Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
FIZIKA O’QITISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Oʻrinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi · Maxmudov Izzatillo Ortig’ali o’g’li (Andijon Davlat pedagogika instituti) · Foziljonova Mahliyo Komiljon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti) · Xoldarova Mahliyo Hakimjon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
This article examines the positive and negative consequences of using artificial intelligence (AI) in education, discussing the emergence, development, and opportunities of AI systems in the educational sphere, as well as ideas for improving the quality of education through their integration into the learning process. Modern methods of teaching physics in general secondary schools are presented, including instruction through information technologies, project-based learning, interdisciplinary approaches, and other innovative techniques. Keywords: Digital technology, intellect, artificial intelligence, modern education, tutor, physics, problem-based scenarios. So'nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Sun'iy intellekt texnologiyalarining katta ahamiyati va salohiyatini etirof etgan holda ularni rivojlantirishga alohida etibor qaratilmoqda. Tez texnologik taraqqiyot davrida sun'iy intellekt hayotning turli sohalari rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy omilga aylanib bormoqda. Ushbu texnologiyalar unumdorlik va samaradorlikni oshirishdan tortib, ilm-fan va innovasiyalardagi yutuqlarga qadar ulkan foyda keltirish salohiyatiga ega ekanligini tan olish kerak. 139 ` O'z navbatida sun'iy intellektni ilm-fanga joriy etish uchun malakali kadrlar sonini oshirish talab etiladi. Negaki aynan o'z kasbining ustasi bo'lgan mutaxassislar barcha jabhalarga sun'iy intellekt kirib borishida asosiy omil bo'ladi.Sun'iy intellekt innovatsion texnologiyalar bilan yashash tarzimizni butkul o'zgartirdi. Sun'iy intellekt insoniyat hayotiga bo'rondek kirib keldi va jamiyatning har bir sohasiga o'z ta'sirini o'tkazib, aql bovar qilmaydigan o'zgarishlar yasadi.Bugungi kunda, ta'lim sohasida sun'iy intellekt intensiv ravishda o'z o'rinini egallayapti. Sun'iy intellekt ma'lumotlarni o'rganish, tahlil qilish, o'zgartirish va tasavvur qilish qobiliyatiga ega bo'lgan axborot tizimlarini yaratishda katta ro'lni o'ynaydi. Bu tizimlar, o'rganish jarayonida ma'lumotlarni tan olish, aniq maqsadlar uchun ma'lumotlarni qidirish, ma'lumotlarni tahlil qilish, va natijalarni ko'rsatish kabi vazifalarni bajarishda yordam beradi. Tabiiy va insoniy imkoniyatlarga qaraganda, sun'iy intellekt ta'lim sohasida bir nechta foydalarni olib keladi.Intensiv ta'lim dasturini yaratish va unga ko'ra darsni yanada qiziqarli va mazmunliroq tashkillashtirish uchuno'qituvchi talabalarning qiziqishlariga oid mavzularni o'rganish va bular haqida ma'lumotlar topish, tahlil qilish va tushuntirish imkoniyatini oshirish uchun Sun'iy intellekt yordamida turli metodlardan foydalanish, turli sohalar genetika, robototexnika, ko'rgazmali o'rganish, tabiiy tillar o'rganish va boshqalar kabi sohalarni o'rganish mumkin.Shuni yodda tutish kerakki, sun'iy intellektning muvaffaqiyati va konstruktiv ishlatilishi optimallashtirish, shuningdek, asboblar to'plamidan noto'g'ri foydalanishning oldini olish uchun ehtiyotkorlik bilan boshqarish va oldindan ko'ra bilishga bog'liq. Ilm fan insonlar hayotini qanchalik yengillashtirgan bo'lsa shunchalik darajada muammolarni ham keltirib chiqardi. Shuning uchun ham bu masalaga falsafiy yondashish sun'iy intellektning ham salbiy ham ijobiy jihatlarini birdek ko'ra olish imkoniyatini beradi. Demak insoniyat kelajagining qanday bo'lishi uning sun'iy intellekt vositalaridan qay tarzda foydalana olishiga bo'liq.Sun'iy intellektga asoslangan dasturlar talabalar va o'qituvchilarga foydali fikrmulohazalarni berishi mumkin. Sun'iy intellekt faqat akademiklar va talabalarga o'zlarining xohishlariga ko'ra tayyorlangan kurslarni yaratishga yordam bera olmaydi, biroq u har bir kishiga umuman kursning muvaffaqiyati haqida fikr bildirishi mumkin. Ushbu turdagi sun'iy intellekt tizimlari talabalarga o'zlarini qo'llab-quvvatlashga va professorlarga o'qitishni yaxshilaydigan sohalarni qidirishga yordam beradi.O'quvchilarga o'rganishni yaxshilashga yordam berishi va hattoki haqiqiy repetitorlik o'rnini bosishi mumkin.Axborot texnologiyalari darslarning axborot mazmunini, ta'lim sifatini oshirishga yordam beradi. Darslarda axbororot texnologiyalaridan foydalanish orqali videokliplar, noyob rasmlar, grafikalar, formulalar, o'rganilayotgan jarayonlarning grafik animatsiyalarini, texnik vositalarni, eksperimental qurilmalarning ishlashini namoyish etish mumkin. Ma'ruza darslarini interfaol tarzda olib borish imkonini yaratadi. Mediatexnologiyalardan foydalanib o'qitish o'quvchilarning tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Bugungi kunda butun dunyoda mediatexnologiyalardan foydalanib o'qtilmoqda. Bunda asosan Stellarium, Star Walk, Star Map, Home Planet, Celestia kabi dasturlaridan foydalaniladi.
Доказательный фрагмент
«This article examines the positive and negative consequences of using artificial intelligence (AI) in education, discussing the emergence, development, and opportunities of AI systems in the educational sphere, as wel…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the positive and negative consequences of using artificial intelligence (AI) in education, discussing the emergence, development, and opportunities of AI systems in the educational sphere, as wel… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Digital technology, intellect, artificial intelligence, modern education, tutor, zamonaviy ta'lim, repetitor, fizika, muammoli vaziyat., aql, sun'iy intellekt, Raqamli texnologiya, intellekt
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
The American Journal of Applied sciencesUmida Amirjanovna Alibaeva, Shokhnoza Panjievna Imamova +22020