Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘ZBEKISTONDA AVTOMOBIL YO‘LLARI QURILISHI TADBIRKORLIGI SOHASIDA INNOVATSION O‘ZGARISHLAR HOLATINI TAHLILI
Sadinova Baxora Boymurzoyevna
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
The results of scientific work on the evolution of the world economy and the dynamics of innovative changes in the road construction entrepreneurship provide a basis for identifying several factors influencing this process. The article presents a brief analysis of the state of technological innovative changes in the road construction entrepreneurship in Uzbekistan. Key words: entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile, economic, intellectual, organizational, intangible, factor, employment, infrastructure, innovation, investment. Kirish. Ijtimoiy hayotning hozirgi sharoitida innovatsion o‘zgarishlar ko‘lami kengayib, ularning inson faoliyatining barcha sohalariga chuqur kirib borishi kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabab iqtisodiyotning har bir sohasida bevosita ishchi kuchi va aqliy mehnat mahsuli bo‘lgan mahsulotlar hal qiluvchi o‘rin egallashi hamda mulkchilik huquqlarining o‘zgarishidir. Bu esa, zanjir reaktsiyasi singari butun ijtimoiy-iqtisodiy tizimga tarqalmoqda. 2017 yildan boshlab qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”1gi Farmoni respublikamizda bir qator innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirilishiga sababchi bo‘ldi. 1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сон “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони https://lex.uz/docs/3107036 111 ` Jahon xo‘jaligi evolyutsiyasi va avtomobil yo‘llari qurilishi tadbirkorligi innovatsion o‘zgarishlar dinamikasiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari natijalari mazkur jarayonga ta’sir qiluvchi bir necha omillarni ajratib olishga zamin yaratadi. Ularga asosan uchta muhim omillar guruhini: endogen va ekzogen omillar hamda ularning kompleks ta’sirini kiritish mumkin. Tadqiqotlarimiz natijalaidan kelib chiqib avtomobil yo‘llari qurilishi tadbirkorligi innovatsion o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi ekzogen omillarga asosan jahon miqyosida narxlar ko‘tarilishi, tovar va pul bozori o‘rtasidagi nomutanosibliklar, eksport va importdagi farqlarni kiritish mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayonining chuqurlashuvi ekzogen omillarning o‘rnini yanada oshirmoqda. Bu omillar iqtisodiyotga, xususan, real sektorga ta’sir etib, siklik tebranishlarni hosil etadi. Ekzogen omillarning salbiy ta’siri real sektor ko‘rsatkichlarining pasayishiga sababchi bo‘lib, tovar va xizmatlar bozorida muvozanatlikni izdan chiqaradi. Asosiy qism. Oxirgi yillarda jahon iqtisodiyotdagi turg‘unlik ham aynan ekzogen omillar sababida vujudga keldi va avtomobil yo‘llari qurilishi tadbirkorligi innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Jumladan, Covid-19 yuzaga keltirgan pandemiya sabab, mamlakatlar o‘rtasidagi logistika tizimining izdan chiqishi, chegaralarning yopilishi xom ashyo va tayyor mahsulotlar narxining keskin ko‘tarilishiga, ba’zi importga asoslangan ishlab chiqarishlarning to‘xtab qolishiga olib keldi. Shuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy operasiyasi nafaqat nizo ishtirokchilari, balki butun jahon iqtisodiyotini sekinlashtiruvchi ekzogen omil bo‘lib xizmat qiladi. Bizning fikrimizcha, bu ta’sir O‘zbekiston iqtisodiyotida ham sezilarli bo‘ladi. Avtomobil yo‘llari qurilishi tadbirkorligi faoliyatidagi innovatsion o‘zgarishlarning endogen omillari - bu mavjud innovatsion tizim o‘zgarishiga olib keladigan ichki omillardir. Ularga asosan iqtisodiy xarakterdagi ijtimoiy yo‘naltirilgan omillar kiradi. Bu tadbirkorlik sektori va uy xo‘jaliklarining mavjud vaziyatni o‘zgartirishga qaratilgan ishtiyoqi bo‘lib, farovonlik darajasini oshirishga intilish, shuningdek, ma’lum ahloqiy va madaniy qadriyatlar doirasida ma’naviy rivojlanishga intilishlaridan iborat. Dunyo davlatlari tarixidagi odamlarning ixtirochilik va novatorlik faoliyatiga asoslanib har qanday shaklda innovatsiyalarni kiritilishi o‘zgarishlarning endogen omillari bo‘lib xizmat qiladi. Kompleks ta’sir omillari - endogen va ekzogen omillarning turli darajalardagi birgalikdagi ta’siridir. Ushbu omillarning kompleks ta’siri natijasida umumiy iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar ta’sirining kuchayishi va institusional vaziyatning sezilarli darajada siljishiga olib keladi. Biz tadqiqotimizda avtomobil yo‘llari qurilishi tadbirkorligi innovatsion o‘zgarishlarga yuqorida qayd etilgan omillar ta’sir darajasini jahon bo‘yicha hisob-kitobni amalga oshiradigan indekslar orqali tahlil etdik . Ular qatoriga: - jahon global raqobatlashuv indeksi. U Institute of Management Development (Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan) tomonidan tahlil qilinib, mamlakat real sektorini raqobatbardoshlik darajasini aniqlash bilan shug‘ ullanadi. Unda 333 ta ko‘rsatkichni o‘zida jamlagan iqtisodiyot holati, davlat samaradorligi, ishbilarmonlik sohasi holati va infratuzilmani tahlil qiladi. O‘zbekiston bu reytingga kirmaganligi sababli biz uni tahlil
Доказательный фрагмент
«The results of scientific work on the evolution of the world economy and the dynamics of innovative changes in the road construction entrepreneurship provide a basis for identifying several factors influencing this pr…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe results of scientific work on the evolution of the world economy and the dynamics of innovative changes in the road construction entrepreneurship provide a basis for identifying several factors influencing this pr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- entrepreneurship, potential, finance, personnel, technological, automobile, infrastruktura, iqtisodiy, intelektual, moliya, innovatsiya, tashkiliy, omil, salohiyat, investitsiya., nomoddiy, tadbirkorlik, kadr, texnologik, avtomobil, bandlik
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Журнал вестник врачаЖ Бекназаров, Ё Нурматов +12022