МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022
G’arb va sharq madaniyatida sevgining qiyosiy tahlili. (“Farhod va Shirin” hamda “Romeo va Julietta” asarlari asosida)
G.X. Nurmatova · Sabirova Shohida Shuxratovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada G’arb va Sharq xalqlarining ikki buyuk namoyondalari tomonidan yozilgan “Farhod va Shirin” hamda “Romeo va Julietta” asarlarining taqqosiy tahlili beriladi. Bu orqali biz xalqlar madaniyati rivojlanishida adabiyotning ahamiyatini o’rganamiz. . Kalitso’zlar: sevgi qissasi, adabiy an’analar, madaniyat, xarakter. Sharq adabiyotida Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni, G’arbda bo’lsa Uilyam Shekspir qalamiga mansub bo’lgan “Romeo va Julietta” asarlari ushbu ikki hil madaniyatni turli jabhadan yoritib berishda o’zining bebaho o’rniga ega. Bu asarlarni tahlil qilish bizga G’arb va Sharq orasidagi madaniy va ijtimoiy tafovutlar, adabiy an’analarning farqli va o’xshash tomonlarini o’rganishda va ularda muhabbat tushunchasiga qanday o’xshash va bir- biridan farqlanadigan turliqarashlar borligi haqida mulohazaqilishga imkon yaratadi. Ko’pchilik yozuvchi va adabiyotshunoslar ushbu asarlar haqida o’zlarining fikrlarini bildirib o’tishgan. Masalan, Oybek “Farhod va Shirin” asarini sharqona sevgi va insoniy kamolotning oliy namunasi deb ataydi. Uning fikricha, Farhod ham ishq uchun ham xalq uchun fidoyilik ko’rsatgan qahramon. Irlandiyalik mashhur dramaturg Jorj Bernard Shou “Romeo va Julietta” haqida o’zining tanqidiy fikrini bildirib o’tadi. U Romeo va Juliettani yosh va tajribasiz hisoblaydi va ularning fojiasini yoshlikning g’ayrat va o’ylamasligi natijasida sodir bo’lgan holat sifatidako’radi. Mashhur o’zbek adabiyotshunosi ustoz Oybek Alisher Navoiyning ikki dostoni “Farhod va Shirin” hamda “Layli va “Majnun” dostoni qahramonlari Farhod va Majnunni o’zaro taqqoslaydi. Bundan biz bir madaniyatning ikki hil obrazining turli xarakter xususiyatlari va tashqi omillarni muhabbatga turfa ta’siri haqida o’rgana olamiz biroq bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki hil mintaqaga xos bolgan ikkita asarni solishtirish orqali ma’lum bir hudud aholisining madaniyati va dunyoqarashi shakllanishida adabiyotning o’rni qanchalik katta ekanliginibilib olishimizmumkin. Avvalambor, bu asarlar o’rtasidagi eng katta farq bu ularning janridir. Chunki, “Farhod va Shirin” lirik-epik doston, “Romeo va Julietta” esa fojiyaviy drama hisoblanadi. Shu yerda aytib o’tish joizki, drama janri G’arbda ancha oldin paydo bo’lgan va bu qadimgi Yunon davriga borib taqladi. O’zbek adabiyotiga bo’lsa drama janri XX asr boshlarida kirib kelgan. Ammo, shunga qaramasdan, ulardagi bir nechta bir-biriga o’xshash va farqli jihatlarni sanab o’tishimiz mumkin. Dastlab, asar qahramonlarining o’ziga xos harakterlarini ko’zdan kechirib chiqsak. Hamid Olimjon Farhodni insonning billur obrazi deb tasvirlaganidek, u o’zining o’tkir aqli, mehnatkashligi va fidoyiligi bilan tillarda doston bo’lsa, Romeo hissiyotga beriluvchanligi va beqarorligi bilan nom qozongan. Shirin va Juliettaga qarasak, ularni bir-birdan ajratib turadigan harakteri ularning muhabbatga bo’lgan munosabatlari desam menimcha yanglishmagan bo’laman. Chunki, Shirin sevgini faqat hissiyotlari orqali emas balki, o’z aqliga tayangan holda qabul qiladi. Julietta bo’lsa, bu tuyg’uni o’z hayotining asosiy mazmuni deb biladi va shoshqaloqlikbilan qarorlarchiqarib, o’z joniga qasd qilishgacha boradi. Menimcha, endi ular o’rtasidagi o’xshashliklarni ko’rib chiqishimizmumkin: Ikkala sevgi qissasi ham muhabbatni aks ettiradi va qahramonlar tashqi ta’sirlar sababli to’siqlarga uchraydilar. Qahramonlaro’zsevisiga erishish uchun hamma narsasini qurbon qilishga tayyor edilar. Samarkand State Institute of Foreign Languages 581 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Sevgi qissalarining fojiali yakuni G’arb va Sharq qahramonlarini birlashtirib turuvchi o’xshashliklaridan biridir. Bu asarlarning bir-biridan ajratib turuvchi farqli tomonlarini ham ko’zdan kechirib chiqishni lozim deb topdim. Chunki bu orqali biz nafaqat ikki turfa millat asarlari o’rtasidagi tafovutni, balki shu millat madaniyatini o’ziga xos jihatlarini ham solishtira olamiz. Bu farqlar quyidagicha bo’lishimumkin: Qahramonlardamuhabbat paydo bo’lish jarayoni. Ularning muhabbatidagi oilavajamiyatning o’rni. Sevishganlarning o’limga qaror berishlari. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, bu ikki xil xalqqa mansub bo’lgan asar qahramonlari taqdirida va xatti-harakatlarida shu ikki xil madaniyatning ta’sirini ko’ra olamiz. “Farhod va Shirin” sabr-matonat va fidoyilikni aks ettirsa, “Romeo va Julietta” da ikki yoshning otashin muhabbati ko’rsatiladi. Sharqning muhabbat qissasi sabr, mehnat va fidoyilik haqida bo’lsa, G’arb madaniyati shiddatli sevgini o’z asarlarida ifodalaydi. Biroq, har ikkalasi ham sof, insoniy tuyg’ular kuchini va muhabbat insonni qay ko’ylarga sola olishini ko’rsatadi. Shuning uchun bu asarlar oradan shuncha vaqt o’tsada o’z dolzarbligini yo’qotmadi va insoniyat tarixida unutilmas asarlar sifatidaqolishgamuvaffaq bo’ldi. Foydalanilganadabiyotlarro’yxati: 1.AlisherNavoiy. “Farhod va Shirin”.–Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot manbaa uyi, 2020. 2.Uilyam Shekspir.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada G’arb va Sharq xalqlarining ikki buyuk namoyondalari tomonidan yozilgan “Farhod va Shirin” hamda “Romeo va Julietta” asarlarining taqqosiy tahlili beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada G’arb va Sharq xalqlarining ikki buyuk namoyondalari tomonidan yozilgan “Farhod va Shirin” hamda “Romeo va Julietta” asarlarining taqqosiy tahlili beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- culture, персонаж, xarakter, история любви, adabiy an’analar, литературные традиции, культура, sevgi qissasi, literary traditions, character, love story, madaniyat
Смежные источники
Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеНазарова Шаҳло2017