Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA TAʼLIMDA INKLYUZIVLIK
Egamberdiyeva Bonu
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada pedogagik texnologiyalarning taʼlim jarayonidagi oʻrni va uning inklyuziv taʼlim bilan oʻzaro bogʻliqligi haqida soʻz yuritilgan. Shuningdek, pedogagik texnologiyalar nima ekanligi, ularning oʻqitishdagi oʻrni va zamonaviy darslarda qanday foydasi borligi haqida fikrlar keltirilgan. Kalitsoʻzlar: texnologiya, pedagogik, inklyuziv, muammolioʻqitish,individual Annotatsия: В данной статье рассматривается роль педагогических технологий в образовательном процессе и их взаимосвязь с инклюзивным образованием. Также приводятся мнения о том, что представляют собой педагогические технологии, какова их рольвобучениии какую пользу ониприносят насовременных уроках. Ключевые слова: технология, педагогический, инклюзивный, проблемное обучение, индивидуальный Annotation : This article discusses the role of pedagogical technologies in the educational process and their connection with inclusive education. It also presents ideas about what pedagogical technologies are, their role in teaching, and how they are beneficial in modern lessons. Keywords: technology, pedagogical, inclusive, problem-based teaching, individual Jahonda soʻngi oʻn yilliklar davomida nutqimizda “pedogagik texnologiya”, ”zamonaviy pedogagik texnologiya”, “oʻqitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qoʻllanilmoqda. Taʼlim jarayonini texnologiyalashtirish gʻoyasi dastlab Gʻarbiy Yevropa va AQShda shakllangan. Ularda pedagogika fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik texnologiya ” tushunchasi ham isteʼmolda yoʻq. Ushbu mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “taʼlim jarayoni” sifatida nomlanadi. Shaxsga bilim berish, uning maʼlumotini oshirish , taʼlim samaradorligini taʼminlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini oʻqitishda asosiy eʼtibor taʼlim sifatini yaxshilashga, uningsamaradorligini taʼminlashga qaratiladi. Rivojlangan mamlakatlar taʼlim tizimida shaxs ijtimoiylashuvini taʼminlovchi yetakchi omil sifatida taʼlim jarayoni eʼtirof etilsa, biz shaxsning shakllanishida taʼlim hamda tarbiya jarayoni birdek ahamiyatga ega ekanligiga urgʻu beramiz. Aksariyat hollarda esa tarbiya jarayoni bu borada ustuvor boʻlishi lozim. Oʻzida axloqiy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsgina ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida ijobiy xususiyatni taʼminlaydi, axloqli insongina bilimni 757 qadrlay oladi degan gʻoyani ilgari suramiz. Shunday ekan bu oʻrinda “pedagogik texnologiya” tushunchasining qoʻllanilishi, shuningdek, asosiy eʼtiborni faqat taʼlim jarayonini samarali tashkil etishga qaratmay, balki ham taʼlim, ham tarbiya jarayonining samaradorligini Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. taʼminlashga birdek qaratish lozim. Har bir pedagog taʼlim berish jarayonida oʻquvchiga albatta tarbiya berish bilan ham shugʻullanishilozimligi alohida ahamiyatga egadir. Pedogagik texnologiyaning asosini muammoli oʻqitish tashkil etadi. Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli oʻqitishning turli taʼrif va tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan toʻliq va aniq taʼrif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan boʻlib, unda muammoli oʻqitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirish) hisobga olingan oʻrgatish va dars berish usullarini qoʻllash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga boʻlgan qiziqish, talab v.x.k) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli oʻqitish mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazishning muhim tomoni shundaki, bunda oʻqituvchi uning ham taʼlimiy, ham tarbiyaviy funksiyasini yaxshi anglab olgan boʻlishi talab qilinadi. Oʻqituvchi hech qachon oʻquvchilarga tayyor haqiqatni (yechimni) berishi kerak emas, balki ularga bilimlami olishga turtki berishi, mashgʻulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur boʻlgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim boʻladi. Muammoli oʻqitish bilimlarni ongli va mustahkam oʻzlashtirish, atrof-muhitga oʻzining faol munosabatini belgilab olishdaoʻquvchilarbilishfaoliyatini jonlantirishdakattaimkoniyatlaiga ega. Muammoli vaziyatni tashkil qilishdan oldin oʻquvchilarning ushbu vaziyat olib keladigan sabab- oqibat aloqalarini oʻrnata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, oʻquvchilarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini oʻrganish shartdir. Shuningdek, oʻqituvchi oʻquvchilarga faqat ular uchun qulay boʻlgan muammoni qoʻymasligi ham mumkin. Shu bilan birgalikda muammoning yechilishi uni toʻgʻri qoʻya bilishga bogʻliq ekanligini unutmaslik lozim. Pedagogik texnologiyalar- bu taʼlim jarayonini rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va nazorat qilishusullari majmuasidir. Inklyuziv taʼlim — bu har bir bola, shu jumladan jismoniy yoki aqliy imkoniyati cheklangan bolalar ham oʻz salohiyatiga qarab umumiy
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada pedogagik texnologiyalarning taʼlim jarayonidagi oʻrni va uning inklyuziv taʼlim bilan oʻzaro bogʻliqligi haqida soʻz yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada pedogagik texnologiyalarning taʼlim jarayonidagi oʻrni va uning inklyuziv taʼlim bilan oʻzaro bogʻliqligi haqida soʻz yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- technology, pedagogical, inclusive, problem-based teaching, individual, inklyuziv, pedagogik, texnologiya, muammoli oʻqitish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Образовательные инновации и интеграцияQodirova Odinaxon Xayitboy qizi2026