American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA SHARTLI HUKM QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI
QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI · Kamolov Xayrulloxon Juraxon o‘g’li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2024
Аннотация
Ushbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda jazoni yengilrog’i bilan almashtirilgan ishlar statistikasi, sudlar tomonidan jazodan shartli ozod qilishda e’tiborga olinadigan holatlar haqida ma’lumot keltirilgan. Kalit so‘zlar: Jinoyat kodeksi, insonparvarlik prinsipi, shartli ozod qilish, ijtimoiy xavflilik, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, jazo. So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash olib borishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish, uning samamrali tizimini yaratish, davlatning qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni alohida e’tirof etish joiz. O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarida ko‘rilayotgan ishlarda jinoiy jazoni aybdorning jinoiy harakatni sodir etishgacha bo‘lgan harakatlari, uning shaxsi, jamiyatdagi o‘rni, jinoyatni sodir etishga undagan omillar, ya’ni jinoyatni yengillashtiruvchi holatlardan hamda ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqib, shartli hukmga o‘zgartirilmoqda. Bu esa Jinoyat kodeksining asosiy prinsiplaridan bo‘lmish insonparvarlik tamoyili keng qo‘llanilayotganidan dalolat. Jinoyat kodeksi 7-moddasiga ko‘ra, jazo va boshqa huquqiy taʼsir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini koʼzlamaydi. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli boʼladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi qo‘llanilishi kerak. Jazolashdan koʼzlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qoʼllash orqali erishib boʼlmaydigan taqdirdagina ogʼirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan e’lon qilingan rasmiy statistikaga qaraydigan bo‘lsak, 2024-yilda jinoyat ishlari boʼyicha sudlar tomonidan 77995 nafar shaxsga nisbatan 61481 ta jinoyat ishi koʼrib chiqilgan. Shundan 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan bo‘lsa, 7956 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 33151 nafari jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 11581 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 14991 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʼyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. 124 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʼliq boʼlmagan jazolar tayinlangan. 33146 nafar shaxs jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, 11581 nafar shaxsning jazosi yengilrogʼi bilan almashtirilgan. Yarashuv 163 institutining samarali qoʼllanilishi natijasida 13434 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan. Shaxslar qanday hollarda jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod etilishi yoki jazosi yengilrog’i bilan almashtirilishi mumkin? Sudlar shaxslarga nisbatan shartli hukm qo‘llashda Jinoyat kodeksi 72-moddasiga asoslangan va biz yuqorida keltirganimizdek shaxslarning jinoyatni sodir etishgacha bo‘lgan xulqi va ijtimoiy xavflilik darajasini inobatga olib mustaqil tarzda ayblov hukmini e’lon qiladi. Jinoyat kodeksi 72-moddasiga ko‘ra, agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa, tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi. Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi. Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘li
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda j…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda shartli hukm qilishning jinoyat qonunchiligida belgilangan tartibi, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan 2024-yilda ko‘rib chiqilgan va jazodan shartli ozod etilgan hamda j… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- insonparvarlik prinsipi, shartli ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, ijtimoiy xavflilik, Jinoyat kodeksi, jazo.
Смежные источники
Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021