Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
TADQIQOTLARDA AHMAD TABIBIY HAQIDA
Raximova Saboxat Raxmonqulovna · Рахимова Сабoхат Рахмонкуловна
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
This article discusses the work done on Ahmad Tabibi, a prominent representative of the Khorezm literary community who lived and worked in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century, and the opinions of Uzbek and foreign scholars Keywords: Khorezm literary environment, Ahmad Tabibi, foreign scholars. Kirish: Ahmad Tabibiy hayoti va faoliyati to‘g‘risida u hayotlik paytining o‘zidayoq Bobojon Tarroh (Xodim), Muhammadyusuf Bayoniy, Samoylovich singari tarixchi va adabiyotshunoslar o‘z esdaliklarida yozib o‘tishgan. Biroq uning hayoti va faoliyatini alohida o‘rgangan o‘zbekistonlik adabiyotshunos olim Fathulla G‘anixo‘jayev, eronlik tadqiqotchi Ibrohim Xudoyor o‘z risolalarida Tabibiy avtobiografiyasiga katta e’tibor qaratishgan. Professor Hamdam Abdullayev yozadi:”...Ikkinchisi shoir hayoti, faoliyati va adabiy merosini maxsus o‘rganishga oid tadqiqotlardir. Har biri 204 dan 550 sahifagacha bo‘lgan katta hajmli va ikki tildagi bu devonlar 1908-1910 yillarda tuzilgan bo‘lib, shoirning avvalgi to‘plamlaridagi she’rlarini ham qamrab olgan va mumtoz lirikaning sakkiz1 janrida yaratilgan. Ular asosini taxminan 1500 ga yaqin g‘azaldan tashqari 518 ta muxammas tashkil etadiki, bunchalik ko‘p beshlik boshqa o‘zbek ijodkori bisotida uchramaydi...2". 1 Bu o‘rinda “sakkiz” janrda deya olim turkiy devondagi she’r janrlarini hisobga olgan, chunki shoirning forsiy devonida 10 ta lirik janrdagi she’rlar jamlangan. 2 Abdullayev H. Tabibiyning ijodiy yo‘li. // Hurriyat, 2010 yil 26 may. 7-sahifa. 61 Sharqshunos olim Abdulla Ahmedov o‘zining «Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot» maqolasida shunday yozadi: «Muhammad Rizo Ogahiydan keyin saroy shoirlari rahnamosiga aylangan hassos shoir va tarjimon Ahmad Tabibiy beshta alohida she’riy devon sohibi bo‘lib, ulardan ikkitasida shoirning forsiy ash’ori jamlangan. Ajdodlari eronlik bo‘lgan Tabibiy forsiy tilni juda yaxshi bilgan, forsiy she’riyatdagi uslub va san’atlardan yaxshi xabardor bo‘lgan. U forsiy adabiyotning noyob yodgorliklaridan biri hisoblangan «Vomiq va Azro» dostonidan ilhomlanib, o‘zbek tilida original epik doston yaratgan. Tabibiy xorazmlik shoirlarning she’riy namunalarini o‘zida mujassamlashtirgan «Tazkirat ush-shuaro» nomli tazkira muallifi ham hisoblanadi3». Pedagogika fanlari doktori Solijon Hasanov o‘zining "Xorazm ma’rifati – olam ko‘zgusi kitobida Tabibiy va So‘fiyning pedagogik qarashlari bayonida shunday yozadi: "Ahmad Tabibiy (1869-1910) Ahmad Tabibiy ham shoiru fozillar orasida katta hurmatga sazovor bo‘ladi, juda ko‘p ilm ahliga ustoz sifatida homiylik qiladi. Bayoniy u haqda shunday yozgan edi: Tabibiydurki, shoiri muhtaram, Naylay oning atvorin aylab raqam. Maorifda bordur bag‘oyat orif, Majlisda bog‘i harifu zorif. Pur oyinadur so‘zlari sarbasar, Rumuz oni aksidadur jilvagar. Surur nuqta lutfila ul nuktadon, Ko‘rub so‘zlarini dedim: "Al-’amon"4 Ayniqsa Avaz O‘tar Tabibiyni o‘z ustozi sifatida zo‘r hurmat bilan tilga oladi: Ey Avaz, qil jahd, devoning qilmoq istasang, Gar Navoiyyu Tabibiy daftarlariga hamradif. Yoki: Ne g‘am emdi, Avaz, nazm ilmida bo‘lsang Tabibiydek, Ki derlar, ko‘rgan el nazmingni ustodingga sallamno. Yoki: Avaz gar nazm aro bo‘lmoq tilarsen dahr yaktosi, Hamisha ko‘ngling ichra qil Tabibiydek ayon ixlos5. Hasanmurod qori Laffasiyning yozishicha, Tabibiy shirin so‘zli, nozik tabiat, xushmuomala bir kishi bo‘lib, shaxmat o‘yiniga nihoyatda usta ekan. Shoirning zamondoshi Xodimning hikoya qilishicha, agar u soz va tanburni qo‘liga olib, "Navo" maqomini chalsa, kishilarni maftun qilib qo‘yar ekan. Yuqoridagi mulohazalardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 1. Avaz do‘sti va zamondoshi Tabibiyni Alisher Navoiy bilan tenglashtirmoqda va "Gar Navoiyyu Tabibiy daftarlariga hamradif" deya ularga havas qilmoqda. Biror kishi haqidagi tavsifni uni yaqin taniganlardan boshqa yaxshi bera olmaydi. Demak, Tabibiy salohiyati ancha kuchli shoir bo‘lgan. 2. Hasanmurod Laffasiy ham uni "Navo" kuyini yaxshi chalishini aytganki, bu ham balki 3 Ahmedov A. Xorazmdagi forsiyzabon adabiyot. Sino, № 23, -b. 53. 4 Qobulov N. Xorazm adabiy muhiti, 95-b. 5 Avaz. Saylanma. Toshkent, 1984, 200-218 –b. 62 uni Navoiyga ergashgan va ixlosmand shoirlardan ekanligini ko‘rsatsa ajab emas. 3. Avaz nafaqat Tabibiyni zamondosh sifatida, balki ustoz sifatida tan olmoqda. Buni biz Xodimning Xorazm navozandalari asaridagi "U (Avaz O‘tar) bizlarga: - Ahmad Tabibiy yulduz tanimasang, ramilni (folni) ishlata olmaysan, degani uchun, oqshomlari yulduz tekshirmasam bo‘lmaydi, - der edi..." degan so‘zlaridan ham bilib olish mumkin. 4. Tabibiy o‘zining she’rlarida subhu maso, subhu shom, sabohu shom kabi iboralarni ko‘p qo‘llar ekan. Buni biz uning hozirgacha ko‘chirgan (to jim radifli g‘azallargacha 99 ta g‘azal ko‘chirildi) fors-tojikcha g‘azallaridagi mazkur so‘zning ko‘p qo‘llanganidan ham aytish mumkin. (15 ga yaqin o‘rinda uchradi.) 5. Tabibiyning "...Mast esang subhu maso olamda nodonlig‘ bila" misralari xuddi o‘zi to‘g‘risida aytilgandek, agar Boboj
Доказательный фрагмент
«This article discusses the work done on Ahmad Tabibi, a prominent representative of the Khorezm literary community who lived and worked in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century, and…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the work done on Ahmad Tabibi, a prominent representative of the Khorezm literary community who lived and worked in the second half of the 19th century and the beginning of the 20th century, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm literary environment, Ahmad Tabibi, foreign scholars, xorijlik olimlar., Ahmad Tabibiy, Xorazm adabiy muhiti
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021