К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ FALSAFASI VA UMIMG IJTIMOIY TARAQQIYOTDAGI ROLI

MANAGEMENT AND ECONOMY · Karimova Gulsanam Abdujalilovna

Решение социальных проблем в управлении и экономике · 2026

Аннотация

This article discusses the philosophy of Eastern countries, its role in the development of society, the scientists who have contributed to Eastern philosophy, and the research in this area. The current role of Eastern philosophy and ongoing research are revealed. Keywords: Eastern philosophy, "Avesta" teachings, peripateticism, pantheism, Epic period, Sutra period, Vedic period, teachings of Confucius and Lao-Tzu, Taoism, Abu Nasr al-Farabi. Абстракт В данной статье рассматривается философия стран Востока, ее роль в развитии общества, ученые, внесшие вклад в восточную философию, и исследования в этом направлении. Будет раскрыто место восточной философии сегодня и проводимых исследований. Ключевые слова. Восточная философия, учение «Авесты», перипатетизм, пантеизм, эпический период, период Сутр, период Вед, учение Конфуция и Лао-Цзы, даосизм, Абу Наср Фараби. Sharq falsafasi – tafakkur va donishmandlik manbai Sharq falsafasi – Sharq xalqlari tomonidan asrlar davomida shakllangan tafakkur tizimi bo‘lib, inson, jamiyat va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikni o‘rganadi. Ushbu falsafa yunon falsafasidan farqli o‘laroq, amaliy hayot, axloq va ruhiy kamolotga ko‘proq e'tibor qaratadi. Sharq falsafasining asosiy yo‘nalishlariga hind, xitoy, islom va buddaviy falsafalari kiradi. Hind falsafasi Vedalar, Upanishadlar va Bhagavad Gitaga asoslanib, karmaning ta'siri va ruhiy poklanish g‘oyalarini ilgari suradi. Xitoy falsafasi Konfutsiy, Lao-tszi va Chjan-tszi ta’limotlari bilan bog‘liq bo‘lib, axloqiy 9 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference barkamollik va tabiiy uyg‘unlikni targ‘ib qiladi. Islom falsafasi esa Ibn Sino, Forobiy va G‘azzoliy kabi mutafakkirlar orqali rivojlanib, ilm-fan va din uyg‘unligini yoritadi. Oddiy tasavvurga koʻra quyosh sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo boʻlishi ham qadimiy sharq xalqlari tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy, badiiy, estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antik davr mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan boʻlgan Bobilda eramizdan oldin 4- ming yillikning boshlarida paydo boʻladi. Shu davrlardayoq odamlarning dunyoda roʻy berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga boʻlgan munosabatlarini va qiziqishlarini garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda boʻlsada, oʻzida aks ettirgan falsafasiy qarashlar paydo boʻla Falsafiy gʻoyalar muayyan ijtimoiy sharoitlar taʼsirida, maʼlum tarixiy-madaniy manbalar asosida shakllanadi. Ibtidoiy hayotning murakkablashishi va kishilarning ijtimoiy amaliyotining kengayishi ularni abstrakt fikrlashini rivojlantiradi, shu bilan birga ilmiy bilimni shakllantiradi. Qadimgi sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan boʻlgan Misr, Bobilda eramizdan avvalgi toʻrt ming yillikning oxiri va uch ming yillikning boshlarida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar olam haqidagi fanlar ya'ni avstronomiya,kosmologiya, matematika, mifologiyaga oid qarashlar bir muncha rivoj topgan.Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi oʻchoqlaridan biri boʻlib, unda ham ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi toʻrt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil madaniyati kabi qadimgi Misr yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma turlarida ham oʻsha davrdagi ijtimoiy,iqtisodiy hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi boʻlgan falsafiy qarashlarida oʻz ifodasini topgan. Qadimgi Misrliklar suvni odamga oziq-ovqat yetishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulugʻ neʼmat, deb bilganlar. Suv ularga butun tabiatning asosi boʻlib koʻringan. Ular Nil daryosini ilohiy moʻjiza deb, tabiatdagi oʻsimlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi Misrliklar astronomiya sohasida ba'zi bilimlarga ega boʻlib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida yulduzlar xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. Qadimgi Misrda tibbiyot juda rivojlangan, Misrliklar kasalliklarning juda koʻp turidan xabardor boʻlishib, tashxis qoʻyish sohasida katta tajribalarni qoʻlga kiritganlar.Qadimgi Misrliklar ayniqsa qurilish, arxitekturaga, sanʼatning juda koʻp turlariga,hisob-kitob, 10 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference oʻlcham va chizmachilik, matematik va astronomik bilimlarga egaligi jihatdan boshqalardan tubdan farq qilganlar. Haqiqiy maʼnoda ular geometriya va astronomiyaga oid bilimlarining ilk yaratuvchilari boʻlishgan. Qadimgi Hindiston oʻzining boy tarixi va madaniyatiga, diniy va falsafiy maʼlumotlarga ega boʻlgan. Bizning eramizgacha boʻlgan bir ming yillikning oʻrtalarida insoniyat tarixining taraqqiyotida qadimgi madaniyatning uch oʻchogʻida Hindiston, Xitoy, Gretsiyada deyarli vir vaqtn

Доказательный фрагмент

«This article discusses the philosophy of Eastern countries, its role in the development of society, the scientists who have contributed to Eastern philosophy, and the research in this area.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the philosophy of Eastern countries, its role in the development of society, the scientists who have contributed to Eastern philosophy, and the research in this area. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eastern philosophy, "Avesta" teachings, peripateticism, peripatetizmi, Sharq falsafasi, “Avesto” ta’limoti, Daosizm, panteizmi, Abu Nasr Farobiy., Sutra davr, Konfutsiy va Lao-Szi ta’limoti, Vedalar davri, Epik davr
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники