К содержанию
РецензированоUZ2025

“ILK QADAM” DAVLAT O‘QUV DASTURI ASOSIDA TAYYORLOV GURUHI BOLALARINI MAKTAB TAʼLIMIGA TAYYORLASHNING SAMARALI SHAKLLARI, VOSITALARI, USULLARI VA METODLARI

SCIENCE SHINE · Rixsiyeva Muxlisa Dilmurod qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tayyorlov guruhi bolalarini maktab taʼlimiga tayyorlashning samarali shakllari, vositalari, usullari va metodlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: metod, maktabga tayyorlash, mashg‘ulot, o‘yin, hamkorlik, sifatli, vosita, bilish jarayoni, savodga tayyorgarlik, intellektual. Annotation: This article discusses effective forms, means, methods and techniques of preparing children of the preparatory group for school education based on the "First Step" state curriculum. Keywords: method, preparation for school, training, game, cooperation, quality, tool, cognitive process, preparation for literacy, intellectual. Maktabgacha ta’limni zamonaviy ta’lim talablari asosida takomillashtirish, ta’lim sifat yuqori bosqichiga ko‘tarish, O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor masalasi sifatida qaralmoqda. Maktabgacha ta’limning asosiy maqsadi bolalarni aqliy, jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashdan iborat. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi hukumati, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707 sonli qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan isloh qilish, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni yetuk intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bola shaxsining shakllanishida maktabgacha ta’limning o‘rni bola hayotida alohida o‘rin egallaydi. Maktabgacha ta’lim tizimi uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich, eng asosiy bo‘g‘inidir. Mutaxassislarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson barcha ma’lumotlar va ma’lumotlarning 70 foizini 5 yoshga to‘lgunga qadar 90 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 oladi. Ushbu faktning o‘zi, bolalarimizning barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiya va ta’lim qanchalik muhimligini yaqqol namoyon qilib turibdi. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga5 muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Ota-onalarga maktabgacha ta'lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko'prik vazifasini o'tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta'lim- tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlar ertalab 9.30 dan boshlanib, davomiyligi kichik guruhlarda 10-15 daqiqagacha, katta va tayyorlov guruhlarida 25- 30 daqiqadan oshmasligi darkor. Mashg'ulotlar oralig'ida bolalar bilan tetiklashtiruvchi, charchoqni oluvchi o'yinlar o'tkaziladi. Har bir yo'nalish bo'yicha oy oxirida bolalar bilan mujassam - nazorat mashg'ulotlari o'tkaziladi va bolalarning dastur vazifalarini qay darajada egallaganliklari tahlil qilinadi. Katta-tayyorlov guruhlarda qurish-yasash mashg'uloti qo'l mehnati bilan almashlashtirilib o'tiladi. O'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari o'z ichiga kichik guruhda asosan tovushlarni to'g'ri talaffuz etish mashqlarini oladi. O'rta, katta guruhlarda esa o'qish va savodga tayyorgarlik vazifalari nutq o'stirish mashg'uloti vazifalariga qo'shib olib boriladi. Tayyorlov guruhda esa alohida savodga tayyorgarlik mashg'uloti kiritiladi. Mashg'ulotning borishi (tarkibiy qismlari) Mashg'ulotning tarkibiy qismlari (misol tariqasida berilgan) • Kirish; • Savol-javob; 5 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarori 91 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 6(41), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 31.03.2025 • Surat ko'rish; • Hikoya tuzish; • O'yin; • Umumlashtirish; • Yakunlash. Sayr qismlarining ketma-ketligi olingan mavzuga qarab o'zgarishi mumkin. 1. Kuzatish. 2. Harakatli o'yin. 3. Ixtiyoriy o'yinlar. 4. Mehnat. 5. Tinch o'yin Kunning ikkinchi yarmi 1. Yakka tartibda ishlash. 2. lfodali o'qish va suhbat. 3. O'yin

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tayyorlov guruhi bolalarini maktab taʼlimiga tayyorlashning samarali shakllari, vositalari, usullari va metodlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tayyorlov guruhi bolalarini maktab taʼlimiga tayyorlashning samarali shakllari, vositalari, usullari va metodlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
method, preparation for school, training, game, cooperation, quality, maktabga tayyorlash, o‘yin, vosita, metod, hamkorlik, savodga tayyorgarlik, sifatli, intellektual., mashg‘ulot, bilish jarayoni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники