К содержанию
РецензированоUZ2026

GULJAMOL ASQAROVA SHE’RIYATIDA ADABIY-ESTETIK KATEGORIYALAR

EDUCATION SYSTEM · Hasanova Ozoda

Наука и инновации в системе образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillaridan biri bo‘lgan Guljamol Asqarovaning ijodida adabiy-estetik kategoriyalarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoiraning obraz yaratish mahorati, estetik ideallarni ifodalash uslubi va poetik tafakkuri orqali go‘zallik, fojiaviylik, komiklik kabi estetik tushunchalarning qanday ifoda topgani yoritiladi. Tadqiqotda Asqarova she’riyati tahlili orqali o‘zbek adabiyotining estetik mezonlari, poetik tafakkur o‘ziga xosligi ham ochib beriladi. Maqola adabiy-estetik tahlil metodlariga tayangan holda yozilgan bo‘lib, filologiya sohasidagi tadqiqotchilar uchun foydali ilmiy manba bo‘lishi mumkin. Kalit so‘zlar. Adabiy-estetik kategoriyalar, go‘zallik, fojiaviylik, ulug‘vorlik. Adabiyot har bir davrning ruhiy holatini, insoniyat tafakkuri va tuyg‘ularining o‘ziga xos badiiy in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi. Poeziya esa bu in’ikosning eng nozik, eng go‘zal shakli bo‘lib, unda ijodkor qalbi, ichki kechinmalari, estetik qarashlari ifoda topadi. Har bir shoirning ijodida uning hayotga, jamiyatga, insoniyatga bo‘lgan munosabati, estetik didi va badiiy olami mujassam bo‘ladi. Ayniqsa, ayol shoirlarning she’riyati o‘zining nozikligi, ichki ruhiy holatlarning teran ifodasi bilan ajralib turadi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos ovozga ega bo‘lgan shoiralardan biri – Guljamol Asqarova bo‘lib, uning she’riyati yurakdan tug‘ilgan tuyg‘ular, tabiat manzaralari, insoniy qadriyatlar va ijtimoiy-estetik masalalarni yuksak badiiyat bilan ifodalashga yo‘naltirilgan. Shoira ijodida adabiy-estetik kategoriyalar muhim o‘rin egallaydi. Go‘zallik, fojia, yuksaklik, armon, orzu, sadoqat kabi tushunchalar Asqarova she’riyatining ichki mohiyatini tashkil etadi. Adabiy-estetik kategoriyalar deganda, badiiy asarda obraz, g‘oya va mazmun orqali ifodalanadigan, o‘quvchiga estetik zavq bag‘ishlaydigan, uni ruhiy-ma’naviy jihatdan tarbiyalaydigan falsafiy tushunchalar nazarda tutiladi. Guljamol Asqarovaning she’rlarida bu kategoriyalar ko‘pincha nafis tasvirlar, ichki monologlar, falsafiy teranlik va badiiy ifoda vositalari orqali yuksak darajada aks etadi. Shoiraning obrazlar dunyosi, tabiatga bo‘lgan munosabati, inson qalbining eng nozik jihatlarini yoritishdagi mahorati ushbu kategoriyalarni yanada teranroq anglashga yordam beradi. Keling, shoira ijodiga nazar tashlab uni adabiy-estetik kategoriyalar jihatidan tahlil qilaylik. 5 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference Guljamol Asqarovaning “Bahorga chorlov” she’ri adabiy-estetik kategoriyalar ichida go‘zallik kategoriyasining yorqin namunasidir. She’r bahorning kelishini nafaqat tabiatda, balki inson qalbida ham uyg‘onish, jonlanish, islohot va ruhiy tozalanish belgisi sifatida talqin qiladi. Shoira bahorni butun olam uchun qayta tug‘ilish deb tasvirlaydi: "Qirq yil yotgan bemorlar turing, Uhlab yotgan ey morlar turing…" Bu misralarda bahor– ruhiy uyg‘onish, umid va tiriklik ramzi sifatida o‘z ifodasini topgan. “Qirq yil yotgan” degan ibora nafaqat vaqtning cho‘zilganligini, balki ichki halovatning yo‘qligini ham bildiradi. Bahor bu halovatni qaytaruvchi kuch sifatida qaraladi. "Keldi bahor chechaklar bilan, Chechak to‘la etaklar bilan…" Yoki “Buncha yaxshi dilbarlik fasli, Beqarorlik,besarlik fasli, Yetdiku dil bezarlik fasli, Bahor keldi axir olamga. Belni bog‘lang kamalak bilan, Xabarlashing kapalak bilan, Hislar qaynar sumalak bilan, Bahor keldi axir olamga.”[2, 4-bet] Bu yerda tabiat manzaralari orqali nafislik, go‘zallik, yangilanish hissi berilgan. Shoira bahorni insonni hayratga soluvchi, ruhiyatni ko‘targuvchi hodisa sifatida tasvirlaydi. Chechak, kamalak, kapalak, sumalak kabi obrazlar esa estetik zavqni oshiradi, vizual go‘zallikni ifodalaydi. Bundan tashqari, she’rda ishq va sevgi kabi tushunchalar ham estetik jihatdan yuksak talqin qilinadi: "Ishq shivirlar yigit rozida, Kuylang faqat sevgi sozida…" Bu satrlarda muhabbat estetik-ruhiy uyg‘unlik, inson qalbidagi eng pok tuyg‘ularning ifodasi sifatida berilgan. Bu orqali muallif nafaqat faslni, balki insoniy tuyg‘ularni ham go‘zallikka eltuvchi kuch sifatida ko‘rsatadi. Umuman, “Bahorga chorlov” she’ri estetik jihatdan nihoyatda boy, obrazlar tizimi orqali go‘zallik kategoriyasini yorqin aks ettiradi. Shoiraning tili oddiy, ammo obrazli va kuchli estetik ta’sir kuchiga ega. Uning she’riyati orqali 6 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference o‘quvchi nafaqat bahorni his etadi, balki ruhiy jihatdan poklanadi, zavqlanadi va ilhomlanadi. Shoiraning “May shavqi”she’ri ham go‘zallik kategoriyasini o‘zida jamuljam etgan misoldir desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ertaga may-butun borliqda, Taraladi anvoyi islar. Bu satrlarda tabiatning uyg‘onishi, bahorning nafasi, mayning kelishi bilan taralayotgan xushbo‘y hidlar orqali go‘zallik tuyg‘usi yaratiladi. Go‘yo borliq ham yashnamoqda, bu esa o‘quvchiga hayotiylik, go‘zallikni his qilish, optimistik kayfiyat beradi. Soqiy sharob quygani kabi, Di

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillaridan biri bo‘lgan Guljamol Asqarovaning ijodida adabiy-estetik kategoriyalarning badiiy talqini tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek she’riyati vakillaridan biri bo‘lgan Guljamol Asqarovaning ijodida adabiy-estetik kategoriyalarning badiiy talqini tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
go‘zallik, fojiaviylik, Adabiy-estetik kategoriyalar, ulug‘vorlik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники