Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TARBIYA DARSLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHVA RIVOJLANTIRISHYO'LLARI · Nuraddinova SurayyoRustam qizi
Журнал научных исследований и их решений · 4 · 2025
Аннотация
Mazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish yo'llarini o'rganadi. Tanqidiy fikrlash, o'quvchilarda mustaqil fikrlash, muammolarni tahlil qilish va qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Maqolada tarbiya darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishda qo'llaniladigan usullar, masalan, savollar va javoblar, munozaralar, vaziyatli masalalar, ijobiy va salbiy misollarni tahlil qilish kabi metodlar keltirilgan. Shuningdek, o'qituvchining roli va uning o'quvchilarga tanqidiy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati ta'kidlanadi. Maqola, boshlang'ich sinfda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish orqali o'quvchilarni mas'uliyatli va muvaffaqiyatli shaxslar bo'lishiga yo'naltiradi. Tanqidiy fikrlashning rivojlanishi, o'quvchilarda ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishgayordam beradi. Kalit so’zlar: Tanqidiy fikrlash, boshlang'ich sinf o'quvchilari , tarbiya darslar,o'quvchi faolligi,fikrni tahlil qilish,mantiqiy fikrlash,muammolarni hal qilish, kreativ fikrlash, o'qituvchi rolita'lim metodlari, yoshga mos ta'lim,tanqidiy savollar, o'zfikrini ifoda etish, o'zaro muloqot Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tarbiya darslari muhim ahamiyatga ega, chunki bu darslarda o'quvchilarda nafaqat bilimlar, balki axloqiy qadriyatlar va tanqidiy fikrlash ko'nikmalari ham shakllantiriladi. Tanqidiy fikrlash – bu muammoni chuqur tahlil qilish, o'z fikrini erkin ifodalash, mavjud fikrlarni baholash va qaror qabul qilish jarayonidir. Boshlang'ich sinfda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, o'quvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga yordam beradi vaular kelajakda muvaffaqiyatli shaxslar bo'lishlariga zaminyaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonining muayyan jihatlari quyidagi asoslarga tayanadi: o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish; o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiribborish; ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish; o‘quvchi tashabbusi vamajburiyatini qo‘llab-quvvatlash; amaliyot orqali o‘rganish; ikkitomonlamafikr-mulohazalar almashinuvinitashkil qilish; o‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; o‘quvjarayonini baholash; 1.Tanqidiy fikrlashni shakllantirishdatarbiya darslarining o'rni Tarbiya darslari o'quvchilarga hayotiy axloqiy qadriyatlarni o'rgatish va shaxs sifatida shakllanishidamuhimrol o'ynaydi. Bu darslar orqali o'quvchilar: -O'z fikrinierkin vaasosli ifodalashni o'rganadilar. - Boshqalar bilan muloqotda turli fikrlarni tinglash va ularga nisbatan hurmat ko'rsatishni o'zlashtiradilar. - Boshqa nuqtai nazarni tahlil qilishni va konstruktiv tanqid qilishni o'rganadilar. O’quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o’rganish uchun ularning muloqotga kirishish worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 4, ISSUE 02, APREL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodidan o’quvchilarning fikrlash vamuloqotga kirishishko’nikmalarni qiyoslashda kengfoydalaniladi.1 2.Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish usullari Boshlang'ich sinfda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun turli metod va usullarni qo'llash muhimdir. Quyidagi yondashuvlar samarali bo'lishi mumkin: a.Savollarvajavoblar orqali fikr yuritish O'quvchilarga turli mavzular bo'yicha savollar berish va ularni javoblar bilan fikrlarini asoslashga undash tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Misol uchun, "Nima uchun do'stlarimizni hurmat qilishimiz kerak?" yoki "Agar biz har doim to'g'ri ish qilmasak, natijalari qanday bo'lishi mumkin?"kabi savollar o'quvchilarning tahliliyfikrlarini shakllantirishga yordam beradi. b.Tartiblimunozaralar o‘tkazish Tarbiya darslarida o'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lib, muayyan mavzuda munozara o'tkazish mumkin.Har bir guruh turli nuqtai nazarlardan chiqib, o'z fikrlarini asoslashga harakat qiladi. Bu jarayon o'quvchilarda tahlil qilish va o'z fikrini argumentlar bilan qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarinirivojlantiradi. c.Vaziyatli masalalarorqali tanqidiyfikrlashni rivojlantirish O'quvchilarga turli hayotiy vaziyatlar, masalalar yoki dilemma ko'rsatish va ular haqida fikr yuritishni so'rash tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. Misol uchun, "Agar biron kishi do'stini ranjitgan bo'lsa, nima qilish kerak?" degan masala bo'yicha o'quvchilar o'z fikrlarini izchil ravishdaifodalashga harakat qilishadi. d.Ijobiy va salbiy misollarni tahlil qilish Tarbiya darslarida o'quvchilarga ijobiy va salbiy xulq-atvor misollarini ko'rsatish va ularga baho berishni so'rash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, o'quvchilarga "Yaxshi do'st qanday bo'lishi kerak?" yoki "Darsdan oldin uy vazifasini bajarmaslik nima sababdan yomon?" kabi savollarni berish, ularni ijobiy va salbiy misollarni solishtirib, xulq- atvorlarni baholashga undaydi. e.Ko'p variantli yechimlar bilan ishlash O'quvchilarga biror muammoni turli usulla
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish yo'llarini o'rganadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiya darslarida tanqidiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish yo'llarini o'rganadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarbiya darslar, kreativ fikrlash, yoshga mos ta'lim, muammolarni hal qilish, tanqidiy savollar, o'z fikrini ifoda etish, mantiqiy fikrlash, boshlang'ich sinf o'quvchilari, o'zaro muloqot, fikrni tahlil qilish, o'qituvchi roli ta'lim metodlari, Tanqidiy fikrlash, o'quvchi faolligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026