К содержанию
РецензированоRU2026

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA AKSIOLOGIK LEKSIKANING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI · Islomova Zahro Shuhrat qizi · Yuldosheva Nilufar Ergashovna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti ingliz tili fani o‘qituvchisi.)

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Данное исследование посвящено анализу лингвокультурологических особенностей аксиологической лексики в узбекском и английском языках. Аксиологические единицы выражают социальные, моральные и эстетические ценности народа посредством языка. В ходе исследования лексические единицы с положительными и отрицательными значениями в обоих языках изучаются в семантическом, фразеологическом и культурном контексте. Определяется их место в системе народного мышления, национального мировоззрения и культурных ценностей. Это раскрывает неразрывную связь языка и культуры и создает научную основу для сравнительного анализа на основе лингвокультурологического подхода. Ключевые слова: Аксиологическая лексика, положительная и отрицательная оценка, лингвокультурология, система ценностей, фразеологизмы, семантика, сопоставительный анализ, национальная идеология. Til nafaqat aloqa vositasi, balki xalqning tafakkuri, ruhiy-ma’naviy dunyosi va qadriyatlar tizimini aks ettiruvchi madaniy kod hisoblanadi. Aksiologik lingvistika tilda mavjud bo‘lgan qadriyatga oid birliklarni aniqlash, tahlil qilish va ularning madaniy hamda ijtimoiy kontekstdagi rolini o‘rganishga qaratilgan yo‘nalishdir. Har qanday til o‘zining baholovchi imkoniyatlari orqali xalqning estetik, axloqiy, hissiy va ma’naviy qarashlarini 116 ifodalaydi. Baholovchi birliklar – so‘zlar, frazeologizmlar, metaforalar va iboralar – shu jihatdan aksiologik leksikani tashkil etadi. Aksiologik leksikaning tadqiqi zamonaviy lingvistikada madaniy tafakkur va tilning o‘zaro bog‘liqligini ochib berishda muhim omildir. Baholovchi so‘zlar orqali xalqning ideal shaxs modeli, ijtimoiy qadriyatlarga munosabati, yaxshi va yomon tushunchasiga bo‘lgan qarashlari aniqlanadi. Bunday birliklar nafaqat tilda, balki xalq og‘zaki ijodi, maqol va matallarda ham keng uchraydi. Tadqiqot jarayonida qadriyatga oid birliklarning tarjimasidagi nozikliklar, ularning ma’no to‘yinishi va milliy tafakkurdagi o‘rni ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aksiologik birliklar tilning estetik, axloqiy va hissiy yukini anglashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tezis o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik leksikaning lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bu ikki til madaniyatidagi qadriyatlar tizimi va ularning til vositalarida qanday aks etishi qiyosiy asosda tahlil qilinadi. Aksiologik leksika tarkibiga ijobiy va salbiy baho yuklangan so‘zlar, ular orqali ifodalangan hissiyotlar, shaxsga va hodisalarga nisbatan munosabatlar kiradi. Masalan, o‘zbek tilida “olijanob”, “xushfe’l”, “mehribon” kabi ijobiy sifatlar, yoki “pastkash”, “qo‘rs”, “jahldor” kabi salbiy baholovchi birliklar mavjud. Ingliz tilida esa bu kabi baholar “noble”, “kind”, “charming”, “rude”, “greedy”, “jealous” kabi birliklar orqali ifodalanadi. Tadqiqot davomida quyidagi yo‘nalishlarda tahlil amalga oshiriladi: 1. Leksik-semantik tahlil – aksiologik birliklarning asosiy, konnotativ va ko‘chma ma’nolari tahlili. 2. Frazeologik tahlil – o‘zbek va ingliz tillarida qadriyatga oid iboralar (masalan, “tili achchiq”, “yuragi keng”, “black-hearted”, “sweet-natured”) taqqoslanadi. 3. Lingvokulturologik kontekst – har bir xalq tafakkurida qanday baho mezonlari mavjudligi aniqlanadi. 4. Pragmatik va stilistik xususiyatlar – aksiologik birliklarning kommunikativ vazifasi, emotsional yuklamasi va uslubiy roli. O‘zbek tili baholovchi birliklarida ko‘proq ijtimoiy hamjihatlik, kollektiv qadriyatlar va axloqiy poklik ustuvorlik qiladi. Ingliz tilida esa individual fazilatlar, mustaqillik, xushmuomalalik kabi qadriyatlar asosiy baho mezoni sifatida ko‘zga tashlanadi. Bu esa tilda aks etgan aksiologik birliklarning milliy tafakkur bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, aksiologik leksika tilning hissiy-estetik qatlamini tashkil etadi va madaniy tafakkurning lingvistik in’ikosidir. Har ikki tilda baholovchi birliklar orqali xalqning shaxsiy xususiyatlarga, ijtimoiy hodisalarga, urf-odat va e’tiqodlarga nisbatan munosabati ifodalanadi. Bu esa ularning tarjimasi, madaniyatlararo muloqotdagi roli va pragmatik vosita sifatidagi ahamiyatini oshiradi. Xulosa qilib aytganda, o‘zbek va ingliz tillarida aksiologik leksikaning lingvokulturologik jihatdan qiyosiy o‘rganilishi tilshunoslikda til va madaniyat o‘zaro aloqasini chuqur yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot tarjimashunoslik, madaniyatshunoslik, qiyosiy tilshunoslik hamda pragmatik tahlil uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Доказательный фрагмент

«Данное исследование посвящено анализу лингвокультурологических особенностей аксиологической лексики в узбекском и английском языках.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данное исследование посвящено анализу лингвокультурологических особенностей аксиологической лексики в узбекском и английском языках. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Axiological lexicon, positive and negative evaluation, linguoculturology, lingvokulturologiya, milliy tafakkur., Aksiologik leksika, frazeologik birliklar, qiyosiy tahlil, qadriyatlar tizimi, semantika, ijobiy va salbiy baho
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники