Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TEMIR YOʻL TRANSPORTI INFRATUZULMASINI MODERNIZATSIYALASHNI BOSHQARISH
INFRATUZULMASINI MODERNIZATSIYALASHNI BOSHQARISH · Imamaliyeva Feruza Raushanovna · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi · Imamaliyeva Feruza Raushanovna
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
This thesis covers the theoretical foundations and practical aspects of the process of managing the modernization of railway transport infrastructure in the Republic of Uzbekistan. Railway transport is an important strategic sector in ensuring the country's economic security and sustainable development of the freight and passenger transportation system. In recent years, the modernization work carried out by Uzbekistan Railways JSC, including the construction of new logistics centers, digitalization, integration into international transport corridors, and the introduction of modern technical means, has increased the efficiency of the infrastructure. The study has developed practical proposals for improving railway infrastructure management based on advanced foreign experience, investment potential, and innovative approaches. These approaches will help make the national transport system more efficient, safe, and environmentally sustainable. Keywords: railway transport, infrastructure, modernization, management, logistics, digitalization, transport policy, investment, Uzbekistan Railways, sustainable development, international integration. Tahlil Temir yo‘l transporti O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy rivojlanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ayniqsa, mamlakatning geografik joylashuvi – xalqaro savdo yo‘llari kesishmasida joylashgani, temir yo‘l infratuzilmasining strategik ahamiyatini yanada oshiradi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalash borasida qator islohotlarni 62 amalga oshirib kelmoqda. Bunga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yuritilayotgan keng ko‘lamli rekonstruksiya va modernizatsiya dasturlari yaqqol misol bo‘la oladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mavjud temir yo‘l tarmoqlarining katta qismi sovet davridan meros qolgan bo‘lib, ularning texnik holati va texnologik darajasi bugungi global logistika talablariga to‘liq javob bera olmaydi. Shu bois, infratuzilmani raqamlashtirish, logistika markazlarini yaratish, zamonaviy lokomotiv va vagonlar bilan ta’minlash kabi chora-tadbirlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent-Andijon yo‘nalishidagi “Kamchik” dovoni orqali o‘tuvchi temir yo‘l liniyasi modernizatsiyasi, Farg‘ona vodiysining iqtisodiy izolyatsiyasini kamaytirishga xizmat qilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2017–2023 yillar davomida temir yo‘l orqali tashilgan yuk hajmi 28% ga oshgan bo‘lsa, yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarida ham barqaror o‘sish kuzatilmoqda. Bu esa modernizatsiya bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samarasini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Xitoy–Markaziy Osiyo–Yevropa yo‘nalishida multimodal transport koridorlarining shakllanishi O‘zbekiston uchun yangi tranzit imkoniyatlarini ochmoqda. Shu bilan birga, infratuzilmani boshqarish sohasida hali muammolar mavjud: ayrim tarmoqlarda yuk tashish quvvatlarining yetishmasligi, eskirgan signalizatsiya va aloqa tizimlari, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy texnika bilan to‘liq ta’minlanmaganligi modernizatsiya jarayonining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, temir yo‘l infratuzilmasini modernizatsiyalashda faqat texnik jihatlarga emas, balki boshqaruv modelining takomillashtirilishiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Xususan, davlat-xususiy sheriklik (DXSh), xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, raqamli boshqaruv platformalarini joriy qilish kabi yondashuvlar orqali samaradorlikni oshirish mumkin. Xulosa O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transporti infratuzilmasini modernizatsiyalash – mamlakat iqtisodiy xavfsizligi, eksport-import salohiyati va mintaqaviy integratsiyani ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, temir yo‘l tizimining zamonaviylashtirilishi nafaqat ichki transport xizmatlarining sifatini oshiradi, balki O‘zbekistonning global transport va tranzit yo‘laklaridagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. “Temir yo‘l transportini modernizatsiyalash – iqtisodiy taraqqiyot dvigateli” degan tamoyil asosida so‘nggi yillarda yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirildi. Ayniqsa, raqamlashtirish, logistika markazlari barpo etilishi, signalizatsiya va boshqaruv tizimlarining yangilanishi modernizatsiya jarayonining samaradorligini oshirmoqda. Biroq, hali yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud: ayrim tarmoqlarning eskirganligi, moliyalashtirishdagi muvozanatsizlik, mahalliy ishlab chiqarish bazasining yetarli darajada shakllanmaganligi shular jumlasidandir. Shu bois, temir yo‘l infratuzilmasini boshqarishda kompleks yondashuv talab etiladi. Bu borada davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy tajribalarni o‘rganish, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish muhim strategik vazifalardandir. Shu bilan birga, barqaror rivojlanish tamoyillariga mos ravishda ekologik jihatdan toza transport yechimlariga o‘tish ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozim. 63 Umuman olganda, O‘zbekiston temir yo‘l transportini modernizatsiyalash orqali nafaq
Доказательный фрагмент
«This thesis covers the theoretical foundations and practical aspects of the process of managing the modernization of railway transport infrastructure in the Republic of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis covers the theoretical foundations and practical aspects of the process of managing the modernization of railway transport infrastructure in the Republic of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- railway transport, infrastructure, modernization, management, logistics, transport siyosati, raqamlashtirish, O‘zbekiston temir yo‘llari, boshqaruv, infratuzilma, xalqaro integratsiya., barqaror rivojlanish, logistika, modernizatsiya, investitsiya, temir yo‘l transporti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Лучшие интеллектуальные исследованияTursunaliyeva Anoraxon Umarbek qizi –, Hakimzoda Niyoziy +12025
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийFarangizUktamovna Khamidova, SohibaBuribayevna Israilova +22026