Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
RAQAMLI O’YINLAR VA UNING TA’LIM TIZIMIDAGI O’RNI
Oʻrinboyeva Kumushoy Sultonbek qizi · Abdusattarova Mahliyo Iqboljon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti) · Abduqahharova Zilola G’ofurjon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti) · Yoqubjonova Muazzamoy Ilhomjon qizi (Andijon Davlat pedagogika instituti)
Наука и технология в современном мире · 2026
Аннотация
A scientific approach is required to develop the field. To do this, it is necessary to increase the knowledge and outlook of employees. This requires the development of new approaches to teaching, the use of innovative technologies in teaching. This article provides information on the importance of digital games (computer and mobil ) in teaching school subjects, developing students ' thinking. Particular attention is paid to the problems of teaching natural sciences and the role of games in their solution. The article also describes the effects of using digital games in teaching. Keywords: game, digital game, computer games, education, technology, game technology, innovative technology. Kirish. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar, zamonaviy innovatsiyalar barcha sohalar va odamlar hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda. Shunday ekan, yoshlarni yuksak ma'naviyatli, teran tafakkurli, uzoqni ko'ra oladigan insonlar bo'lib voyaga yetishi uchun ularga yuksak saviyada zamonaviy bilim va ta'lim berish oldimizda turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Yangi zamonaviy bilimlarni yoshlarga yetkazish, ularning bilim saviyasini innovatsion usullar yordamida yuksak bosqichga ko'tarishda o'qituvchidan katta mahorat va 157 ` mashaqqatli mehnat talab etiladi. O'qituvchi fanlarni o'qitishda zamonaviy usullardan foydalanib o'qitmas ekan, bugungi o'quvchilarni boshqara olmaydi. O'quvchilarni bir xilda bilimli qilish bir muncha qiyin masala. Buning sababi maktablarda o'quvchilar sonining ko'pligi, ularga ajratilgan vaqtning nomutanosibligi kabi kamchiliklarning mavjudligidadir. Asosiy qism. Maktablarda darslar asosan bir xilda, ananaviy tarzda olib boriladi. Shu bilan birga, talabalarning oʻzlashtirish darajasini qanday aniqlash mumkinligi noaniqligicha qolmoqda. Buning natijasida o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi, bilimlari orasida tafovutlar yuzaga keladi. Natijada keying beriladigan bilimlar o'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga mos kelmay, ularni ta'limga bo'lgan qiziqishlarini susayishiga olib keladi. O'quvchilarni darsga qiziqishini oshirish uchun: Nima qilish kerak ? Qanday qilish kerak ? Qachon qilish kerak ? kabi savollarga javob izlash zarur. Bu kabi savollarga javob berish uchun o'quvchilarning darslarga bo’lgan qiziqishlarni susayishga olib keladigan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora- tadbirlarni ishlab chiqish lozim. O’quvchilarning o’qishi qiziqishlarini susayishga olib keluvchi omillar: - yetarli bilim ololmaslik; - o'z bilimlarini ko'rsata ololmaslik; - bajargan ishlarini natijasini ololmaslik; - yetarli darajada rag'bat, bilimga yarasha baho qo'yilmasligi; - bo'shliqlarni to'ldirish uchun sharoit yo'qligi; - o'quv muhitning beqarorligi ( oilaviy muhitning ta'siri ); - motivatsiyayetishmasligi; - o'quv qurollarining yetishmasligi; - axborot kommunikatsiya vositalarning yetishmasligi; - yetarli metodikaning yo'qligi ; O'quvchilar fanlarni yaxshi oʻzlashtirishi,yetarli bilimga ega bo'lishlari uchun axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini ishlata bilishi, ulardan darslarda samarali foydalana olishlari lozim. Shuningdek, o'quvchilardan global kompyuter tarmoqlarida ishlashni o'rganishi, foydali ma'lumotlarni olishlari va undan ijodiy fikrlashni rivojlantrishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi. Jamiyatning axborotlashuvi ta'lim tizimida uzluksiz innovatsiyalarni taqozo etadi. Shuning uchun o'quvchilarni sinxron tarzda oʻqitish kerak.Ta'limda yangi axborot kommunikatsiya vositalarini joriy etish, yangi zamonaviy metodlardan foydalanib oʻqitish uchun kerak. Dars mashg'ulotida kerakli natijalarga erishish uchun qanday metodlardan foydalanish kerak ? Bu borada dunyoning ko'plab tadqiqotchilari innovatsiyalarni ta'limda qo'llash bo'yicha tadqiqotlar olib borishgan. Ularda " innovatsiyalar ", " interfaol usullar ", " innovatsion texnologiyalar " bo'yicha yaxshi ma'lumotlar bor, ammo ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalarini o'qitish samaradorligini oshirish bo'yicha aniq tavsiyalar mavjud emas. Shunday ekan, yuqori malakaga erishish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamonaviy axborot texnologiyalarida pedagogik innovatsiyalardan foydalanishni o'rganish asosiy maqsaddir. Innovatsiyalarni o'quv jarayoniga tatbiq etish quyidagi vazifalarni hal qilishni talab qiladi: - o'quv fanining aniq maqsadini aniqlash; - fanning hajmi va mazmunini belgilash; 158 ` - zarur ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish - fanning moddiy - texnik ta'minotini yaratish; Yuqoridagi vazifalar ichida eng muhimi, bu o'quv jarayonini tashkil etish uchun eng maqbul bo'lgan ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish. Bu maqsadga erishishning eng to'g'ri yo'li darsni loyihalashda yaxlit o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan darsning turli bosqichlarida samarali foydalanish imkoniyatlarini izlashdir. Maktab ta'limi, xususan, boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishda shaxsga yo'naltirilgan ta'limning quyidag
Доказательный фрагмент
«A scientific approach is required to develop the field.»
Образец извлечения
Демо-превьюA scientific approach is required to develop the field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- game, digital game, computer games, education, technology, game technology, raqamli o'yin, innovatsion texnologiya., kompyuter o'yinlari, texnologiya, ta'lim, o'yin, o'yin texnologiyasi
Смежные источники
Международный журнал искусственного интеллектаFACTORS OF ECONOMICEFFICIENCY, Doctor of Philosophy2025
The American Journal of Applied sciencesInstruction From An Uzbek Perspective, Kukiboeva Mahliyo Mahmudjanovna +12020
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021