К содержанию
РецензированоUZ2026

TARIXIY TADQIQOTLAR OLIB BORISH UCHUN MANBALARNI TURKUMLASH

Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses the main types of categorizing sources in source studies, which is one of the main parts of history. Keywords: History, natural and geographical sources, ethnographic sources, material sources, artistic and visual sources, written sources, research, electronic documents, labels, foundation certificates, applications. КАТЕГОРИЗАЦИЯ ИСТОЧНИКОВ ДЛЯ ИСТОРИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙ Аннотация. В статье рассматриваются основные типы классификации источников в источниковедении — одном из основных разделов истории. Ключевые слова: История, природные и географические источники, этнографические источники, вещественные источники, художественные и визуальные источники, письменные источники, исследования, электронные документы, этикетки, учредительные свидетельства, приложения. Tarixning har bir davri uchun manbalarning aynan o’sha davr muhitiga xos turlarga tasniflash uslubini belgilash mumkin. Umuman olganda esa, manbalarni quyidagi 5 asosiy turga bo’lish ko’pchilik tomonidan qabul qilingan: - tabiiy-jug’rofiy manbalar; - etnografik manbalar; - moddiy manbalar; - badiiy-tasviriy manbalar; - yozma manbalar. Eng yangi (tarix) davr uchun manbalarning yana ikki turini alohida ajratib ko’rsatish qabul qilingan. U manbalarning fono, foto va kinohujjatlar guruhi hamda elektron hujjatlar guruhidir. Zikr etilgan manba turlarining yaxlit birlikdagi ko’rinishi yagona informatsion- kommunikativ maydonni tashkil qiladi. 773 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Har bir hujjat, manba sifatida, ana shu maydondagi bir zarradan iboratdir. Quyida manbalarning zikr etilgan turlari mazmun-mohiyatining qisqacha tavsifi keltiriladi: 1. Tabiiy-jug’rofiy manbalar landshaftlar, ob-havo, tuproq, o’simlik va atrof-muhitning boshqa unsurlari haqidagi ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan. Bunday ma’lumotlar, bir jihatdan, u yoki bu hududning rivojida tabiiy muhitning o’rnini ko’rsatsa, ikkinchi tarafdan, insonning tabiatga o’tkazgan ta’siri oqibatlari haqidagi ma’lumotlarni aks ettiradi. Demak, ular nafaqat insonning tabiatga ta’siri, balki tabiatning insonga ta’sirini ham ko’rsatib turadi. Misol uchun, inson atrof-muhitga qarab o’zining turargohi turini tanlaydi. U ochiq, yarim ochiq yoki mutlaqo yopiq bo’lishi mumkin. Uning shakli, eng avvalo, tegishli hududdagi ob-havo va tabiiy muhitga bog’liqdir. Bir daryoning o’zi ayrim hollarda faqat transport vositasi sifatida, boshqa paytlarda esa, bundan tashqari, yana energiya va oziq-ovqat manbayi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bundan u oqib o’tadigan hududlardagi rivojlanish jarayonlari bevosita ta’sirlanadi. Aynan bir hududdan muayyan davrlarda ovchilik mintaqasi, boshqa paytlarda qishloq xo’jalik yerlari, keyinroq esa, foydali qazilmalar maydoni sifatida foydalanilgan bo’lishi mumkin. Inson ta’siri ostida ma’lum hududlardagi flora va fauna o’zgarib boradi, transport vositasi bo’lib xizmat qilayotgan daryolar kanallar tizimi bilan ta’minlanib borishi va buning natijasida yangi yerlar o’zlashtirilishi, ularda yangi shahar va qishloqlar barpo etilishi mumkin. Ayrim hollarda hatto dengizlarning muayyan qismi, masalan, Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi kabi, quruq maydonlarga aylantirilishi kuzatiladi. Odamlar o’simliklarni yoqib yuboradilar, botqoqliklarni quritadilar, toshlardan foydalanib uy-joy quradilar, to’g’onlar, tegirmonlar, ko’priklar bino etadilar, kanallar va shaxtalar qaziydilar. Haddan ziyod chorva boqilgani yoki o’rmonlarning ayovsiz kesilishi hamda boshqa omillar flora va fauna o’rtasidagi uyg’unlikka putur yetkazadi. Bularning natijasida tegishli hududning landshafti mutlaqo o’zgarib ketadi. 2. Etnografik manbalar qadimiy texnologiyalar, urf-odatlar, fikrlash tarzi ko’rinishlari (stereotiplar), turarjoylar-ning turlari, liboslar, yeguliklar, folklor, zamonaviy tillarning qadingi qatlamlarini o’zida mujassam etgandir. Bularning barchasi, umumlashtirilgan tarzda, "arxaika" degan ilmiy istiloh bilan ifodalanadi. Qoloq xalqlarga oid arxaikani o’rganish orqali bugungi peshqadam millatlar va jamiyatlar rivojining ilk bosqichlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish mumkin. Ularning barhayot va muntazam rivojlanishdagi jamiyatlar sifatidagi o’ziga xosliklarini idrok etish imkoni paydo boʻladi. 3. Moddiy manbalar arxeologiya yodgorliklari, binolar, mehnat qurollari, transport vositalari, uy buyumlari, qurol-yarog’ va hokazolarni qamrab oladi. Moddiy manbalar tarixchiga tegishli davrlarda erishilgan ilmiy-texnik yutuqlarni ochib beradi. Ular qishloq xo’jaligi va sanoatda qo’llangan texnikaning rivojlanganlik darajasini ko’rsatib, tegishli davr madaniyati xususiyatlarini ochishga yordam beradi. 774 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Tarixiy manbalar sifatida xizmat qiladigan arxeologik yodgorliklarning mazmuni va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 1) turargohlar va alohida uylar; 2) qabrlar; 3) tog’-kon qazilma joylari va ustaxonalar; 4) ibodatgohlar; 5) g’orlar; 6) suv inshootlari (qadimiy sug’orish tizimla

Доказательный фрагмент

«This article discusses the main types of categorizing sources in source studies, which is one of the main parts of history.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the main types of categorizing sources in source studies, which is one of the main parts of history. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
History, natural and geographical sources, ethnographic sources, material, tabiiy-jug’rofiy manbalar, vaqfnomalar, Tarix, elektron hujjatlar, tadqiqot, etnografik manbalar, moddiy manbalar, badiiy-tasviriy manbalar, arizalar., yorliqlar, yozma manbalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники