К содержанию
РецензированоUZ2026

SHIMOLIY BAQTRIYA ANTIK DAVR YODGORLIKLARI: PORT-SHAHARLAR VA MADANIY ALOQALAR

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · VA MADANIY ALOQALAR (in-academy.uz/index.php/si) · Nishonov J. (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Shimoliy Baqtriyaнинг qadimgi port-shaharlari va mudofaa inshootlarining o`rganilishi tarixi manbalar asosida ochil berilgan. Таянч сўзлар: Termiz, Ayritom, Yunon-Baqtriya qirolligi, Kushon imperiyasi, buddizm, mudofaa qal'alari, Amudaryo, So'g'd, sun'iy sug'orish. Аннотация: В данной статье на основе имеющихся источников представлен исторический обзор изучения древних портовых городов и оборонительных сооружений Северной Бактрии. Ключевые словы: Термез, Айритом, Греко-Бактрийское царство, Кушанская империя, буддизм, оборонительные крепости, Амударья, Согд, искусственное орошение. Annotation: This article describes the study of ancient port cities and defensive structures in Northern Bactria based on historical sources. Key words: Termez, Ayritom, Greco-Bactrian Kingdom, Kushan Empire, Buddhism, defensive fortresses, Amu Darya, Sogdiana, artificial irrigation. Mil.avv. IV asrga oid shimoliy Baqtriya hududidan 30 ga yaqin yodgorliklar aniqlangan. Ularning aksariyati suv yoqalari, asosan Amudaryo havzasi hududlarida joylashgan. Baqtriya hududida port–shaharlar, yaʼni Amudaryo kechuvi hududida qurilgan shaharlar muhim ahamiyat kasb etgan. Amudaryo havzalari boʻyida Kampirtepa, Ayritom, Eski Termiz (Tarmida), Oyxonim port–shaharlar qurilgan. Port–shaharlar xalqaro savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojida oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Ahamoniylar davrida Amudaryodan kechuv joyi Shoʻrob hududida boʻlib, Shoʻrobtepa qalʼasi port–shahar vazifasini bajargan. Aleksandr Makedonskiy va Salavkiylar davriga kelib, Kampirtepa kechuv hududidagi asosiy qalʼaga aylangan. Kushonlar davrida esa, kechuv joylari sonlari yanada koʻpaygan: Chushka–Guzar, Qora qamar, Kelif hududlarida ham kechuv yoʻllari bunyod yetilgan. Kechuv hududlarining har ikkala qirgʻogʻida ham aholi yashagan. Mil.avv. III asrning oxirlari va mil.avv. II asrning birinchi yarmida qadimgi Baqtriya hududida Yunon–Baqtriya davlati mavjud boʻlgan. Yunon–Baqtriya davlati hukmronligi davrida Baqtriya davlatida ellinizm madaniyati yanada rivojlangan. Shaharlar qurilishida, jamiyatning ijtimoiy hayotida yunonlarning taʼsiri kuchli boʻlgan. Bu davrda Shimoliy Baqtriya hududida Kampirtepa, Ayritom, janubiy Baqtriya hududida Oyxonim, Dilbarjin, Jigʻatepa shaharlarida ellin madaniyati izlari yaqqol namoyon boʻlgan. Kampirtepa yodgorligi shimoliy Baqtriya hududidagi yirik shaharlardan biri boʻlib, mil.avv. IV asrning oxirlari – milodiy II asrning oʻrtalariga oid. Yodgorlik Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,6 km. gʻarbda joylashgan. Yodgorlik 1972-yildan buyon akademik E.V.Rtveladze boshchiligidagi arxeologik ekspeditsiya tomonidan oʻrganilib kelinmoqda. Shahar qirgʻoq boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon 400 metr uzunlikda joylashgan boʻlib, 5 gektar hududni egallagan. Qalʼa ikki qismdan ark va “quyi shahar”dan iborat. Mustahkam mudofaa tizimiga ega. Ark 5 metr kenglikdagi mudofaa devori va xandak bilan mudofaalangan. Kampirtepani qazish vaqtida koʻchalar, ibodatxona, 50 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si shahar xazinasi, hunarmandchilik ustaxonalari topilgan. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida yodgorlikning dastlab yunonlarning frurioni, yaʼni mudofaa punkti yoki port vazifasini bajaruvchi shahar sifatida vujudga kelganligi asoslanmoqda. Tadqiqotchilar bu yerdan kemalar uchun qulay koʻrfaz, pristan va port mayogʻining izlarini aniqlashgan. E.V.Rtveladze oʻz tadqiqoti jarayonida yozma manba va arxeologik tadqiqot ishlari natijalarini solishtirish orqali Kampirtepa Oks boʻyidagi Aleksandriya shahri ekanligini asoslaydi. Kampirtepaning eng rivojlangan davri milodiy I–II asrlarga toʻgʻri keladi va shu davrda shahar (Kushonlar davrida) yanada taraqqiy qilib, asosiy savdo ishlari bilan bogʻliq bojxona va suv yoʻllarini nazoratini olib borish kabi vazifalarni oʻtovchi shaharga aylangan. Shahar arki darvozasiga yaqin joydan budda ibodatxonasi aniqlangan. Shahardan zardushtiylik, buddaviylik va mahalliy diniy eʼtiqodlarga oid ibodatxonalar topilgan. Shimoliy Baqtriya hududidagi yana bir eng yirik shaharlardan biri boʻlgan Termiz – Tarmita shahri boʻlib, u bugungi kunda Eski Termiz yodgorligi hisoblanadi. U Amudaryo kechuvida, mahalliy va xalqaro savdo yoʻllari kesishgan joyda qurilgan. V.Tomashek “Termiz” soʻzini baqtr tilidan olingan, uning maʼnosi “daryoning narigi tomonidagi manzilgoh” deb koʻrsatgan. Shahar hozirgi Termiz shahridan 7 km. shimoli–gʻarbda joylashgan. Shahar dastlab Amudaryoning oʻng qirgʻigʻidagi tabiiy tepalik ustiga qurilgan. Ark toʻgʻritoʻrtburchak shaklida boʻlib, 10 gektar maydonni egallagan. XX asrning ikkinchi yarmida tadqiqotchilar Eski Termizni Oks boʻyidagi Aleksandriya boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surganlar. Lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar buni tasdiqlanmagan. Shaharning eng rivojlangan davri Yunon–Baqtriya va Kushonlar hukmronligi davrida boʻlgan. Mil.avv. III–II asrlarda shahar “Dem

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Shimoliy Baqtriyaнинг qadimgi port-shaharlari va mudofaa inshootlarining o`rganilishi tarixi manbalar asosida ochil berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Shimoliy Baqtriyaнинг qadimgi port-shaharlari va mudofaa inshootlarining o`rganilishi tarixi manbalar asosida ochil berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Termez, Ayritom, Greco-Bactrian Kingdom, Kushan Empire, Buddhism, buddizm, So'g'd, mudofaa qal'alari, Yunon-Baqtriya qirolligi, Amudaryo, Kushon imperiyasi, Termiz, sun'iy sug'orish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники