К содержанию
РецензированоRU2026

ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI TAKOMILLASHTIRISHDA BILIM EGALLASHNING TIZIMLI XUSUSIYATLARI

EGALLASHNING TIZIMLI XUSUSIYATLARI · O. B.Qurbonova

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данной статье представлены научные взгляды ученых на улучшение сбалансированности содержания обучения родному языку и цели обучения, накопление методических и педагогических знаний по предметам образовательного процесса, интеграцию дисциплин, развитие навыков обработки информации и их использования и применения в речевой и профессиональной деятельности, а также обоснованы аналитические подходы. Ключевые слова: концепция содержания образования, содержание образования на родном языке, компоненты, научно-теоретические знания, формы речи, речь, творческая деятельность, учебные пособия, знания, умения и квалификации, лингвистическая, коммуникативная компетенция, интеграция учебных предметов, работа над текстами, упражнения и выводы. Annotation. This article presents the scientific views of scientists on improving the balance of the content of teaching the native language and the purpose of learning, the accumulation of methodological and pedagogical knowledge in the subjects of the educational process, the integration of disciplines, the development of information processing skills and their use and application in speech and professional activities, as well as substantiates analytical approaches. Keywords: the concept of the content of education, the content of education in the native language, components, scientific and theoretical knowledge, forms of speech, speech, creative activity, textbooks, knowledge, skills and qualifications, linguistic, communicative competence, integration of academic subjects, work on texts, exercises and conclusions. Ona tili mazmuni mohiyatiga o‘zbek xalqining milliy urf- odatlari, buyuk siymolarning, mutafakkirlarning tarbiyaviy o‘gitlari, xususiy va umumiy aksiologik yondashuvlar sintezi, adabiyotimiz badiiy durdonalarini, ma’naviy merosini , shu bilan birga , ularga oldingi va keyingi ilm-fan yutuqlarini singdirish, sog‘lom raqobat olib borishga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ona tili ta’lim mazmuni va uning maqsadlari mutanosibligini tarkib toptirish quyidagi bosqichlarni amalga oshirish samaradorlikka yo’naltiradi: -Ona tili ta’lim mazmunini uning maqsadlari bilan mutanosiblikni ta’minlashda fanning 166 ustuvor tamoyillari va tadqiqotchilarning didaktik tamoyillari uyg‘unligi aniqlash; - pedagogik, metodik, psixologik, didaktik darslik, o‘quv qo ‘llanmalar, ilmiy manbalar bilan ishlashga va kreativ, mantiqiy fikrlashga o ‘rgatish; - bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy, amaliy, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarida mustaqil izlanuvchanlik va o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentligini uzluksiz mustahkamlab borish; - o‘quv jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning nutqini , tafakkur qilish qobiliyatini grammatik,lisoniy, sohaviy terminlar bilan boyitish, glossariy tuzish va nutqiy-kasbiy faoliyatda qo‘llashga imkoniyat yaratish. Metodist olima D.Yuldasheva o‘zining “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi”1 deb nomlangan darsligida ta’lim mazmunining tarkibiy qismi bilimlar, amaliy ko‘nikmalar tizimidir iborat ekanligi va mazkur tushunchani tor va keng ko‘lamda quyidagicha talqin qiladi:“Tor ma’noda ta’lim mazmuni deganda ta’lim oluvchiga berilishi, o‘zlashtirilishi talab etiladigan bilimlar tushuniladi. Keng ma’noda ta’lim mazmuni deganda ta’lim oluvchilarga qanday bilimlar berish, bu bilimlarni qanday usul bilan berish lozimligi, o‘qituvchi o‘quvchiga, o‘quvchi o‘qituvchiga qanday yondashishi, ta’lim natijasida tarbiyalanuvchi nimalarni qila olishi va hatto o‘z faoliyatiga ichki baho bera olishi tushuniladi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, keng ma’noda ta’lim mazmuni ta’lim maqsadidan boshqa uning barcha asosiy tarkibiy qismlarini, jumladan, ta’lim usuli, ta’lim vositalari, ta’lim natijasini o‘z ichiga oladi va ayni zamonda ta’lim maqsadining yoyilmasi, uning voqelantirishninig material, usul va vositalarining, ta’lim jarayoni ishtirokchilari o‘zaro munosabatlarining oldindan loyihalashtirilgan modeli mavqeyini kashf etadi.”Ta’limning umumiy mazmuni ta’limning umumiy maqsadi bilan kesishadi. Ta’lim turi (bosqichi) mazmuni deganda ta’limning ma’lum bir turi (bosqichi)da o‘rganiladigan “o‘quv predmetlari, ularning o‘zaro aloqadorligi va o‘rganilish tartibi”2. Pedagogika fanlari doktori A.R.Hamrayev o‘zining “Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish” mavzusidagi tadqiqot ishida ta’lim mazmunining tarkibiy qismiga quyidagicha yondashadi.” Tom ma’noda maqsad usulni, usul mazmunni belgilaydi. Bilim – ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi. Har bir yangi avlod hayotga qadam qo‘yar ekan, ajdodlarining bilim va tajribalarini o‘zlashtiradi hamda mazkur bilimlar asosida yangilarini hosil qiladi. Ta’lim maqsadi bilan bog‘liq ravishda o‘quvchi o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar hajmi va tabiati ijtimoiy zarurat bilan belgilanadi hamda ta’lim oluvchining ehtiyoj va imkoniyatlari bilan muvofiqlashtiriladi. O‘quvchiga bilim berishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad uni mustaqil faoliyatga yo‘llash, mikrosotsiumda o‘z o‘rnini egallashga tayyorlash hamda eng zarur ko‘ni

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлены научные взгляды ученых на улучшение сбалансированности содержания обучения родному языку и цели обучения, накопление методических и педагогических знаний по предметам образовательного проц…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлены научные взгляды ученых на улучшение сбалансированности содержания обучения родному языку и цели обучения, накопление методических и педагогических знаний по предметам образовательного проц… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
the concept of the content of education, the content of education in the native, ona tili ta’lim mazmuni, nutq shakllari, ta’lim mazmuni tushunchasi, o‘quv fanlarning o‘zaro integratsiyalashuvi, o‘quv ta’limiy vositalar, bilim, kommunikativ kompetenlik, mashq va topshriqlar ustida ishlash., ko‘nikma va malakalar, lingvistik, nutqiy, tarkibiy qismlar, ijodiy faoliyat, ilmiy-nazariy bilimlar, matn
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
Sháryar dramasí hám dástaní ortasíndaǵí ózgeshelikler

Объединяя студентов: международные исследования и сотрудничество между дисциплинамиНаргиза Кáдирниязова, Малика Палимбетова2025

4