К содержанию
РецензированоRU2025

Особенности общения детей с речевыми нарушениями

Saodat KHUSNIDINOVA

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 3 · 97-105 · 2025

Аннотация

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются формы речевых дефекты речи, нарушений, причины их возникновения, а также особенности, особенности общения детей с речевыми нарушениями. экзогенные, эндогенные, монотонные, праксис. 1 Teacher, Department of Pedagogy and Psychology, Alfraganus University. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 Bolalarda nutq buzilishlarining yuzaga kelishida ekzogen-organik omilning rolini baholashda jarohatning vaqti, xarakteri va joylashishini, bola nerv tizimining moslashuvchanligini, shuningdek, miya jarohatlangan paytda nutq funksiyasining shakllanganlik darajasini hisobga olish zarur. Ko‘pincha aqli zaif va biror ruhiy kasallikka chalingan kishilarda uchraydi. Bu kasallikda tormozlanish jarayoni qo‘zg‘alish jarayonidan ustun turadi. Bradilaliyaning boshlanishida tarbiya, taqlid qilish, intoksikatsiya va astenizatsiya kabi omillar ham ahamiyatga ega. Shimoliy mamlakatlarda yashovchi kishilarning gapirish usuli bradilaliyaga o‘xshab ketadi. Lekin bu mamlakatlarda shunday gapirish odat tusiga kirib qolgan va patologiya bo‘lib hisoblanmaydi. Bradilaliya ichki va tashqi nutq tezligi va maromining buzilishi, ovozning bir xil, monoton bo‘lishi, so‘zlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish – so‘zlarni cho‘zib gapirish, tovushlar orasidagi pauzalarni uzaytirib yuborish bilan namoyon bo‘ladi va hokazo. Bradilaliya bilan kasallangan kishilarning cho‘ziq, qovushmagan nutqi tinglovchilardan ularni nihoyatda diqqat bilan eshitishini talab qiladi. O‘rtacha va kuchsiz bradilaliya bilan kasallangan kishilar o‘z nutqidagi kamchilikni sezmaydilar ham. Bradilaliyaning og‘irroq xillarida esa kishi nutqidagi kamchiligini sezadi va bundan ruhan qiynala boshlaydi. Bunday kishilar iloj istab, logopedlarga murojaat qilganlarida ko‘pincha gaplarini odamlar tushunmasligi yoki ko‘pchilik u bilan gaplashishini yoqtirmasligidan shikoyat qiladi. Bradilaliya aksari asabiy yoki ruhiy kasallikka aloqador bo‘ladi. Bradilaliya markaziy asab sistemasining organik kasalliklari, bosh miya shikastlanishi, unda o‘sma paydo bo‘lishi natijasida ham uchrab turadi. Bunday hollarda nutq sur’atining buzilishi, aynishi, umumiy motorikaning sekinlashuvi, susayishi, tormozlanishi, umumiy loqaydlik bilan birga uchraydi. Bradilaliyani tuzatishda logopediyaning alohida usullari, shaxsan qayta tarbiyalash vositalari, har xil dori- darmonlar, nafas gimnastikasining alohida shakllari, logopedik ritmika, fizioterapiya va boshqalardan keng foydalaniladi. Logopedik ta’sir asosan quydagilarga erishishni ko‘zda tutadi: a) gapirish jarayonida tez va aniq harakatlarga erishish; b) tez gapirish yo‘li bilan tez gapirish reaksiyasini tug‘dirish; d) ichki nutq tezligini oshirishga erishish (tashqi muhit ta’sirlari, harakat va ritmika yordamida); e) tez o‘qish va yozishga o‘rgatish; f) ifodali, ongli o‘qishga o‘rgatish. Bunda logoped gapirish tezligini oshirishni talab etar ekan, bolaning imkoniyatlarini, qobiliyatini, charchab qolmaydigan bo‘lishini hisobga olishi va nutqda ishtirok etadigan muskullar harakatini rivojlantiradigan nutq mashqlarini olib borishi, logopedik ritmika va musiqa mashqlarini tashkil etishi lozim. Nutq sur’atining patologik tezlashishi, haddan tashqari bidirlab, tez gapirish – taxilaliya deb yuritiladi. Olimlar taxilaliya nutq tezligi buzilishining mustaqil shakli ekanligini, shu bilan birga taxilaliyaning nasldan naslga o‘tishi ham isbotlandi. Lekin taxilaliya ba’zan tashqi muhit omillariga (tarbiyaning noto‘g‘ri bo‘lishi, taqlid qilishga) ham bog‘liq bo‘ladi. Taxilaliyaga, odatda, tashqi va ichki nutqning tezlashuvidan tashqari umumiy motorikaning va boshqa ruhiy jarayonlarning tezlashishi, odatdan tashqari faollik, jonsaraklik ham xos bo‘ladi. Taxilaliya bilan kasallangan kishilar nutqi bahslashish yoki tez gapirish zarur bo‘lib qolgan vaqtlarda, ayniqsa tezlashadi va shoshqaloqlik avjiga chiqib, so‘zlayotgan kishining diqqati ham sochila boshlaydi. Gapda tutilib qolish, iboralarni qaytarish, 98 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Special Issue – 3 (2025) / ISSN 2181-3701 qo‘shimchalar o‘rnini almashtirib yuborish, gapni buzib gapirish va fikrlarni noaniq ifodalash kabi kamchiliklar ko‘p uchraydi. Lekin gapirayotgan kishi nutqiga e’tibor beriladigan bo‘lsa, u tezda to‘g‘ri gapira boshlashga, tutilib gapirish yo‘qoladi, ammo so‘zlash tezligi boshqalarnikiga nisbatan yuqoriligicha qolaveradi. Taxilaliya bilan kasallangan kishilarni davolashning asosiy prinsiplari olimlar tomonidan ishlab chiqilgan. Gapirish ortopediyasi asosan jamoa orasida tushuntirish psixologiyasi orqali olib boriladi. Bunday kishilarning nutqiga e’tibor berish, gapirish tezligini to‘g‘rilab borish, mantiqiy fikrlarni tarbiyalash ulardagi kamchiliklarni bartaraf etishda katta ahamiyatga egadir. Bunda asosiy diqqat umumiy psixomotor

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются формы речевых дефекты речи, нарушений, причины их возникновения, а также особенности, особенности общения детей с речевыми нарушениями.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В данной статье рассматриваются формы речевых дефекты речи, нарушений, причины их возникновения, а также особенности, особенности общения детей с речевыми нарушениями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech deficiencies, nutq kamchiliklari, xususiyatlari, monotonous, monoton, эндогенные, praksis, praxis, endogenous, особенности, экзогенные, endogen, дефекты речи, монотонные, exogenous, ekzogen, праксис, characteristics
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияENРецензированоОткрытый доступ
COGNITIVE PERSPECTIVES OF TRAINING GOOD VOCABULARY LEARNERS

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ЯЗЫКА, ОБРАЗОВАНИЯ, ПЕРЕВОДААбдуллаева, Гулнора Гайбуллоевна2022

3