Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“NAFS”UMUMIY MA’NOLI ATOV BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Vafoyeva Mohinur Odiljon qizi (in-academy.uz/index.php/si) · F.H. Yuldoshev (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan. Kalit so’zlar: umumiy ma’no, xususiy ma’no, “nafs” umumiy semali atov birliklar, lingvoma’naviyatshunoslik, O‘TIL, ta’magirlik, nafs. Hozirgi ishiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda shaxs ma’naviyati kundan kunga muhim masala bo‘lib bormoqda. Zero, moddiyat bizning ma’naviy qadriyatlarimizdan ustun bo‘lmasligi uchun barchamiz mas’ullikni o’z zimmamizga olishimiz lozim. Birinchi prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida: “Dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi’’1. Chunki har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyati uning bugungi hayoti va kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. “Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati ya’ni mehr- muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish, undan zavqlanish,yovuzlikka nafrat,iroda,matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik,mushtaraklik kasb etgan majmuidir’’2. Ma’naviyat insoniyat uchun juda muhim masala sanalib,barcha zamonlarda alohida e’tibor berilgan.Chunki, ma’naviyat barcha sohalar bilan uzviy bog‘liq tushuncha hisoblanadi.Tilshunoslik ma’naviyat uchun eng yaqin sohalardan biridir. Bugungi kunda bu ikki sohani birlashtirib turuvchi yangi yo‘nalish- lingvoma’naviyatshunoslikdir. Ma’naviyat sistemasiga kiruvchi “nafs” umumiy semali atov birliklar juda ham keng tushuncha bo‘lib, avvalo, nafs tushunchasi va uning mazmun mohiyatini anglashimiz, tushunishimiz, idrok etishimiz zarur. Nafs tushunchasi asli falsafiy kategoriya bo‘lib, “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘atida quydagi ta’rifi bilan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” dagi leksikografik tavsifi quyidagicha farqlanadi. NAFS [arabcha. Qalb, ko‘ngil ,inson, maqsad, intilish, g‘urur, mag‘rurlik] 1) yeyish-ichishva mol-dunyoga bo‘lgan extiros 2) shahvoniy xirs. Nafs insonning moddiy o‘zligi “meni”dir3. 1Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmaskuch’’. Toshkent: Ma’naviyat’’ 2010. 2Mirziyoyev Sh. Erkin vafarovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston 2016 . –B 56. 3.,,Ma’naviyat’’ asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot. Toshkent-2010 51 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si NAFS [a.-qalb, ko‘ngil,inson; maqsad, intilish; g‘urur, mag‘rurlik] 1.mol-dunyoga, yeyish-ichishga bo‘lgan ehtiros. Mening nafsim balodur, yongan o‘tga soladir. Maqol. 2.Shahvoniy hirs. Boyvachchaning ko‘zida har bir xotin uning nafsi, hirsi uchun yaratilgan chiroyli meva edi. Oybek. Tanlanganasarlar4. Umumiy qilib aytganda, nafs leksimasi ikki qismga bo‘linadi: moddiy va ma’naviy.Ahmad Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish, kishilarni insofli,diyonatli,iymonli bo‘lishga chaqirishda foydalanish o‘rinli.Yassaviy inson hayotidagi katta kurash nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. U nafsga mag‘lub bo‘lgan shoh-qul, nafsdan ustunlikka erishgan qul shohdir, deydi. Nafs inson uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo‘lmagan kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O‘z hikmatlaridan birida shunday deydi: Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur, Yo‘ldan ozib,toyib,to‘zib gumroh bo‘lur. Yotsa-tursa shayton bilan hamroh bo‘lur… U nafs bandalariga qarata “Nafsni teygil, nafsni teygil, ey badkirdor” deb murojaat etadi. Nafs insondagi butunlikni parchalaydi, iymonni sindiradi.Shu bois “Nafsni tanib mehnat etsa rohat”- deb xitob qiladi.5 “Nafs” umumiy ma’noli atov birliklar o‘zining umumiy va xususiy ma’nolariga ega bo‘lib, mazkur ma’noviy guruh quyidagicha guruhlarga bo‘linadi. “Nafs” umumiy ma’noli atov birliklarga “Nafs” umumiy ma’noli atov birliklarga bevosita kiradigan so‘zlar bilvosita kiradigan so‘zlar Ochko‘zlik Badkirdorlik Tamagirlik Shuhatparastlik O‘larmon Xudbinlik Haris Xasislik Poraxo‘rlik Manfaatparastlik Xususan, “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati hamda boshqa lug‘alardagi tavsif asosida, “nafs” umumiy semali atov birliklar sistemasinini yadrosini tashkil etgan leksemalar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin: -tamagir; -ochko‘z; -xaris; -o‘larmon; - poraxo‘r. Ushbu birliklarning semalarini aniqlash uchun “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va maxsus lug‘atlarga murojaat qilamiz. TAMAGIR [a. –biror narsa olishga intiluvchi; ochko‘z; manfaatparast] Birovdan o‘lja olishga, ta’ma qilishga o‘rgangan, ta’ma qiluvchi .Uchinchi bir turkum odamlar borki, hatto 4.O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Tos
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- xususiy ma’no, “nafs” umumiy semali atov birliklar, lingvoma’naviyatshunoslik, O‘TIL, nafs., ta’magirlik, umumiy ma’no
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026
Учебная литератураМихаил Иванин2018