К содержанию
РецензированоUZ2026

YOSH DAVRLARIDA TA’LIM OLISHGA BO‘LGAN KUCHLI MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH

MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH · Jalilova Shahnoza Muxtorovna qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada yosh davrlar bosqichlarida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqizlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan, mazkur bosqichlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik ishlar yuzasidan fikr- mulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar: o‘quvchi, o‘smir, jarayon, xulq-atvori, ma’naviyat, motivatsiya, munosabat. Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy- ma’rifiy sohalarda katta ahamiyatga ega bo‘lgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Rivojlanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati insonlarning jamiyat hayotiga, mehnatga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirishni talab etadi. Endilikda har bir kishi o‘zgalarga emas, balki shaxsan o‘zining imkoniyatlariga, qobiliyati va iste’dodiga tayanishi kerak. O‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan kuchli motivatsiyani tarkib toptirishga oid tadqiqotlar mazkur hodisani rivojlantirish uchun alohida ahamiyatga ega. Bu jarayon 6-7 yoshdan 17-18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarning o‘quv-tarbiya faoliyatlarini qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida amalga oshiriladigan pedagogik-psixologik jarayonni mazkur maqsadga yo‘naltirish o‘quvchilarni aqliy jihatdan rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Mazkur yosh davrlarining o‘ziga xos jihati shundaki, bu yoshda bolalar o‘quvchi maqomiga ega bo‘ladilar. Bu o‘ziga xos o‘tish davri hisoblanib, o‘quvchilar o‘z faoliyatlarida o‘quv faoliyatiga xos harakatlarni mujassamlashtiradilar. Mazkur sifatlar o‘quvchilarning xatti- harakatlari va ongida murakkab hamda qarama-qarshi holatlarni uyg‘unlashtiradi. Har qanday o‘tish davrida bo‘lgani kabi ushbu yosh davri ham rivojlanishda o‘ziga xos boy imkoniyatlarga ega. Mazkur imkoniyatlarni o‘qituvchi o‘z vaqtida ilg‘ashi va qo‘llab-quvvatlashi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining ongi uning xulq-atvori, ma’naviy rivojlanishi va faoliyatini mustaqil boshqarish uchun hali to‘liq tayyor bo‘lmaydi. Biroq u shaxslararo munosabatlar jarayoniga faol tarzda ishtirok etishi uchun yetarli darajada barqarorlashgan bo‘ladi. Bu esa o‘quvchida o‘z ongida muayyan operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Shuning uchun ham o‘quvchilarni ta’lim olishga undash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning qadriyatlar va bilimlarni jadal tarzda qabul qilishlari https://inlibrary.uz 2 5 1 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ularga kuchli motivatsiyani egallash imkoniyatini beradi. Shu bilan bir qatorda yuqori darajadagi bilish qiziqishlari o‘quv faoliyatining asosi sifatida xizmat qiladi. Kichik maktab yoshida o‘quvchilarda axloqiy xulq-atvor asoslari shakllanadi. Buning natijasida ular ma’naviy me’yorlar, xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtiradilar. Shu asosda o‘quvchilarda ijtimoiy yo‘nalganlik faoliyati shakllana boshlaydi. Bu esa o‘quvchilarda shaxs sifatida individual xususiyatlarning shakllanishiga asos bo‘ladi. Natijada ular mustaqil, erkin fikrlash, obyektiv borliqni idrok etish va zarur qarorlar qabul qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Т.В.Лодкинаninng ta’biri bilan aytganda, faoliyatdagi mustaqil tanlov insonning shaxsiy sifati bo‘lib, u shaxsni muayyan qadriyatlarni egallashga yo‘naltiradi. Mazkur qadriyatlarni o‘quvchilar ta’lim jarayonida o‘zlashtiradilar. Maktabda o‘quv munosabatlariga kirishish natijasida ular o‘zlarini muntazam tarzda namoyon qilib hayotiy faoliyatlarining subyekti sifatida harakatlanadilar. Bu esa o‘quvchilarga uyg‘un tarzda yaxlit rivojlanish imkonini beradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar intellektual sohasining o‘ziga xos jihati uning jadalligidadir. Biroq, bu davrda psixik jarayonlarning bir tekisda rivojlanmasligi kuzatiladi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar o‘zlari kuzatgan voqelikni hali to‘laqonli tarzda tahlil qilish ko‘nikmasiga ega emaslar. Ular o‘zlari idrok etgan narsalar, buyumlar va holatlardagi asosiy nuqtani har doim ham ajrata olmaydilar. Bu davrda o‘quvchilarning tafakkuri ko‘rgazmali-obrazli fikrlashdan aniq, tushunchaviy, ilmiy nazariy fikrlashga o‘tadi. Shuningdek, ularning tasavvurlari ham muntazam tarzda rivojlanadi va takomillashadi. Ularning o‘y-xayollari ko‘proq aniqlik kasb etib boshqariladigan darajaga yetadi. Shuning uchun ham mazkur jarayonda alohida psixik vazifalar o‘quvchilarning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq xolda namoyon bo‘ladi. Izlanishlarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 7 yoshli o‘quvchilar aksariyat hollarda qo‘rquvni his etmaydilar. His-tuyg‘ularni tushunish va idrok etishdagi nomukammallik tashqi tomondan kattalarning his-tuyg‘ularni ifodalashlarini talab qiladi. Shu tariqa, aksariyat hollarda muloqotdagi ijobiy hamda salbiy holatlar o‘quvchilarga o‘tadi. Natijada kichik maktab yoshida ta’lim-tarbiya ta’sirida o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishlarida jiddiy siljishlar vujudga keladi. Mazkur rivojlanishning hissiy-affektiv jihatlari o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini munt

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada yosh davrlar bosqichlarida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqizlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan, mazkur bosqichlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik ish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada yosh davrlar bosqichlarida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqizlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan, mazkur bosqichlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik ish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
munosabat., ma’naviyat, Kalit so‘zlar: o‘quvchi, o‘smir, motivatsiya, xulq-atvori, jarayon
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники