological rules. Keywords: Phonology, vowels, consonants, word stress, Old English, Old High German, Old Turkic. Jahon tilshunosligida hozirgi zamonga kelib, ayniqsa, og‘zaki nutqni o‘rganish masalasi muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Bu holat xorijiy tillardagi fonologik birliklarni chuqurroq tushunish, va ularning o‘zbek tili bilan farqli va o‘xshashlik jihatlarini o‘rganishga bo‘lgan talab kuchayishiga sabab bo‘ldi. Tilning fonologik birliklarini, kelib chiqishini o‘rganish chet tillarini o‘qitishda kelib chiqadigan nutq muammolarini hal qilishda muhim ro‘l kasb etadi. Ammo, aynan ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasini qiyosiy-diaxronologik tahlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari kamchilikni tashkil qiladi. Bu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologik kelib chiqishining dastlabki bosqichidagi tafovut va o‘xshashlik tomonlarini yoritib berishni bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Bu izlanishlarni tahlil qilish orqali esa chet til o‘qituvchilari yanada samarali o‘qitish metodlari va yuqori sinf o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradigan usullarni ishlab chiqishlari mumkin. Ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasining tarixini o‘rganishdagi murakkablik bir qancha omillar, jumladan, til xilma-xilligi, tarixiy ta’sirlar va mavjud manbalar bilan bog‘liqdir. Ular turli xil til oilalariga mansubligi sababidan ulardagi fonologik tizimlar tubdan farq qiladi. Bu esa o’quvchilardan alohida fonetik va fonologik tamoyillarni tushunishni talab qiladi. Fonologiya bo’yicha avval olib borilgan tadqiqotlar asosan tilning fonologik tarixini individual tarzda o’rganishlikka qaratilgan, ammo ingliz, o’zbek va nemis tillari fonologiyasi tarixini qiyosiy-tipologik tahlil qilish biroz e’tibordan chetda qoldirilgani uchun ushbu maqola aynan shu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan izlanishlarni yoritib beradi. Yuqorida keltirib o’tilgan bo’shliqlarni to’ldirish orqali tilshunoslar va o’qituvchilar uchun ushbu tillar talaffuzidagi farq va bu tafovutlar orqali kelib chiqadigan qiyinchiliklarni tushunish va ularni samarali hal etish yanada osonlashadi. Bundan tashqari tillarning diaxronik fonologiyasini qiyoslash 109 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference sotsiologiya, tarix va antropologiya kabi fanlar taraqqiyotiga ham ulkan hissa qo’shadi. Ushbu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasi dastlabgi bosqichini tipologik va chog‘ishtirma metodlar orqali M.Xasanova, B. Tursunov , T.A Rastorguyevalar kabi tadqiqotchilarning izlanishlari natijalaridan foydalangan holda yoritib berildi. Ingliz tili tarixini to‘rt bosqichga:eski ingliz tili, o‘rta ingliz tili, erta zamonaviy ingliz tili va zamonaviy ingliz tili davrlariga bo‘linadi. Nemis tili uchun evalutsiya bosqichlari qadimgi yuqori nemis tili, o‘rta yuqori nemis tili, ilk yangi yuqori nemis tili va yangi yuqori nemis tili davrlarini tashkil etadi. O‘zbek tilida esa ular qadimgi turkiy davr, eski o‘zbek davri, eski o‘zbek yozma davri va yangi o‘zbek tili davrlarini o‘z ichiga oladi. Har bir davrda til fonologiyasida sezilarli o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. Eski ingliz tili Britaniyada miloddan avvalgi 5-asrlarda German qabilalaridan hisoblangan Angl, Sakson va Yut qabilalari kelishi bilan shakllana boshladi. Ularning tili German tillar oilasiga mansub bo’lib hozirgi zamonaviy ingliz tilidan farq qilgan. Eski ingliz tili fonologiyasida urg’u dinamik hususiyatga ega bo’lgan. So’zlarda urg’u asosan o’zakning birinchi bo’g’iniga tushgan.1 (R.V. Reznik, 2003): aga`ne (gone) he`afod (head) cy`ning (king) kabi. Qo’shma so’zlarda asosiy so’z urg’usi qo’shma so’zning birinchi qismining ilk bo’giniga, ikkinchi darajali urg’u esa ikkinchi qismning birinchi bo’g’iniga tushishi kuzatilgan: Sci`p-ra`p (ship-rope) so’zidagi scri`p asosiy urg’u, ra`p ikkinchi darajali urg’udir He`ah-cli`f (high cliff) so’zidagi he`ah asosiy urg’u, cli`f esa ikkinchi darajali urg’u Deyarli old qo’shimchalarning bari eski ingliz tilida urg’usiz bo’gin hisoblangan (ge-,be-, for-,a-). Eski ingliz tili boy unlilar tizimiga ega bo’lib, uzun va qisqa unlilar, monoton va diftonlar, old, orqa va lablangan un

Доказательный фрагмент

«This article provides a comparative analysis of the general and specific aspects of the early stages of the history of the emergence of theoretical phonology in the Uzbek, English and German languages within the frame…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides a comparative analysis of the general and specific aspects of the early stages of the history of the emergence of theoretical phonology in the Uzbek, English and German languages within the frame… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Phonology, vowels, consonants, word stress, Old English, Old, Fonologiya, undoshlar, qadimgi yuqori nemis tili, so’z urg’usi, qadimgi turkiy til., unlilar, eski ingliz tili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники