К содержанию
РецензированоRU2025

OYBEK “BOLALIK XOTIRALARIM” QISSASI

Rahimova Shirin

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The product of creative observations, life realities and imagination. This article provides information about Oybek's story "My Childhood Memories". Keywords: Oybek, My Childhood Memories, work, memory, story. РАССКАЗ ОЙБЕКА "МОИ ДЕТСКИЕ ВОСПОМИНАНИЯ" Аннотация: Творчество — это продукт наблюдений, реалий жизни и воображения. В данной статье представлена информация о рассказе Ойбека «Мои детские воспоминания». Ключевые слова: Ойбек, воспоминания детства, произведение, память, рассказ. Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek oʻtgan asrimizning ulkan adiblaridandir. Uning «Alisher Navoiy», «Qutlugʻ qon», "Quyosh qoraymas", «Oltin vodiydan shabadalar» kabi romanlari, «Bolalik», «Nur qidirib», «Alisherning bolaligi» kabi qissalari, sheʼr va dostonlari — jami 19 tomlik mukammal asarlari bizga meros boʻlib qoldi. «Bolalik» qissasi bir necha bor nashr etilgan va turli avlodlarning koʻngil mulkiga aylangan. Uni yangi asrimizning yosh avlodlari oʻqir ekanlar, bundan yuz yil muqaddam bobolarining bolaligi qanday kechganligini bilib oladilar va bugungi chin maʼnodagi hurlik, mustaqillikning qadriga yetadilar.1 Adibning «Bolalik xotiralarim» avtobiografik qissasi 1963-yilda yaratilgan. Qissaning bosh qahramoni yosh Muso, yaʼni Oybekning oʻzidir.2 Yakubov Odil Isaxanovichning OYBEK USLUBINING SHAKLLANISH OMILLARI nomli maqolasida Oybekning «Bolalik xotiralarim» xotira-qissasi va «Qutlugʻ qon» romanidagi 1 Oybek. Bolalik: Qissa va hikoyalar. — Т.: «Sharq», 2008. 2 http://muzaffar.uz/mashhurlar-hayotidan/967-muso-toshmuhammad-ogli-oybek.html 8 27 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ayrim obrazlarni xalqona ohanglar orqali inkishof etishdagi Oybek mahoratini imkon qadar kuzatishga harakat qilingan. 3 Alioxunning yangroq qoʻshigʻida esa iqtisodiy nochorlik tufayli vaqtida oila qura olmagan, tirikchilik tashvishida sarson mardikoru kosibning orzu va armonlari mujassamlashgan: Man safarga chiqqanda Yor eshigida qolgan. «Qachon kalisan yor?» dap, Qora koʻzga yosh olgan. Kunda koʻrmadim yorni, Kunida koʻrarman dap, Umid uzmadim yordan Oʻlmasam suyarman dap. [4.52] Oybek xotiralarga berilar ekan, oʻsha paytdagi oʻylari haqida shunday yozadi: «Dasturxonda har kungi non, faqat non. Yogʻ ham yoʻq, sut ham yoʻq. Sigirni allaqachon sotib yuborganmiz. Qand ham yoʻq, turshak ham yoʻq. «Hech boʻlmaganda jiyda boʻlsa-chi»,—deb oʻylayman ichimda, ammo indamayman.» Bu holat «Bolalik xotiralarim» xotira -qissasida keltirilgan mana bu xalq qoʻshigʻiga naqadar vobasta: Minishga ulov boʻlsa, Qish keldi, olov boʻlsa! Qor qalin, sovuq qattiq, Sergoʻsht bir palov boʻlsa! … [4.36] “Bolalik xotiralari" qissasi estetik janrda yozilgan. Asarda bosh qahramonning biografiyasi xalq hayoti davr hodisalari ijtimoiy oʻzgarishlar bilan uzviy bogʻliq holda tasvirlangan. Qissada bosh qahramon Musaboyning biografiyasini hikoya qilish orqali oʻsha yillardagi xalq hayotining keng haqiqiy manzarasi chizilgan. Qissa oʻz uslubining mayinligi lirizmga boyligin voqealar mantigʻining kuchliligi va izchilligi, obrazlarning aniqligi, qissa tilining ravon va jozibadorligi bilan kitobxonlarga manzur boʻladi. Oybek bu qissani yozish bilan birga oʻzining bolalar dunyosini, kichkintoylar psixologiyasini qanchalik chuqur bilishini 3 Yakubov Odil Isaxanovich. Oybek uslubining shakllanish omillari. Barqaror taraqqiyot va rivojlanish tamoyillari. www.uzresearchers.com. 8-b.; Oybek. Bolalik xotiralarim. – Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 1995. 8 28 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ namoyish etadi. Chunki bu asarda bolalar xarakteri va psixologiyasining turli xil, hatto baʼzan koʻz ilgʻmas darajada nozik boʻlgan murakkab tomonlari ham mohirlik bilan ochib berilgan. Oybekning "Qutlugʻ qon" romani voqealari bilan "Bolalik xotiralari" qissasi voqealari bir-biriga oʻxshaydi. M. Qoʻshjonov taʼkidlaganidek: "Tarixdan maʼno izlashni Oybek umrining oxirigacha davom qildirdi. U oʻzining "Bolalik xotiralari" qissasida temirchi Joʻra, Tursunlar va Yoʻlchilar davriga murojaat qiladi. "Bolalik xotiralari"da temirchi joʻrani eslatadigan kosib va masteroviylar obrazini yaratdi."Bolalik xotiralar"da yana bir xulosa Oybek poemalari bilan uchrashamiz. Bu esa adib qahramonlarining hayotiy ekanligini yana bir tasdiqlaydi. Oybekning "Bolalik" qissasi shaxsiy sarguzashtlar ifodasi boʻlib qolmasdan, adib qalamining har bir harakatida katta umumlashmalar, davrning xarakterli voqealari, muhim masalalari talqini yotadi. Asar bosh qahramoni Muso doim bobosi Otaqoʻzi bilan birga yuradi. Undan latifalar, ertaklar, rivoyatlar tinglaydi. Ikkinchi bobosi (onasining otasi) ham Musoni juda yaxshi koʻradi. Muso bobosi huzurida xalifalarning turli hangomalarini eshitadi. Onasi Karomatning Mashrab, Fuzuliy gʻazallarini oʻqishi Musoda kitobga havas uygʻotadi. U maktabga oʻqishga borganda ham qunt bilan dom

Доказательный фрагмент

«The product of creative observations, life realities and imagination.»

Образец извлечения

Демо-превью

The product of creative observations, life realities and imagination. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oybek, My Childhood Memories, work, memory, story, Bolalik xotiralarim, xotira, qissa., asar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники