Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA O‘ZBEKISTON TELEVIDENIYESIDA KADRLAR SALOHIYATINI SHAKLLANTIRISH – ASOSIY USTUVORLIKLARDAN BIRI
ASOSIY USTUVORLIKLARDAN BIRI
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiyasining ijodiy va texnik jihatlari tahlil qilinadi. Tezisda, raqamli texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarida ijodiy va texnik kadrlar malakasini oshirishning ahamiyati ta’kidlanadi. O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiyasi jarayonida kadrlar malakasini oshirish va ularni yangi texnologiyalar bilan ishlashga tayyorlash, nafaqat soha rivojini ta’minlaydi, balki televidenie kontentining sifatini ham yaxshilaydi. Kalit so‘zlar: raqamli transformatsiya, ijodiy yondashuv, texnik yondashuv, innovatsiyalar, o‘quv metodlari, interaktiv ta’lim, media sanoati, televidenie kontent Raqamli texnologiyalarning keskin rivojlanishi nafaqat texnik vositalarning yangilanishini, balki ularni boshqaradigan, ulardan samarali foydalanadigan inson resurslarining yangilanishini ham talab qilmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston televideniyesida bu jarayon keskin sezilmoqda. Yangi texnologiyalarni to‘liq o‘zlashtirish uchun kadrlar salohiyati – raqamli savodxonlik, zamonaviy kontent yarata olish, interaktiv platformalarda ishlash qobiliyati – yetarli darajada bo‘lishi lozim. Demak, raqamli transformatsiyada inson omili texnologik taraqqiyotdan kam emas. Raqamli muhitga moslasha oladigan televideniye xodimlari nafaqat texnik jihatdan, balki g‘oyaviy va uslubiy jihatdan ham yangicha fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Ular yangi media texnologiyalar, multimediya turlari, raqamli montaj vositalari, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan vositalar bilan ishlashda malakali bo‘lishi kerak. Bunday malaka esa an’anaviy o‘quv tizimi orqali yetarli darajada shakllanmaydi. Shu boisdan amaliyotga asoslangan, zamon talabiga moslashtirilgan o‘quv dasturlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Televideniye endi biryoqlama efir beruvchi manba emas, balki ko‘pkanalli, foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘ladigan murakkab tizimdir. Bu tizimda ishlovchi mutaxassis esa oddiy “texnik ijrochi” emas, balki media muhitdagi harakatlanish qonuniyatlarini tushunadigan, ijtimoiy tarmoqlarda kontent 34 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tarqatish strategiyalarini biladigan ijodkor bo‘lishi zarur. O‘z navbatida, bu kadrlarni shakllantirish uchun oliy ta’lim muassasalari bilan media industriya o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanishi shart. Demak, raqamli transformatsiyada televideniye sohasi uchun zarur inson resurslari faqat mavjud bilimlar bilan emas, balki keng ko‘lamli zamonaviy ko‘nikmalar bilan boyitilishi kerak. Ushbu ehtiyoj televideniyening kelajakdagi muvaffaqiyati va rivojlanish yo‘nalishini belgilab beradi. O‘zbekistonning barcha telekanallarida bu ehtiyoj sezilmoqda, ayniqsa davlat teleradiokompaniyasi, xususiy kanallar va ijtimoiy platformalarga integratsiyalashgan media markazlar bu borada faol islohotlarni boshlagan. Amaliyot bilan boyitilgan o‘quv tizimi nafaqat talabani, balki o‘qituvchini ham yangilanishga majbur qiladi. Amaldagi o‘quv dasturlarida talabalarning mustaqil loyiha asosida ishlashi, real kontent yaratish, montaj jarayonida qatnashish, sahna rejissurasi bilan tanishish bo‘yicha imkoniyatlar yaratish zarur. O‘qituvchi esa doimiy tarzda yangi platformalarni o‘rganishi, dars uslublarini moslashtirishi, o‘z sohasida media-trendlar bilan tanish bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda televideniyeda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning katta qismi raqamli texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega emas. Bu esa o‘z navbatida yangi ish joylarida adaptatsiya jarayonini sekinlashtiradi, sifatli kontent yaratilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ta’lim va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni kuchaytirish zamon talabi bo‘lib bormoqda. Telekanallar o‘zlarida ishlab chiqarish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa-da, uni ta’lim bilan integratsiyalash hali yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “MY5”, “ZorTV” va boshqa xususiy platformalar bilan hamkorlikda o‘quv laboratoriyalari, amaliy kurslar, ustoz- shogird tizimi asosida darslar yo‘lga qo‘yilsa, kadrlar salohiyatini oshirish imkoniyati ortadi. Bunday tizimlar orqali talabalar nafaqat texnik bilimga ega bo‘lishadi, balki ijodiy fikrlash, jamoaviy ishlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Amaliy jarayon orqali o‘qitilgan har bir mutaxassis zamon bilan hamnafas bo‘ladi. Tajribaga ega ijodkorlar va ishlab chiqaruvchilarning ta’lim tizimiga integratsiyasi ham muhim masalalardan biridir. Ular orqali talabalarga real sanoat muhitini tanishtirish, hozirgi davr muammolariga e’tibor qaratish, innovatsion yondashuvlarni o‘rgatish mumkin. Shuningdek, zamonaviy media xodimlari uchun individual yondashuv, portfolioga asoslangan baholash, professional murabbiylik tizimini yaratish ham dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. 35 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘zbekiston televideniyesida kadrlar malakasini oshirish jarayonida uzluksiz o‘qitish va malaka oshirish ti
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiyasining ijodiy va texnik jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O‘zbekiston televideniyesining raqamli transformatsiyasining ijodiy va texnik jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- televidenie kontent, media sanoati, raqamli transformatsiya, interaktiv ta’lim, ijodiy yondashuv, innovatsiyalar, o‘quv metodlari, texnik yondashuv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018