К содержанию
РецензированоRU2026

SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA ROZMARIN (ROSMARINUM OFFICINALIS L.)NI KOʻPAYTIRISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQARISH VA XOM ASHYOSINI TAYYORLASH

Iskandarova Sayyora · Tolliboyeva Setora (Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi)

Академические исследования в современной науке · 539 · 58-60 · 2026

Аннотация

О‘zbekiston farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xom ashyosiga bо‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Bunday obyektlarga- Dorivor rоzmarin, Dorivor rоzmarin, dorivor tirnokgul, dorivor moychechak, namatak, valeriana,dо‘lana, zirk va boshqalar kiradi. Bular orasida Dorivor rоzmarinfarmatsevtika, parfyumeriya, oziq-ovqat va meditsina sanotida о‘zining keng qamrovda ishlatilishi bilan alohida ajralib turadi. Kalit so‘zlar. rоzmarin (Rosmarinum officinalis L.), ildiz, efir moyi, dubil moddalar, kislotalar, gulida flavonoid, glyukozalar. Ilmiy tabobatda ishlatiladigan dorivor о‘simliklarning aksariyati asrlar davomida xalq ishlatib kelgan о‘simliklardan olingan. Xalq meditsinasida qо‘llanib kelinadigan dorivor о‘simliklarni ilmiy tabobatda ishlatib bо‘lmaydi. О‘zbekistonda dorivor о‘simliklardan kо‘proq anor, achchiqmiya, bodom, dorivor gulxayri, yong‘oq, jag‘-jag‘, zubturum, isiriq, itsigek, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyо‘t, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, qizilcha, qoqiо‘t va boshqalar tarqalgan. Achchiqmiyadan — paxikarnin, isiriqdan garmin, itsigekdan anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin alkoloidlari olinadi. Anor pо‘stidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri preparatlari balg‘am kо‘chiruvchi va yumshatuvchi, jag‘-jag‘ va lagoxilus dorilari qon ketishni tо‘xtatuvchi, pista bujg‘uni va choyо‘tdan tayyorlangan dorilar meda-ichak kasalliklarini davolovchi sifatida ishlatiladi. Dorivor о‘simliklarni 2 xil tavsiflash qabul qilingan: 1. Ta’sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkoloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar; 2. Farmokologik kо‘rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, shuningdek, yurak-tomir tizimiga ta’sir qiluvchi, markaziy nerv tizimini qо‘zg‘atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqa dorivor о‘simliklar. Dorivor rоzmarin – Rosmarinun officinalis L.о‘simligi – Labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub. О‘tkir hidli, kо‘p yillik, bо‘yi 80sm.dan toki 2m. 71 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference gacha о‘sadigan, doimiy yashil chala buta о‘simlik. Ildizi о‘q ildiz, poyasining asosiy qismi yog‘ochlangan, shoxlangan 4 qirrali. Barglari qmarama-qarshi joylashgan, bandsiz yoki kalta bandli lansentsimon yoki chiziqsimon, chetlari bir oz pastga qayrilgan. Aprel-may oylari gullaydi. Uning gullari siyoh rang, pushti rang, barglari oralarida 3–7 tadan xalqa hosil qilib tо‘plangan. Xalqadagi gullar boshoqsimon, uzunligi 20–22 santimetrga yetadigan soyabonlarni tashkil qiladi. Urug‘lari avgust oylaridan yetiladi. Ular uch kirrali-tuxumsimon yong‘oqchadan iborat. Uzunligi 2,5–3 mm bо‘lib, yong‘oqchalarining usti notekis uch kirrali, rangi tuq jigarrangda yoki qо‘ng‘ir qora rangda bо‘lib, 1000 dona urug‘ og‘irligi 0.9-1.2gr.ni tashkil etadi (1-rasm). Dorivor rоzmarin о‘simligini tabiiy tarqalgan xududlari Yevropada (Italiya, Fransiya va Ispaniya, shukingdek, Shimoliy Afrika xududlarida, Amerika, Osiyo. Qirim, Kavkaz, Moldava, hamda О‘rta Osiyo mamlakatlarida manzarali va dorivor о‘simlik sifatida yetishtiriladi. 1-rasm. Dorivor rоzmarin, о‘simlikning umumiy kо‘rinishi Bargida 0,90–1,98 foiz efir moyi, dubil moddalar, kislotalar va gulida flavonoid – diosimin C N O , razmarini va glyukozalar mavjud. Efir moyi 34 44 6 tarkibida a va b pinyanlar, 1–pinokamfon, 1–pinokamfeola va uning uksus efirlari, aldegin, kamfen, seniol, uksus kislotasi, spirt aralashmalari va seskviterpenlar tutadi. Dorivor rоzmarin ning efir moyi farmatsevtika sanoatida asosan surtmalar sifatida ishlatiladi, bundan tashqari boshqa dorilarning hidini yaxshilashda qо‘llaniladi. Efir moyi antiseptik xususiyatga ega bо‘lganligi uchun kuygan joylarni tuzatuvchi va qolgan dog‘larni yо‘qotishda surtma vositasi sifatida foydalaniladi. Tibbiyotda kо‘krak organlari, nafas siqilishi, bronxit va bronxial astma kasalliklarini tuzatishda ishlatiladi. Razmarin moyi oziq-ovqat sanoatida ham keng foydalanib kelinmoqda. Samarqand viloyati Samarqand tumanining tajriba yer maydoni sharoiti. 72 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Iqlimi keskin kontinental. Tuprog‘i madaniy sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproq hisoblanadi. Iqlim va tuproq sharoitlarini o‘rganishda Samarqand gidrometeostansiya ma’lumotlaridan foydalaniladi. Iqlimi. Samarqand viloyati Samarqand tumanining tajriba yer maydoni joylashgan hudud iqlimi sharoiti bo‘yicha B.A. Alisova va boshqalar [1952] shimoliy yarim sharning subtropik o‘lkasi va keskin kontinental iqlim sharoitlariga kiritgan. Ushbu mintaqada havo haroratining oylar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichi 15,30C, shundan eng yuqori yozgi harorati +44,20C va eng past harorat esa -33,50C dan iborat bo‘ladi. Samarqand tuproqlari bo‘z tuproqdir. Samarqand viloyati Samarqand tumanining tajriba yer maydoni tuproq sharoiti bo‘z tuproq. Ushbu hududning tuprog‘i asosan tipik bo‘z tuproqdan, Ohalik soy atroflarida ba’zan qumoq va toshli

Доказательный фрагмент

«О‘zbekiston farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xom ashyosiga bо‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda.»

Образец извлечения

Демо-превью

О‘zbekiston farmatsevtika sanoatini dorivor о‘simliklar xom ashyosiga bо‘lgan talabi kun sayin ortib bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rоzmarin (Rosmarinum officinalis L.), kislotalar, dubil moddalar, efir moyi, ildiz, gulida flavonoid, glyukozalar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники