Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI TUSUHUNISHNING PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI · Jabbor Alisher Musirmon o’g’li
Современная наука и исследования · 61-64 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari va subyekt tomonidan axborotlarni qabul qilish va idrok etish jarayoniga ta’sir jihatlari yoritib berilgan. Maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy axborotlarning asosiy turlari, ularning sabab-oqibatlari ham batafsil ravishda tahlil etilgan. Kalit so’zlar: ijtimoiy tarmoq, axborot, tushunish, idrok etish, psixologik xususiyat. Ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari deganda, eng avvalo, shaxsning kognitiv xususiyatlari, ya'ni e'tibor, idrok va tafakkur kabi bilish jarayonlari muhim ahamiyat kasb etadi. Odamlarning axborotni qanday tushunishi va unga munosabat bildirishiga aynan e'tibor va idrok jarayonlari sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, kishi axborotni qabul qilishda selektiv idrokka ega bo'lib, bu o'z navbatida uning ijtimoiy tarmoqlarda ko'rgan axborotidan qaysi biri muhim yoki ishonchli ekanligini aniqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, insonning avvalgi bilimlari, tajribasi, stereotip va kognitiv sxemalari ham ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan axborotni qanday qabul qilishini belgilab beradi. Masalan, odam o‘z qarashlariga mos keladigan ma’lumotlarni ko‘proq eslab qoladi va aksincha, qarashlariga zid bo‘lgan axborotni esa chetlab o'tadi yoki unga shubha bilan qaraydi. Bu jarayon psixologiyada “kognitiv dissonans” va “tasdiqlash tarafkashligi” (confirmation bias) kabi tushunchalar bilan izohlanadi. Shuningdek, axborot tushunish jarayonida ijtimoiy-psixologik determinantlar, jumladan, shaxslararo munosabatlar, referent guruhlar va taqlid qilish mexanizmi ham sezilarli rol o‘ynaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning boshqa foydalanuvchilar yoki influencerlarning fikrlari ta’sirida qolishi tez-tez kuzatiladi. Xususan, odamlar axborotni baholash yoki unga ishonish jarayonida boshqa foydalanuvchilar bergan reaksiyalar (izohlar, like yoki repostlar soni)ga ham tayanadilar. Ijtimoiy taqqoslash nazariyasiga ko'ra, insonlar ijtimoiy tarmoqlarda boshqalar bilan o‘z fikrlarini solishtirib, natijada ko‘pchilik fikrini “haqiqat” deb qabul qilishga moyil bo'ladilar. Bundan tashqari, emotsional determinantlar ham juda muhim rol o'ynaydi, ya’ni ijtimoiy tarmoqlardagi axborotning emotsional jihatdan qanchalik ta'sirli bo‘lishi insonlarning uni tushunishi va qabul qilishiga katta ta’sir ko‘rsatadi1. Psixologik yondashuvda birlamchi obyekt inson bo’lib, matnning qabul qilinishida uning individual ruhiy holati, xususiyatlari ko’proq tahlil qilinadi. T.A. Drozdova matnni tushunishni psixologik tajribalar asosida tadqiq etib, uning darajalarini belgilaydi. Ammo bu darajalar har doim ham tushunish jarayonida yuzaga chiqavermasligini ta’kidlab o’tadi, ya’ni tajriba sinaluvchilarining 36% da tushunish jarayonining bosqichma-bosqich kechishi kuzatilgan bo’lsa, sinaluvchilarning qolganlarida tushunish aralash, betartib holatda amalga oshgan. Yuqorida keltirilgan bosqichlarning ayrimlari tushirib qoldirilgan, qisqartirilgan holatlar ham kuzatilgan. Kommunikativ vazifaning o’zgarishi tushunish va idrok etishning borishiga ta’sir 1 Гуменюк Ю. Квантитативная лингвистика и семантика.Новосибирск., 2001. – С.4. 15 3 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel qiladi. Drozdova tushunishning borishi sinaluvchilarning individual-psixologik xususiyatlariga bog’liqligini aytadi2. Matnlarni o’rganish va idrok etishda psixolingvistikada quyidagi yo’nalishlarni ajratish mumkin. Dastlabki yo’nalishda oliy asab tizimi faoliyati buzilgan insonlarda matnning qabul qilinishi tekshirilgan. Keyingi yo’nalishda maxsus matnlar yordamida tadqiqotlar amalga oshirilgan. Uchinchi yo’nalishda tilning turli uslublarida yaratilgan oddiy matnlardan foydalanilgan. Har uch yo’nalishda ham ikki xil tadqiqot usuli mavjud. Birinchi usulga ko’ra, jarayonning o’zini uning yakuniy natijasiga qarab tahlil qilinadi. Bunda matn qabul qilinayotganda miyaning ishlashini bevosita kuzatib bo’lmaydi, qabul qilib bo’lingach, inson ongida matn proyeksiyasi hosil bo’ladi, aynan shu proyeksiyani asl matn bilan solishtirilgan holda jarayon haqida xulosalar chiqariladi. Ikkinchi usul esa bevosita jarayonning o’zini neyrometodlar vositasida kuzatishga harakat qilinayotgan ishlar. Bu usul asosan AQSH, Gollandiya kabi psixolingvistika rivojlangan mamlakatlarga tegishlidir. Tadqiqotchilar sinaluvchilar miyasidagi qo’zg’alishlarni maxsus asboblar yordamida qayd etib boradi3. A.R. Luriya bosh miya chap yarimsharlari po’stlog’ining turli qismlari zararlanishida ya’ni afaziyaning turli ko’rinishlarida dekodlash jarayonining qanday buzilishini tahlil etgan. Luriya afaziyaning yetti ko’rinishini ajratadi: sensor afaziya, vizual-mnestik afaziya, audial- mnestik afaziya, semantik afaziya, afferent-motor afaziya, efferent-motor afaziya va dinamik afaziyalar. Sensor afaziyada fonematik eshitishning izdan chiqishini, audia
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari va subyekt tomonidan axborotlarni qabul qilish va idrok etish jarayoniga ta’sir jihatlari yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tushunishning psixologik determinantlari va subyekt tomonidan axborotlarni qabul qilish va idrok etish jarayoniga ta’sir jihatlari yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- idrok etish, axborot, ijtimoiy tarmoq, psixologik xususiyat., tushunish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026