Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JEK LONDONNING “LOVE OF LIFE (HAYOTGA MUHABBAT)” HIKOYASI TARJIMASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Aripova Saodat Taxirovna
Журнал универсальных научных исследований · 2026
Аннотация
This article explores the role of linguistic features in literary translation, focusing on the influence of national color and cultural differences on translation quality and comprehension. Using Jack London’s short story “Love of Life” as a case study, the paper illustrates how linguistic and cultural elements are handled in translation. It emphasizes the importance of the translator's role in preserving communicative effect, maintaining cultural neutrality, and applying strategies such as generalization and contextual adaptation. Keywords: translation, linguistic features, cross-cultural differences, communicative effect, generalization, lexical units. 360 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Tarjimaning lingvistik xususiyatlarini aniqlashda tarjimada inson hayotining turli jihatlari, shu jumladan milliy rang masalasi kuzatiladi, bu odatda odamlarning kiyimi, xulq-atvori va tilida uchraydigan ba’zi iboralar bilan xususiyatlanadi. J. Lakoff til va madaniyat oʻrtasidagi munosabatni ochish uchun metaforalarni tahlil qilish vositasini taklif qiladi [1]. Chunonchi, nima uchun tarjimaning lingvistik xususiyatlari nazariyasi chet tilidagi ba’zi iboralarni oʻzlashtirganda tushunishni osonlashtirsa, boshqalarini tushunish qiyinligini tushuntiradi. Ushbu usul taqqoslangan tillar orasidagi kognitiv farqlarni aniqlashga yordam beradi. Bunday farqlar tasodifiy emas va dunyodagi hodisani u yoki bu shaxs ma’lum bir tarzda tushunishini koʻrsatadi. Badiiy adabiyotni matn shaklida tarjima qilishda gap nafaqat tilni toʻgʻridan-toʻgʻri hisoblangan tizimlar shaklida oʻrganish, balki matnning tabiati, uning tuzilishi, mazmuni va fikrni ochishdagi oʻrni kabi umumiy tilshunoslikdagi nazariy baholar asosida bir qator masalalarni hal qilish dolzarb muammolardan biridir. Hikoya tarjimasida leksik-grammatik va leksik-uslubiy vositalarni tahlil qilish ularni lingvistik nuqtai nazardan oʻrganishda qoʻl keladi. Matnlar bir tilning sintaktik, leksik-grammatik va leksik-usubiy vositalarini boshqa tilga tarjima qiladigan turli yoʻllar bilan yaratilishi mumkin. Buning qanday shakllantirllishi, albatta, tarjimonning mahoratiga bogʻliq. Hikoya tarjimasida lingvistik xususiyatlarning leksik birliklarini qayta taqdim etish turli shakllarda boʻlishi mumkin. Ushbu shakllarni uchta munosabatlar orqali koʻrish mumkin: 1) muqobil (butunlay tenglik); 2) qisman tenglik; 3) tengsizlik (istisnolar). Insonlar hayotidagi zarur narsalar va hodisalarni madaniyat vositasi sifatida baholash mumkin. Masalan, bir tomondan quyosh yoki oyni madaniyatga kiritish imkonsiz koʻrinadi. Biroq, bu tushunchalar barcha xalqlarning madaniyatlarida mavjudligi ma’lum. Biroq, ba’zi sovuq ob-havo hukm suradigan joyda yashovchi yevropaliklari (slavyanlar va nemislar) quyoshni iliqlik, gʻayrat va xayrixohlik belgisi sifatida ijobiy baholaydilar. Boshqa tomondan, arab madaniyatida salbiy qiymat quyoshga tegishli boʻlib, u yozda hayotni qiyinlashtiradigan jazirama haroratga tenglashtiriladi. Shuning uchun quyoshni nafaqat tabiiy hodisa, balki madaniy mahsulot sifatida ham tushunish mumkin. Hikoya tarjimonlari duch keladigan eng dolzarb muammo bu asl matnning ohangdorligi va musiqiyligini takrorlash va asl matnning ta’sirini tarjimaga oʻtkazishdir. Buni uddalash uchun tarjimonlar grammatik va leksik birliklarni, tilning stilistik xususiyatlarini va lingvistik xususiyatlarini toʻliq oʻrganishlari kerak. 361 "ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Q. Musaev lingvomadaniy xususiyatlar toʻgʻrisida shunday deydi: “Tarjimonni xalqlar turmush tushunchalarini anglatadigan xos soʻzlar ma’no va shakllaridan koʻra koʻproq ularning muayyan kontekslarda oʻtab keladigan vazifalarini qayta yaratish masalasi mashgʻul qilmogʻi darkor. Bu tarjimonni asl nusxadagi xos soʻzlarni beasos tarjima matniga koʻchirish yoki, mumkin boʻlmagan taqdirda ham, ularni tarjima tilidagi xos soʻzlar bilan almashtirib qoʻyish xavfidan saqlab qoladi. Tarjima amaliyotiga vazifaviy uygʻunlik nuqtaiy nazaridan yondashish asliyatdagi bunday ifoda vositalarining hajm, vazn, miqdor, hislat, xususiyat va vazifa aniqligini qayta yaratadi, shu bilan birga tarjimaning keng kitobxon ommasiga yaxshi tushunarli boʻlishiga erishish imkoniyatini beradi.” [2] Hikoya mazmuni muallif tomonidan maxsus tanlangan tilning lingvistik xususiyatlarini, ya’ni leksik va sintaktik, shuningdek stilistik birliklarni shakllantiradi. Asl matn ma’lumotni kommunikativ maqsadiga muvofiq yanada ta’sirchan va samarali qiladigan lingvistik vositalardan tanlanadi. Natijada, bunday maqsadlar uchun yaratilgan matnlar ma’lum bir lingvistik potensialga ega va axborot qabul qiluvchiga (retseptoriga) kommunikativ ta’sir koʻrsatadi. Musiqa turli odamlarga turlicha ta’sir qilgani kabi, qabul qiluvchilarning olgan bir xil ma’lumotlariga munosabati ham har xil boʻlishi mumkin. Axborot oluvchining axborotga nisbatan yuzaga kelad
Доказательный фрагмент
«This article explores the role of linguistic features in literary translation, focusing on the influence of national color and cultural differences on translation quality and comprehension.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the role of linguistic features in literary translation, focusing on the influence of national color and cultural differences on translation quality and comprehension. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- translation, linguistic features, cross-cultural differences, madaniyatlararo tafovut, umumlashtirish, kommunikativ ta’sir, lingvistik xususiyatlar, leksik birliklar., tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026