К содержанию
РецензированоRU2018

DORIVOR KATTA ZUBTURUM (PLANTAGO MAJOR L.) XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

TABOBATIDAGI AHAMIYATI · Raxmatova Munisa

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2018

Аннотация

В статье представлены общие сведения о Plantago major L., географическом распространении, внешнем виде продукта, химическом составе, используемой части и лекарственных препаратах. Ключевые слова: Зубтурум большой (Plantago Major L.) Семейство Зубтурум - семейство Подорожниковые, препарат плантоглюцид, настойка, кожа, сибирская язва, дыхательные пути, желудочно-кишечный тракт. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3968- sonli qarori So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar fuqarolarning zamonaviy tibbiy xizmatlarga, dori-darmonlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirdi, shuningdek, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi yaxshilanishiga olib keldi. O‘tkir va murakkab kasalliklarni davolashda xalq tabobati muhim ahamiyat kasb etadi, tabiblarning xizmatlariga aholining turli qatlamlarida katta ehtiyoj sezilmoqda. Xalq tabobati sohasida yetakchi mahalliy va chet el tibbiyot muassasalari hamda sog‘lomlashtirish amaliyot markazlari bilan yaqin hamkorlik qilish asosida xalq tabobati mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish. Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasiga mansub bo’lib, kalta va yog’on ildizpoyali, poyasiz ko’p yillik o’t o’simlik. Yer ustki qismini ildizoldi barglari va 10-15 sm balandligdagi gul o’qi tashkil qiladi. Barglari uzun, qanotli bargli, keng tuxumsimon yoki keng ellipissimon, tekis qirrali, 3-9 ta yoysimon asosiy tomirli bo’ladi.Gul o’qi bitta yoki bir nechta. Mayda, ko’rimsiz, to’rt bo’lakli gullari o’qi ichidagi boshoqsimon to’pgulga joylashgan. Mevasi-tuxumsimon, ko’p urug’li ko’sakcha. Zubturum iyun-sentabr oylarida gullaydi va mevasi yetiladi. 76 (a) (b) (c) a)o’simlik umumiy ko’rinishi; b)o’simlik bargi va urug’i; c) o’simlik gullaganda ko’rinishi Geografik tarqalishi. Sobiq Ittifoqning hamma tumanlarida yo’l yoqalarida, dalalarda, ekinzorlarda, o’tloqlarda, o’rmon chetlarida, ariq bo’ylarida hamda boshqa nam yerlarda o’sadi. Qo’llaniladigan qismi. Yer ustki qismlari. Kimyoviy tarkibi. O’simlikning yer ustki qismi tarkibida 0.1% efir moyi, shilliq moddalar, saponinlar, aukubin glikozidi, C vitamini (300mg% gacha) va K vitamini, 4.5-32.91 mg% karotin, flavonidlar (lyuteolin, apigenin, baykalalien va ularning glikozidlari), organik kislotalar, oshlovchi va boshqalar) urug’ida 22%gacha yog’, 44%gacha shilliq va boshqa biologok faol moddalar mavjud. Katta zubturumning dorivorlik xususiyatlari. Katta zubturumning dorivor preparatlaridan (damlamasi, yangi yig’ib olingan bargi yoki yer ustki qismining konservatsiya qilingan shirasi, shirasidan tayyorlangan plantoglusit preparadi) meda-ichak kasalliklari (gastrit, enterid, enterokolid), yog’on ichakning yallig’lanishi, meda va o;n ikki barboq ichakning yara kasalligini davolashda foydalaniladi. Bundan tashqari, meda shirasining kislotaligini kamayib ketgan holda ham ishlatiladi. Bargi yoki yer ustki qismi shirasi bilan tuzalishi qiyin bo’lgan kolit kasalligi va yaralar davolanadi. Zubturum bargi yo’talga qarshi ishlatiladigan yig’malar- choylar tarkibiga kiradi. Zubturum qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng ishlatib kelingan o’simlik hisoblanadi. Uning bargi bilan Abu Ali ibn Sino o’z vaqtida qiyin bitadigan yaralarni, shishlarni (xavfli shishlarni ham), ko’z yallig’lanishi, jigar, buyrak va boshqa kasalliklarni davolagan hamda qon to’xtatish uchun ishlatgan. Jigar va buyrak kasalliklarini hamda qon tupurishda bemorga zubturum urug’ining qaynatmasini ichirgan. Bargidan tayyorlangan damlamasi yoki quritilmagan barg shirasi xalq tabobatida nafas yo’llari, ko’z, teri, bezgak, yo’g’on ichak yallig’lanishi va turli yuqumli kasalliklarni hamda kuydirgini davolashda ishlatiladgan Zubturum urug’idan tayyorlangan qaynatmasi yoki shakarga aralashtirib qovurilgan urug’i bilan yo’tal, isitma va boshqa kasalliklar davolanadi. Zubturumning yangi yig’ilgan bargini ezib teng miqdorda shakar aralashtiriladi va issiq joyda 3 hafta saqlanadi. So’ng shu aralashmadan ajralib chiqqan shiradan kuniga 3-4 choy qoshiqda o’pka va meda raki kasalligini davolash uchun bemorga ishlatiladi. 77 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-oktabrdagi “O’zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3968- sonli qarori respublika tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi”, “Tibbiyot-pedagogika ishi” bakalavriat yo‘nalishlaridagi o‘quv dasturlariga xalq tabobati bo‘yicha maxsus o‘quv siklini joriy etish; Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida xalq tabobati kafedrasi va “Xalq tabobati” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursini tashkil qilish; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faol

Доказательный фрагмент

«В статье представлены общие сведения о Plantago major L., географическом распространении, внешнем виде продукта, химическом составе, используемой части и лекарственных препаратах.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье представлены общие сведения о Plantago major L., географическом распространении, внешнем виде продукта, химическом составе, используемой части и лекарственных препаратах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Зубтурум большой (Plantago Major L.) Семейство Зубтурум -, plantoglutsid preparati, nastoyka, kuydurgi, Katta zubturum (Plantago Major L.) Zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasi, teri, me’da-ichak, nafas yo’li
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники