МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
BORLIQNING RIVOJLANISH FALSAFASI, ONTOLOGIYA VA BORLIQ HAMDA YO’QLIKNI TA’RIFLASH MUOMMOSI
Abduxalilova Mohinur Tolmas qizi · Eshboyeva Gulsanam Baxtiyor qizi
Interpretation and researches · 1 · 2026
Аннотация
This article analyzes the philosophy of the development of being, the definition of ontology and the problem of defining being and non-being. The concept of being has long been one of the central problems of philosophy, and its essence, formation and development processes have been interpreted differently by various philosophical directions. Ontology is one of the most important directions in this 157 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 regard, aimed at understanding the basic principles of being and its essence. The article examines the dialectical relationship of being and non-being, their interpretations in philosophical thought. Also, the problem of defining being is studied in an ontological, epistemological and scientific-theoretical context, and its significance in modern philosophy is highlighted. Keywords: The problem of being and non-being, philosophical thought, modern philosophy, ontology, the problem of existence, dialectics. Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettiruvchi falsafadagi katta muhokamalarga sabab bo’lgan mavzu hisoblanadi. Borliq muammosi falsafadagi har qanday dunyoqarash va metodologik muammolarning asosi hisoblanadi va bunda inson ruhi va ilohiy asosning o'zaro ta'siri masalasi bosh muammoga aylanadi. Borliq masalasi insonni falsafiy mulohaza yuritishni boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazida o’rin olishni boshlagan. Mifologiyaning bosh vazifasi – “Borliqni kim yaratgani” haqida gapirib berishni, falsafa esa “borliqning nimaligini, u qayerdan paydo bo’lgani va qayerga yo’qolish” ni oqilona tushuntirish bilan almashtirilgani tasodifiy ham emas. Borliq muommosini falsafiy anglab yetishga bo’lgan ilk urinishlar mill.avv birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan eng qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, “Vedalar” va ularga diniy-falsafiy sharhlar – “Upanishada” larda yaxlit ma’naviy substansiya, o’lmas jon haqidagi g’oyalar shunindek, dunyo haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o’z aksini topgan so’ngra zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug’lik, makon, vaqt tashkil etadi deb aytilgan. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qayerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo’qoladi kabi savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni eng qadimgi kitob – “Rigveda” larda aks ettirganlar. Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti ishlari, o’zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning dunyoning vujudga kelishi va evolutsiyasiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar, avval, tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo’lib xizmat qilgan. Ilk yunon faylasuflari o’z asarlarini dastavval ‘‘Tabiat haqida’’ deb nomlaganlari, ularning o’zlari ham naturalistlar, “fiziklar” deb atalishi bu fikrni tasdiqlaydi. Qadimgi yunon faylasufi Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi va uningcha,biror narsa, biz uni bilsakgina bor bo’ladi, insonning bilimi qancha keng bo’lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi, deb hisoblaydi.Qadimgi dunyoning atomist olimi Demokrit esa borliq atomlar majmuasidan iborat deb tushuntirgan. Uning fikricha, borliqning mohiyati uning mavjudligidadir. Mavjud bo’lmagan narsa yo’qlikdir deb o’z fikrlarini asarlarida keltirib o’tgan. Sharq donishmandlari kabi 158 International scientific journal “Interpretation and researches” Volume 1 issue 6 (52) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2 antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi vujudga kelgan vaqtdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqealikning birinchi sababini mavjud voqelikdan izlaganlar, uni dam suv(Fales) yoki havo(Anaksimen)deb dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos –“аrsutop” deb tavsiflaganlar. Insoniyat barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e'tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib yetgan. Jonli narsalar dunyosida inson alohida o'rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko’rish, ya'ni mavhum fikrlash va o'zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo'ladi. Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig'i kabilardir. Shuni ham aytib o'tish joizki, borliq haqidagi ta’limotni ilmiy nuqtayi nazardan aynan ontologiya yo‘nalishi o‘rganadi. Ontologiya falsafaning eng asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, borliqning tabiati, mavjudlik shakllari va uning asosiy qonuniyatlari haqida tahlil olib boradi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalar o‘rganiladi, sha
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the philosophy of the development of being, the definition of ontology and the problem of defining being and non-being.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the philosophy of the development of being, the definition of ontology and the problem of defining being and non-being. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The problem of being and non-being, philosophical thought, modern, mavjudlik muammosi, Borliq muommosi va yo‘qlik, falsafiy tafakkur, dialektika., zamonaviy falsafa, Ontologiya
Смежные источники
МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ АЛИШЕРА НАВОИЛутвия Сулейман кызы Аскерзаде2022
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеОйдин Турдиева2016