К содержанию
РецензированоRU2026

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIKALIK KONFLIKTLARNI YECHISHDA O‘QITUVCHINING KOMPETENTLIGI

YECHISHDA O‘QITUVCHINING KOMPETENTLIGI · Tuzelboyeva Dinora Rashid qizi · Ajiniyoz nomidagi NDPI Magistratura bo‘limi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses the issue of resolving conflicts between teachers and students in general secondary schools and building mutual respect. Keywords: school, problem behavior, teacher skills. КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧИТЕЛЯ В РАЗРЕШЕНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КОНФЛИКТОВ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ Аннотация. В статье рассматриваются вопросы разрешения конфликтов между учителями и учениками и формирования взаимного уважения в общеобразовательных средних школах. Ключевые слова: школа, проблемное поведение, навыки учителя. Bilamizki, maktab hayotida o‘quvchilar har tomonlama rivojlanib ulg‘ayishadi: ham jisman, ham ruhan, ham manan. Ularni bilim va tarbiyasi uchun javobgar bo‘lgan shaxslar hisoblangan o‘qituvchilar esa ularga o‘z farzandlarini tarbiyalagandek, bor bilim va g‘ayratlarini namoyon etishadi. Lekin shunday damlar bo‘ladiki o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida biz xoxlamagam tarzda konfliktli vaziyatlar sodir bo‘ladi. Bu esa o‘qituvchidan vaziyatga to‘g‘ri baho berishni, bu ziddiyatlarni bart’araf etish shakllari, metodikasini puxta egallashni talab etadi. Muammoli xulq-atvorining motivlari. Tartibni buzgan o‘quvchi bu xatti-harakat noto‘g‘ri ekanligini anglasa ham, ammo u o‘z xulq-atvorining motivini tushunmaydi. Har bir o‘quvchi uchun bu xatti-harakatning turli sabab maqsadlari mavjud. Pedagoglar esa bu motivlarning qanday bo‘lishiga qaramay ularga ta’sir etish usullarini topishlari lozim. Agar pedagoglar xulq-atvorning buzilish sabablarini aniqlashga qodir bo‘lsalar, u holda o‘quvchi bilan konstruktiv munosabatlarini o‘rnata oladilar, samarasiz muloqat samarali muloqotga aylanishi mumkin. Bunda strategiyani tanlash qadamma-qadam muammoning yechimini topish imkonini beradi. 1258 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Bunday vaziyatga pedagogik aralashuv natijasida shunday sharoitlar yaratiladiki, bolalar o‘z intizomlarini to‘g‘irlash borasidagi ma’lum qaror qabul qiladilar. O‘quvchilarning xulq borasidagi tanlovi, uning yomon xulq-atvorining sababi o‘qituvchi tomonidan aniqlanishi va nazoratga olinishiga bog‘liq. Har bir pedagog o‘quvchilargaga o‘zini maktab hayotining to‘liq ishtirokchisi ekanligini his qilishiga yordam berishi lozim. Bu borada pedagogga mazkur muammoga individual yondashish bo‘yicha amaliy reja tuzish tavsiya etiladi. Bu reja o‘quvchining xulq-atvoriga samarali ta’sir etishdan iboratdir. Rejani tuzishda o‘qituvchi o‘zining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Albatta bunda vaqt va vaziyatni nazorat qilish talab etiladi, lekin natijalar o‘zini oqlaydi. O‘qituvchining qarashlari, ya’ni ustanovkasi o‘zgaradi, xavotirlik yo‘qoladi, avvallari muammoli o‘quvchidan faqatgina yomon xulq-atvorni kutgan bo‘lsa, endi yutuqqa erishishga ishonchi komil bo‘ladi. Ushbu rejani quyidagilar tashkil etishi mumkin: - yomon xulq – atvorning sababini aniqlash - uni bartaraf etish usullarini tanlash - o‘quvchini qo‘llab – quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish - muammoni hal etishga ota onalarini va pedagoglarni jalb etish. Muammoni beta’raf izlash barcha o‘qituvchilarga o‘quvchining xulq – atvorini izlashda xolislik yetishmaydi. Intizomni buzganda o‘quvchi, o‘qituvchi nimalar qilishi kerakligini hissiyotga berilmay qisqa fursat nima qilish kerakligin bilishi lozim. U juda yomon bola, uning fikri tarqoq, parishonxotir, uni boshqarish juda qiyin kabi izohlar o‘quvchiga berilgan noto‘g‘ri bahosi hisoblanadi. Bu izohlar o‘quvchining xulq–atvoriga berilgan baho bo‘lmay, balki ayrim o‘qituvchilarning o‘quvchilar xulq–atvorini tuzatishda natijaga erisha olmaganligini bildiradi. Lekin bitta o‘quvchi hamma o‘qituvchilarga nisbatan ham bunday xatti–harakatni amalga oshirmaydi. Atrofdagilarning o‘ziga e’tiborini xohlaydigan o‘quvchilar o‘zlarini xuddi haqiqiy artislarday tutadilar va ko‘p hollarda bunday xulq–atvorning sababi shu bo‘ladi. Shunday bolalar borki, ular yoki butun sinfni jonlantirishlari mumkin yoki aksincha barcha ishlarni juda sekinlikda amalga oshiradilar. Bunday bolalarni barcha ishlarda faol bo‘ladiganlarga nisbatan tuzatish qiyinroq kechadi, chunki ular intizomni deyarli buzmaydilar. E’tiborga bo‘lgan ehtiyoj psixologik jarayon bo‘lib, ovqat va suvdek zarur. Uydagi e’tiborning kamligi uning maktabdagi xul – atvoriga ta’sir etadi. Bunday bolalar ijobiy muloqot qilishni bilmaydilar. Pedagogdan bunday o‘quvchilarga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratish talab etiladi. Ular o‘zlarini ko‘rsatish uchun turli usullarda foydalanadilar, ya’ni barcha ishlarning aksini qilishga, masalan, nazorat ishini hammadan keyin bajaradilar yoki umuman topshirmaydilar sinf oldida o‘qtuvchining obro‘siga putur yetqazadigan so‘zlarni aytadilar. 1259 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Shunday o‘quvchilar ham bor bir qaraganda juda intizomli, xushmomila bo‘lib ko‘rinadilar, lekin o‘zlari xohlagan ishni qiladilar, diqqatlarining tarqoqligi va xotiraning pastligi, jismoniy holatlari bilan o‘zlarini oqlaydilar. Ular o‘zlaridan kattalarga bo‘ysunishga tartib qoidalarga rioya qilish

Доказательный фрагмент

«This article discusses the issue of resolving conflicts between teachers and students in general secondary schools and building mutual respect.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the issue of resolving conflicts between teachers and students in general secondary schools and building mutual respect. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
school, problem behavior, teacher skills, kasbiy kompetentlik., maktab, o‘qituvchi, konflikt, o‘quvchi, psixologiyada konflikt
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники