Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AFAZIK BEMORLARDA SHAXS SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ISHLARI
Xurkinova Mushtariy Baxtiyor qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
В статье анализируется проблема развития личностных качеств больных афазией. Афазия — это утрата или нарушение речевых функций, что существенно ограничивает не только коммуникативные возможности, но и процессы личностного развития. В статье рассматривается влияние пациентов с афазией на такие черты личности, как их эмоциональное состояние, социальные отношения, самооценка и уровень адаптивности. Также рассматриваются комплексные реабилитационные подходы, направленные на укрепление личностных качеств на основе психолого-педагогических подходов, https://inlibrary.uz 1 6 7 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali логопедических и психокоррекционных методик. Результаты исследования важны для улучшения социальной интеграции пациентов с афазией и восстановления их личности. Kalit so‘zlar: afaziya, shaxs sifatlari, reabilitatsiya, psixokorreksiya, nutq buzilishlari, emotsional holat. Zamonaviy psixologiya va defektologiya fanida afaziya bilan og‘rigan bemorlarning reabilitatsiyasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Afaziya – bu markaziy asab tizimining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan nutq faoliyatining buzilishi bo‘lib, u bemorning faqat til bilan bog‘liq funksiyalarigina emas, balki umumiy shaxsiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bemorlar ko‘pincha o‘z fikrlarini ifoda qilishda, atrofdagilar bilan samarali muloqot o‘rnatishda qiynaladilar, bu esa ularning emotsional holati, o‘z-o‘zini baholashi va ijtimoiy faoliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Afazik bemorlarning shaxs sifatlarini tiklash va rivojlantirish – ularning ijtimoiy integratsiyasini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi. Shu sababli ushbu maqolada afaziya bilan og‘rigan bemorlarning shaxsiy xususiyatlariga e’tibor qaratilib, ularni psixologik-pedagogik yondashuvlar asosida rivojlantirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – afaziya sharoitida shaxs sifatlarining o‘zgarishi va ularni rivojlantirish bo‘yicha samarali yo‘llarni aniqlashdir. Afaziyaning mohiyati va shaxsga ta’siri: Afaziya – bu markaziy asab tizimining nutq uchun mas’ul bo‘lgan qismlarida yuzaga kelgan shikastlanish natijasida vujudga keluvchi nutq buzilishidir. Asosan chap yarim sharidagi Broka va Vernike zonalarining shikastlanishi afaziyaning motor va sensor shakllariga olib keladi. Afaziya o‘zining og‘irlik darajasiga qarab bemorning nutqni tushunish, uni ishlab chiqish, talaffuz qilish va yozma nutq faoliyatlarini cheklab qo‘yadi. Bunday holatda bemorning atrofdagilar bilan aloqasi izdan chiqadi, u o‘z fikrini ifoda qila olmay qoladi. Natijada, bemor ichki izolyatsiyaga tushadi, o‘zini keraksiz va ojiz his eta boshlaydi. Bu esa shaxs sifatlarining – o‘ziga ishonch, tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, ijobiy o‘z-o‘zini baholash – keskin pasayishiga sabab bo‘ladi. Psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, afaziya bilan og‘rigan bemorlarda depressiv holatlar, nevrotik simptomlar va passivlik holati ko‘p uchraydi. Bu shaxsiy integratsiya jarayoniga to‘sqinlik qiladi va bemorning jamiyatda faol ishtirok etishini qiyinlashtiradi. Shaxs sifatlarining o‘zgarishi va ularni tiklash zarurati: Afazik bemorlarda quyidagi shaxs sifatlarining zaiflashuvi kuzatiladi: O‘z-o‘zini baholashning pasayishi – bemor o‘z qobiliyatlariga ishonmay qoladi, o‘zini jamiyatga yaroqsiz deb hisoblaydi. https://inlibrary.uz 1 6 8 61-son_4-to’plam_May-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Ijtimoiy moslashuvning buzilishi – bemor ijtimoiy muhitdan ajralib qoladi, muloqotga kirishdan qochadi. Emotsional beqarorlik – keskin kayfiyat o‘zgarishlari, jahldorlik yoki tushkunlik holatlari paydo bo‘ladi. Mustaqillik va tashabbuskorlikning yo‘qolishi – bemor ko‘proq boshqalarning ko‘magiga bog‘lanib qoladi. Bu sifatlarni qayta tiklash afazik bemorning reabilitatsiyasi va jamiyatga qayta moslashuvi uchun zarurdir. Shu sababli mutaxassislar tomonidan faqat nutq bilan emas, balki shaxs sifatlari bilan ishlashga ham alohida e’tibor qaratilishi lozim. Psixologik yondashuvlar va korreksion usullar: Afazik bemorlarning shaxs sifatlarini rivojlantirish uchun quyidagi psixologik va pedagogik yondashuvlar samarali hisoblanadi: a) Individual psixoterapiya Psixoterapiya orqali bemorning ichki kechinmalari, xavotir va qo‘rquvlari ustida ishlanadi. Kognitiv–behavoral terapiya usuli yordamida bemorga ijobiy o‘z-o‘zini baholash, moslashuvchan fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari qayta shakllantiriladi. b) Guruhiy psixokorreksiya Boshqa bemorlar bilan guruh bo‘lib ishlash – o‘zaro tajriba almashish, ijtimoiy aloqalarni tiklash, empatiya va hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Rolli o‘yinlar, muhokama treninglari bu jarayonni jonlantiradi. c) Art-terapiya va musiqaterapiya Ijodiy faoliyat orqali bemor o‘zini erkin ifoda eta boshlaydi. Bu esa ichki taranglikni kamaytiradi va emotsional barqarorlikni tiklaydi. Ranglar bilan ishlash, rasm chizish, musiqani tinglash va kuylash orqali bemor
Доказательный фрагмент
«В статье анализируется проблема развития личностных качеств больных афазией.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье анализируется проблема развития личностных качеств больных афазией. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nutq buzilishlari, emotsional holat., shaxs sifatlari, reabilitatsiya, psixokorreksiya, Kalit so‘zlar: afaziya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
ИсследовательDAXLDORLIK HISSINING O‘RNI, Nosirova Nozima Safarovna2026